137-mashq.
Quyida berilgan so‘zlarga jo‘nalish kelishigi qo‘shim-
chasini qo‘shing. Qanday talaffuz qilinishi va imlosini tushuntiring.
O‘roq, qishloq, sog‘, chorbog‘, kurak, so‘roq, ilik, yog‘.
Savol va topshiriqlar
1. Jo‘nalish kelishigining qo‘shimchalari qaysilar?
2. Jo‘nalish kelishigidagi so‘z qanday so‘roqlarga javob bo‘ladi?
3. Jo‘nalish kelishigidagi so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing va ularni
izohlang.
138-mashq.
Uyga vazifa. «Suvning hayotimizdagi ahamiyati» mavzusida
hikoya yozing. Qanday kelishik qo‘shimchalaridan foydalanganingizni ayting.
O‘RIN-PAYT KELISHIGI SHAKLI
1-topshiriq. Nuqtalar o‘rniga mos kelishik qo‘shimchalarini qo‘ying.
1. Novdalarni bezab g‘unchalar Tong... aytdi hayot otini.
(Hamid Olimjon) 2. Qadim zamon... Chin mamlakati... bir ulug‘
podshoh o‘tgan ekan. (Ertak)
2-topshiriq. Nima sababdan -da qo‘shimchasini qo‘yganingizni
ayting.
Do'stlaringiz bilan baham: |