Dumg‘aza suyagining qanoti o‘ng va chap burchaklar – angulus dexter et sinister ni hosil qiladi hamda ular yonbosh suyagining qanoti bilan birlashadi, orqa burchagi esa – angulus caudalis dum umurtqalari bilan birlashgan.
Dum umurtqalari – vertebrae coccygeae, s. caudae. Dum umurtqalarining soni turli hayvonlarda katta farq qiladi. Ular qoramolda – 18-20, cho‘chqada – 20-
25, otda – 18-20, itda – 20-23, qo‘yda – 16 (18) -24 tagacha bo‘ladi. Qo‘ylar dum umurtqalarining soniga qarab dumsiz, kalta dumli, uzun dumliga bo‘linadi. Dum umurtqalarining soni 6-7 ta bo‘lsa dumsiz, 16 tagacha bo‘lsa kalta dumli, 16 tadan
ko‘p bo‘lsa uzun dumli deyiladi.
Dum umurtqalarini qoramol misolida tuzilishini o‘rganadigan bo‘lsak, ularda kranial bo‘g‘im o‘simtalari faqat dastlabki 5-6-umurtqalarda yaxshi
rivojlangan, ko‘ndalang o‘simtalari keng,. 8-10-umurtqalarda bu o‘simta bo‘lmaydi, 2-13-umurtqaning ventral tomonida yaxshi rivojlangan gemal yoyi –arcus haemalis bo‘lib, undan dum arteriyasi o‘tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |