«veterinariya farmatsevtikasi» kafedrasi



Download 302,98 Kb.
bet70/120
Sana13.06.2022
Hajmi302,98 Kb.
#666319
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   120
Bog'liq
Dorilarni o\'zaro ta\'sir xususiyatlari Majmua 2021

Nojo‘ya ta’sirlari
Novokain odatda yaxshi o‘zlashtiriladi, biroq ba’zida quyidagi nojo‘ya reaksiyalar bo‘lishi mumkin:
Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, holsizlik, harakatli bezovtalik, tirishishlar, ko‘rish va eshitishni buzilishlari, nafas mushaklarining falaji, harakat va sezuvchanlikni bloklanishi.
Yurak-tomir tizimi tomonidan: arterial bosimni pasayishi yoki oshishi, periferik vazodilyatatsiya, kollaps, bradikardiya, aritmiya, ko‘krak qafasida og‘riq.
Qon tizimi tomonidan: metgemoglobinemiya.
Allergik reaksiyalar: terini qichishishi, teri toshmalari, dermatit,
Dorilarning o‘zaro ta’siri
Suksametoniy chaqirgan mushak blokadasini uzaytiradi (chunki ikkala preparat plazmadagi xolinesteraza bilan gidrolizlanadi).
Monoaminoksidaza ingibitorlari (furazolidon, prokarbazin, selegelin) bilan bir vaqtda qo‘llash arterial gipotenziyani rivojlanish xavfini oshiradi. Antixolinesteraza preparatlari (uning gidrolizini bostiradilar) prokainning toksikligini oshiradi. Prokainning metaboliti (paraaminobenzoy kislotasi) sulfanilamid preparatlarning raqobatli antagonistidir va ularning mikroblarga qarshi ta’sirini kuchaytiradi.
Mahalliy anestetik in’eksiya qilingan joyga og‘ir metallarni saqlovchi dezinfeksiyalovchi eritmalar bilan ishlov berilganida, shish va og‘riq ko‘rinishidagi mahalliy reaksiyalarni rivojlanish xavfini oshiradi.
Bilvosita antikoagulyantlarning ta’sirini potensiyalaydi.
Preparat antixolinesteraz vositalarning nerv-mushak o‘tkazuvchanligiga ta’sirini pasaytiradi. Kesishgan sensibilizatsiya bo‘lishi mumkin. Sulfanilamidlar bilan qo‘llanilmaydi.
Mahalliy anesteziyada novokain eritmasini so‘rilishini kamaytirish va ta’sirini uzaytirish uchun odatda 2, 5 yoki 10 ml novokain eritmasiga adrenalin gidroxloridning (0,1%) eritmasi 1 tomchidan qo‘shiladi.
Nojo‘ya reaksiyalarning oldini olish uchun, yuborishdan oldin preparatni o‘zlashtirilishiga sinama o‘tkaziladi, in’eksiya qilingan joyda qizarish va shish bo‘lishi bundan dalolat beradi.
Preparatni qo‘llashda yurak-qon tomir, nafas va markaziy nerv tizimining faoliyatini nazorat qilish kerak. Yurak, jigar va buyrakning og‘ir kasalliklarida ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Mahalliy anesteziyani o‘tkazishda aynan shu umumiy doza qo‘llanganida qo‘llanayotgan eritma qanchalik konsentratsiyalangan bo‘lsa, prokainning toksikligi shunchalik yuqori bo‘ladi. Shuning uchun eritmaning konsentratsiyasini oshishi bilan umumiy dozani kamaytirish tavsiya qilinadi yoki preparatning eritmasi past konsentratsiyagacha (natriy xloridning steril izotonik eritmasida) suyultirish tavsiya qilinadi.
Jigarda qon oqimini pasayishi, yurak-qon tomir yetishmovchiligini rivojlanishi (odatda yurakning blokadasi va shok natijasida) bilan kechuvchi holatlarda, yallig‘lanish kasalliklari, soxta xolineesteraza tanqisligi, jigar yetishmovchiligida preparat ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.

Download 302,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish