«veterinariya» ixtisosligi bo’yicha oliy o’quv yurtlari uchun qo’llanma



Download 2,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/175
Sana06.04.2022
Hajmi2,54 Mb.
#532187
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   175
Bog'liq
ichki yuqumsiz kasalliklar

 
 YOSH HAYVONLAR 
BRONXOPNEVMONIYASI
 
Reja: 
26.1. Yosh hayvonlar bronxopnevmoniyasi. 
26.2. Kasal hayvon qabo’l qilish. 
Mashg’ulotning maqsadi:
talabalarga 
bronxopnevmoniyani 
davolash va unga qarshi preparatlarni kasal hayvonga qo’llashni 
o’rgatish. 
Kerakli jihoz, reaktiv va asbob-uskunalar:
bronxopnevmoniyaga 
qarshi preparatlar namunalari, steril shpris va ignalar, klinik tekshirish 
asboblari, klinik sog’lom va kasal buzoqlar.
Mashg’ulotning borishi: Yosh hayvonlar bronxopnevmoniyasi

(Bronchopneumonia), (kataral pnevmoniya, o’choqli pnevmoniya, 
nospesifik pnevmoniya,) - bronxlar va o’pka bo’lakchalarining 
yallig’lanishi bo’lib, bronxlar hamda alveolalar bo’shlig’iga tarkibi 
epiteliy xujayralari, qon plazmasi va leykositlardan iborat kataral 
ekssudatning to’planishi bilan xarakterlanadi.
Sabablari.
Bronxopnevmoniya polietiologik kasallik bo’lib, uning 
asosiy sabablari: organizm tabiiy rezistentligining pasayishi, shamollash, 
stresslar, molxonalar havosida zaharli gazlarning to’planib qolishi, 
hayvonlarni tiqis saqlash va tashish qoidalarining buzilishi kabi bir 
necha omillarning organizmga ta’sir etishi oqibatida kelib chiqadi. 
Sabablariga 
ko’ra 
nospesifik, 
spesifik, 
simptomatik 
bronxopnevmoniyalar farqlanadi. 
Nospesifik bronxopnevmoniyalarning kelib chiqishida tashqi 
muhitning noqulay ta’sirida organizm umumiy rezistentligining 
pasayishi asosiy omil hisoblanadi. Bunday noqulay sharoitlarga 
haroratning tez-tez o’zgarib turishi, yelvizaklar, molxonalarda namlik, 
ammiak, karbonat angidrid, serovodorod kabi zaharli gazlar 
konsentrasiyasining juda yuqori bo’lishi, hayvon organizmining ketma-


163 
ket sovub turishi, xonada turli xildagi mikrofloraning, asosan 
kokklarning ko’payib ketishi, oziqalar tuyimligining pastligi, vitaminlar, 
asosan A vitaminining yetishmasligi, hayvonlarni tashish qoidalarining 
buzilishi kabi stress omillar kiradi.
Qo’zilarning kasallanishiga havoning issiq kunlarida juda sovuq suv 
berilishi, ularning qirqimdan keyin sovuq va yomg’irda qolishi, 
havoning issiq kunlari o’zoq yaylovlarda boqilishi, kechki tug’ilgan 
qo’zilarning issiq o’rishi sabab bo’ladi. Buzoqlar va cho’chqa 
bolalarining bronxopnevmoniya bilan kasallanishiga molxonalarda 
haroratning tez-tez o’zgarib turishi, yelvizaklar, namlik va gazlar 
konsentrasiyasi yuqori bo’lgan xonalarda, sement pollarda saqlanishi 
(sement kasalligi) kabi sabablar yoki hayvonlarni juda tiqis saqlash 
sabab bo’ladi. 
Bronxopnevmoniyaning (spesifik) ikkilamchi sabablari shartli 
patogen 
va 
patogen 
mikrofloralar 
(streptokokk, 
stafilokokk, 
pnevmokokklar, ichak tayoqchalari, pasterillalar va b.), mikoplazmalar, 
viruslar (adenovirus, virusli diareya, paragripp, rinovirus), zamburug’lar
hisoblanadi. Bronxopnevmoniya paytida 12 dan 60 tagacha turdagi 
bakteriyalar, viruslar va boshqa mikrofloralar topilishi mumkin. Mikrob 
omili asosiy bo’lmasada yallig’lanish jarayonining xarakteri ularning 
rivojlanishiga bog’liq bo’ladi.
Simptomatik pnevmoniyalar pasterellyoz, salmonellyoz, diplokokkli 
septisimiya, diktiokaulyoz kabi kasalliklar paytida shu kasalliklarning 
klinik belgisi sifatida paydo bo’ladi.
Nospesifik bronxopnevmoniyalar atelektatik, gipostatik, aspirasion, 
metastatik pnevmoniyalar va o’pka gangrenasi ko’rinishida bo’lib, 
atelektatik pnevmoniyalar gipotrofik hayvonlarda, yosh hayvonlar 
yetarlicha oziqlantirilmaganda, hayvonlarni yayratishning yetarli 
darajada tashkil etilmasligi oqibatida kelib chiqadi. 
Gipostatik pnevmoniyalar esa yurak kasalliklari okibatida yoki 
boshqa kasalliklar paytida hayvonning ko’p yotib qolishi natijasida yoki 
mosion yetarli bo’lmaganda qayd etiladi. 
Metastatik pnevmoniyalar ba’zi yuqumli va yuqumsiz kasalliklar 
paytida mikroorganizmlarning boshqa a’zolardan qon va limfa orqali 
o’pka to’qimasiga o’tishi, aspirasion pnevmoniyalar esa nafas yo’llariga 
yot narsalarning tushishi oqibatida kelib chiqadi. O’pka gangrenasi esa 
o’pkaning boshqa ko’pgina kasalliklarining davomi bo’lib hisoblanadi.
Tashqi muhitning noqulay ta’sirotlariga nisbatan chidamlilikning 
pasayishi kasallikning kelib chiqishidagi eng asosiy omillardan 


164 
hisoblanadi. Bronxopnevmoniya bilan ko’pincha gipotrofik buzoq, qo’zi 
yoki cho’chqa bolalari kasallanib, ularda nafas tizimi a’zolarining yaxshi 
rivojlanmaganligi 
(gipopnevmatozlar), 
o’pkada mayda o’choqli 
atelektazlarning bo’lishi yoki bronxlarning shilimshiq modda bilan to’lib 
qolishi bronxopnevmoniyaga sabab bo’lishi mumkin.
Yosh hayvonlarning sovuqda yoki o’ta issiq sharoitlarda saqlanishi 
organizmda qon aylanishi va termoregulyasiyaning buzilishi, o’pkada 
qon harakatining pasayishi va bronxopnevmoniyaning kelib chiqishiga 
sabab bo’ladi.
Yosh hayvonlarning yetarlicha jihozlanmagan molxonalarda 
saqlanishi, ya’ni ventilyasiyaning yetishmasligi oqibatida havoda turli 
xil changlar, karbonad angidrid, amiak, serovodorod kabi gazlar va 
suv bug’lari miqdorining ko’payib ketishi nafas a’zolariga sal’biy ta’sir 
ko’rsatadi.

Download 2,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish