yotganini ayting. Sodiq do‘st deganda kimni tushunasiz?
Inson umri davomida o‘ziga sodiq do‘stlar orttiradi. O‘g‘il
ham, qiz ham, kim bo‘lishidan qat’i nazar, o‘z faoliyatida,
o‘qishda, mehnatda, uzoq safarda, odamlar orasida o‘ziga fe’li,
muomalasi bilan yoqib qolgan kishi bilan do‘stlashadi.
Do‘stlik nihoyatda nozik bo‘lib, uni asrab-avaylash lozim.
Do‘stlik insonning bolalik davrida boshlanadi. Bolalikdan
boshlangan do‘stlik odamzodning keyingi ulg‘aygan va kamo-
lotga erishgan davrida orttirgan barcha do‘stlari orasida alohida
o‘rin tutadi. (T. Qurbonov)
140-mashq.
Do'stlaringiz bilan baham: |