Ikkinchi bo‘yin umurtqasi (epistrofey) – axis s. epistropheus. Uzun tanasining oldingi uchida umurtqa boshi o‘rnida bo‘g‘im yuzasi orqali atlant bilan
birlashishi uchun tishsimon o‘simtasi – dens epistrophei bo‘ladi. Umurtqaning yuqorigi tarog‘i – crista epistrophei dorsalis oldinga qarab ozroq pasaygan bo‘ladi.
Oldingi (kaudal) bo‘g‘im o‘simtasi umurtqa yoyidan boshlanadi. Umurtqa yon ko‘ndalang teshik va uning oldirog‘ida umurtqalararo teshik – foramen
intervertebrali bo‘ladi.
Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari. Qo‘yda – epistrofeyning tishsimon o‘simta yuzasi notekis, unga tishsimon pay birlashadi; tanasi uzun silindrsimon bo‘ladi. Otda – umurtqa tanasi uzun, konussimon, tishsimon o‘simtasi yaxshi rivojlangan; umurtqaning yuqorigi tarog‘i kuchli bo‘lib, orqa tomonida ikkita bo‘g‘im o‘simtasi bo‘ladi. Cho‘chqada – umurtqaning tishsimon o‘simtasi konus shaklida, tumtoq, tarog‘i qanotsimon, tanasi qisqa bo‘ladi.
Ko‘krak umurtqalari – vertebrae thoracalis. Ko‘krak umurtqalari qovurg‘alar va to‘sh suyagi bilan birgalikda ko‘krak qafasini hosil qilib, ularning soni: qoramollarda – 13 ta, cho‘chqalarda – 14-17ta, qo‘ylarda – 13 ta, otlarda – 18 ta (17-19) ta itlarda – 13 ta, odam va tuyalarda – 12 ta bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |