Nojo‘ya ta’sirlari
Novokain odatda yaxshi o‘zlashtiriladi, biroq ba’zida quyidagi nojo‘ya reaksiyalar bo‘lishi mumkin:
Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, holsizlik, harakatli bezovtalik, tirishishlar, ko‘rish va eshitishni buzilishlari, nafas mushaklarining falaji, harakat va sezuvchanlikni bloklanishi.
Yurak-tomir tizimi tomonidan: arterial bosimni pasayishi yoki oshishi, periferik vazodilyatatsiya, kollaps, bradikardiya, aritmiya, ko‘krak qafasida og‘riq.
Qon tizimi tomonidan: metgemoglobinemiya.
Allergik reaksiyalar: terini qichishishi, teri toshmalari, dermatit,
Dorilarning o‘zaro ta’siri
Suksametoniy chaqirgan mushak blokadasini uzaytiradi (chunki ikkala preparat plazmadagi xolinesteraza bilan gidrolizlanadi).
Monoaminoksidaza ingibitorlari (furazolidon, prokarbazin, selegelin) bilan bir vaqtda qo‘llash arterial gipotenziyani rivojlanish xavfini oshiradi. Antixolinesteraza preparatlari (uning gidrolizini bostiradilar) prokainning toksikligini oshiradi. Prokainning metaboliti (paraaminobenzoy kislotasi) sulfanilamid preparatlarning raqobatli antagonistidir va ularning mikroblarga qarshi ta’sirini kuchaytiradi.
Mahalliy anestetik in’eksiya qilingan joyga og‘ir metallarni saqlovchi dezinfeksiyalovchi eritmalar bilan ishlov berilganida, shish va og‘riq ko‘rinishidagi mahalliy reaksiyalarni rivojlanish xavfini oshiradi.
Bilvosita antikoagulyantlarning ta’sirini potensiyalaydi.
Preparat antixolinesteraz vositalarning nerv-mushak o‘tkazuvchanligiga ta’sirini pasaytiradi. Kesishgan sensibilizatsiya bo‘lishi mumkin. Sulfanilamidlar bilan qo‘llanilmaydi.
Mahalliy anesteziyada novokain eritmasini so‘rilishini kamaytirish va ta’sirini uzaytirish uchun odatda 2, 5 yoki 10 ml novokain eritmasiga adrenalin gidroxloridning (0,1%) eritmasi 1 tomchidan qo‘shiladi.
Nojo‘ya reaksiyalarning oldini olish uchun, yuborishdan oldin preparatni o‘zlashtirilishiga sinama o‘tkaziladi, in’eksiya qilingan joyda qizarish va shish bo‘lishi bundan dalolat beradi.
Preparatni qo‘llashda yurak-qon tomir, nafas va markaziy nerv tizimining faoliyatini nazorat qilish kerak. Yurak, jigar va buyrakning og‘ir kasalliklarida ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Mahalliy anesteziyani o‘tkazishda aynan shu umumiy doza qo‘llanganida qo‘llanayotgan eritma qanchalik konsentratsiyalangan bo‘lsa, prokainning toksikligi shunchalik yuqori bo‘ladi. Shuning uchun eritmaning konsentratsiyasini oshishi bilan umumiy dozani kamaytirish tavsiya qilinadi yoki preparatning eritmasi past konsentratsiyagacha (natriy xloridning steril izotonik eritmasida) suyultirish tavsiya qilinadi.
Jigarda qon oqimini pasayishi, yurak-qon tomir yetishmovchiligini rivojlanishi (odatda yurakning blokadasi va shok natijasida) bilan kechuvchi holatlarda, yallig‘lanish kasalliklari, soxta xolineesteraza tanqisligi, jigar yetishmovchiligida preparat ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |