Qiyosiy tashxis.
Dispepsiya asosan kolibakterioz, virusli diareya,
rotovirusli va koronavirusli diareya, anaerob enterotoksemiya,
kondidamikoz, salmonellyoz, xlamidioz kabi kasalliklardan farqlanishi
kerak.
Davolash.
Oddiy dispepsiya bilan kasallangan buzoqlar 6-12 soat,
qo’zi va cho’chqa bolalari 4-6 soat och holda saqlanadi va bu vaqt
davomida 1 foizli osh tuzi, dorivor o’simliklar, pichan nastoykalari iliq
holda ichirib turiladi. Xalq tabobatida keng qo’llaniladigan adonis,
angishvonagul, marvaridgul, kiyiko’t kabi dorivor o’tlardan
tayyorlangan qaynatma va damlamalarini qo’llash yaxshi natija beradi.
Ko’rsatilgan qaynatmalardan buzoqlarga uviz suti ichirishdan oldin 100-
157
150 ml, qo’zilarga 20-30 ml kuniga 2-3 marta, 2-3 kun davomida berib
boriladi.
Toksik dispepsiyani davolash kompleks tarzda amalga oshirilib,
sabablarini yo’qotish, hazm jarayonlari buzilishini (fermentopatiya)
tiklash, disbakterioz va toksikozni yo’qotish, suv - elektrolit almashinuvi
va kislota-ishqor muvozanatini maromlashtirish, oshqozon-ichak
kanalidagi foydali mikroorganizmlar faoliyatini yaxshilash hamda
organizm tabiiy rezistentligini oshirishga qaratilgan bo’lishi kerak.
Buning uchun diyeta tashkil etilib, kanop urug’i, guruch, dub ildizi,
arpa uni qaynatmasi, dalachoy, kiyik o’ti, otquloq, anor puchog’i, yantoq
va boshqa shifobash o’tlar damalama yoki qaynatma holida qo’llaniladi.
Kasallikning kechish darajasini hisobga olgan holda etiotrop,
patogenetik, o’rin to’ldiruvchi, stimullovchi va simptomatik davolash
tavsiya etiladi.
Disbakteriozning oldini olish va shartli patogen mikrofloralarning
rivojlanishini to’xtatish maqsadida mikrofloralarning sezuvchanligini
hisobga olgan holda antibiotiklar, sul’fanilamidlar va pirobiotiklar
qo’llaniladi. Etiotrop davolash vositalari turli xil bo’lib, ko’pincha
antibiotiklardan gentamisin, sintomisin, kolimisin, neomisin, tetrasiklin
10-20
mg/kg,
sulfanilamidlardan
sulgin,
etazol,
sulfademizin,
sulfademitoksin 20-30 mg/kg, nitrofuranlardan furasilin, furazolidon,
furadonin 3-7 mg/kg miqdorda kuniga 2-3 marta, 5-7 kun davomida
qo’llaniladi.
Veterinariya
amaliyotida
pirobiotiklardan
bifisidobakterinni
qo’llashni tavsiya etiladi. Preparat L. acidophilus va B. Adolescentis
shtammlaridan tayyorlangan bo’lib, bir yilgacha yashovchanligini
yo’qotmaydi.
M.M.Aleksin (1997) dispepsiyani davolash va oldini olishda
enterobifidin va laktobifidin pirobiotiklarini birgalikda 4 ml/kg
miqdorida qo’llashni va uviz sutini ichirishdan oldin bifidin preparatidan
1g 100 ml suvga aralashtirilgan holda berishni tavsiya etadi. Bulardan
tashqari pirobiotiklardan koliprotektant, laktobakterin, bifilak, bifikal,
vetom-3 va boshqalar qo’llaniladi.
O’tkir kechadigan oshqozon-ichak kasalliklarida 0,1% li yodinol
eritmasidan 1,5-2 ml, 30-40 mg enteroseptol, 10 mg etoniy, 5%-li holda
0,5 g LERS, 2 ml / kg dozada propolisning suvli-spirtli emul’siyasi
kuniga 2-3 marta uviz berishdan oldin ichirilsa yaxshi natija beradi.
Antimikrob preparatlar 3-5 kun davomida qo’llaniladi, agar yaxshi
samara bermasa boshqasiga almashtiriladi. Ularning dozasini oshirib
158
yuborish va uzoq muddat qo’llash toksikozni kuchaytirish bilan bir
qatorda antibiotiklarga chidamli mikroorganizmlarning rivojlanishiga
ham sabab bo’lishi mumkin.
Hazm jarayonlarini va modda almashinuvlarini maromlashtirish
maqsadida fermentlar preparatlarini (festal, pankreovit) qo’llash yaxshi
natija beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |