«veterinariya farmatsevtikasi» kafedrasi



Download 302,98 Kb.
bet73/120
Sana13.06.2022
Hajmi302,98 Kb.
#666319
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   120
Bog'liq
Dorilarni o\'zaro ta\'sir xususiyatlari Majmua 2021

Nojo‘ya ta’sirlari. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsientlarda aluminiy va/yoki magniy intoksikatsiyasi rivojlanishi mumkin. Kam hollarda diareya bo‘lishi mumkin. Allergik reaksiyalarning ko‘rinishlari bo‘lishi mumkin.

  • Magniy va aluminiyga o‘ta yuqori sezuvchanlik.

  • Buyrak yetishmovchiligining og‘ir shakli (buyraklardan chiqarilishini kamayishi oqibatidagi qon zardobida magniy va aluminiyning konsentratsiyasini oshish xavfi).

Boshqa dori vositalar bilan o‘zaro ta’siri
Almagel kaptoprilning plazmadagi yuqori konsentratsiyasini va uning nisbiy kirishaolishligini kamaytiradi.
Preparat tetrasiklin antibiotiklarini, N2-blokatorlar va temirni so‘rilishini kamaytiradi. Ularni 1-2 soatlik interval bilan qo‘llash tavsiya qilinadi.
Almagel, shuningdek ketokonazolning plazmadagi konsentratsiyasini ham kamaytiradi.
Almagelni xinolonlar bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.
Preparatni digoksin va proponolni qabul qilishdan 2 soat oldin yoki keyin qo‘llash kerak, Almagel ularning biokirishaolishligini kamaytiradi. Dori vositasi ayniqsa buyraklarning faoliyatini buzilishi bo‘lganlarda xinidinning chiqarilishini, xinidinning zaxarliligini belgilari bilan buzishi mumkin. Antatsid va salitsitlatlarni bir vaqtda qabul qilish salitsilatlarning zardobdagi darajasini ahamiyatli kamayishga olib keladi.
Levotiroksin va Almagelni majmuaviy qabul qilishda gormonal ta’sirning kamayishi mumkin.
Pirenzepin preparatning ta’sirini kuchaytiradi va uzaytiradi.
4.Adsorbsiyalovchi moddalar
Adsorbentlar (shimib oluvchi) juda mayda kukunsimon moddalar, o‘ziga tortib oluvchi yuzaga ega. Suvda erimaydi va to‘qimalarni ta’sirlamaydi.
Ular gaz, par, suyuqlik va kichik qattiq tanalarni ham tortib, o‘rab olish xususiyatiga ega.

FAOLLASHTIRILGAN KO’MIR .

Preparat ko’plab zaharli moddalarni o’ziga bog’lab oluvchi va yuqori sirt faolligi tufayli ularning so’rilishiga to’sqinlik qiluvchi eng samarali nomaxsus antidot hisoblanadi. Shunday qilib, faqat 1 g faollashtirilgan ko’mir 800 mg morfin, 700 mg barbital, 300-350 mg boshqa barbituratlar va alkogolni o’ziga bog’lashi mumkin.


Faollashtirilgan ko’mirni ishlab chiqarish uchun torf, toshko’mir va daraxt ko’miri, havosiz muhitda qizdirilgan boshqa o’simlik moddalari ishlatiladi va keyinchalik ularga qo’shimcha kimyoviy ishlov beriladi.
Ko’pincha faollashtirilgan ko’mir turli dori vositalari, o’simlik zaharlari va boshqa kimyoviy moddalar (kuchli kislotalar, ishqorlar, sianidlar, temir preparatlaridan kelib chiqqan zaharlanishdan tashqari) bilan zaharlanishlarda universal sorbent sifatida ishlatiladi. Bunday hollarda faollashtirilgan ko’mir oshqozonni yuvishda va 100-150 ml suvda suyuqlik shaklida 80-100 g ichga qabul qilish uchun ishlatiladi.
Faollashtirilgan (aktivlashtirilgan) ko’mir entersorbentlovchi, dezintoksikatsion ta’sir ko’rsatadi.
Polivalent fiziko-kimyoviy antidotlar guruhiga mansub, yuqori sirt faolligiga ega, oshqozon-ichak traktida zahar va toksinlarni ularning so’rilishidan oldin adsorbtsiya qiladi.
Ishqor va kislotalarni, shuningdek temir tuzlari, sianidlar, malation, metanol, etilenglikolni zaif adsorbtsiya qiladi. Shilliq qavatlarni ta’sirlantirmaydi.
Barbiturat, glyutamid, teofillin bilan o’tkir zaharlanishlar hollarida gemoperfuziyada sorbent sifatida ayniqsa samaralidir. Bir vaqtda qabul qilinadigan boshqa dori vositalari va oshqozon-ichak trakti shilliq qavatiga ta’sir qiladigan preparatlar samaradorligini pasaytiradi.

QARSHI KO’RSATMALAR.Ushbu vositani oshqozon ichak-traktining yarali shikastlanishlari (shu jumladan oshqozon yarasi va o’n ikki barmoqli ichak yarasi, nospetsifik yarali koltida), oshqozon-ichak traktidan qon ketishlarda, ta’siri so’rilgandan keyin boshlanadigan vositalar bilan bir vaqtning o’zida qabul qilish (masalan metionin va boshqalar).

NOJO’YA TA’SIRLARI.Preparatning nojo’ya ta’sirlari orasida dispepsiya, ich qotishi yoki ich ketishi, uzoq muddat qo’llanilganda — gipovitaminoz, oshqozon ichak traktida oziqa moddalari (yog’lar, oqsillar), gormonlar so’rilishini pasaytirishi. Gemoperfuziyada faollashtirilgan ko’mir orqali — tromboemboliya, gemorragiyalar, gipoglikemiya, gipokaltsemiya, arterial bosimning pasayishi.


Faollashtirilgan ko’mir bilan boshqa hech qanday preparat qabul qilmaslik kerak, chunki ular muqarrar ravishda so’riladi va shu bilan birga ko’mirning zaharli moddalarni so’rib olish qobiliyatini kamaytiradi. Faollashtirilgan ko’mirni sorbent sifatida ishlatish zaharlanishdan keyingi birinchi 12 soat ichida eng samarali hisoblanadi. Shu bilan birga, ko’mirning o’zi so’rilmaydi va oshqozon-ichak traktida metabolizmga uchramaydi; u axlat bilan chiqariladi va uni qora rangda bo’yaydi.
Faollashtirilgan ko’mirni meteorizm (qorin dam bo’lishi), dispepsiyalar, kolit, me’da shirasining yuqori kislotaligi, diareya, ovqatdan zaharlanishda ham qabul qilish mumkin
Biroq, bu preparat uzoq muddatli, doimiy foydalanish uchun mo’ljallanmagan. faollashtirilgan ko’mir oshqozon-ichak traktida nafaqat zaharli, balki organizmga foydali bo’lgan ko’plab moddalarni (fermentlar, vitaminlar, aminokislotalar va boshqalar) ham o’ziga bog’laydi.


Download 302,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish