ko‘chirib yozing. Matndagi o‘rin-payt kelishigi shaklidagi so‘zlarning
talaffuzi va imlosini tushuntiring.
CHIQISH KELISHIGI SHAKLI
1-topshiriq. Berilgan birikmalarda nuqtalar o‘rniga mos kelishik
qo‘shimchalarini qo‘ying.
Toshkent... ketmoq, uzoq... kelmoq, temir... qattiq, shamol... tez,
sahar... ishni boshlamoq, harakatchanligi... muvaffaqiyat qozonmoq.
2-topshiriq. Chiqish kelishigi shaklidagi so‘zning so‘rog‘i va
vazifasini aniqlang.
Chiqish kelishigi qo‘shimchasi o‘rin-joy otlariga qo‘-
shilib, qayerdan? so‘rog‘iga javob bo‘ladi va o‘rin holi
vazifasini bajaradi.
Payt otlariga qo‘shilib, qachon? so‘rog‘iga javob
bo‘ladi va payt holi vazifasida keladi.
Shaxs va narsa otlariga qo‘shilib, kimdan? nimadan?
so‘roqlariga javob bo‘ladi va to‘ldiruvchi bo‘lib keladi.
Ba’zan ayrim otlar, sifatdoshlar va boshqa so‘zlarga
Do'stlaringiz bilan baham: |