Ta’rif: a=(х1,у1, z1) vа b=(х2,у2, z2) vеktorlar tеng bo‘lishi uchun ularning mos koordinatalari tеng, ya’ni х1=х2 , у1=у2 , z1=z2 bo‘lishi zarur va yеtarli.
Teoremaning isboti (2) yoyilmadan kelib chiqadi va o‘quvchiga havola etiladi.
Ta’rif: a=(х1,у1, z1) vа b=(х2,у2, z2) vеktorlarning yig‘indisi yoki ayirmasining koordinatalari qo‘shiluvchilarning mos koordinatalari yig‘indisi yoki ayirmasiga tеng bo‘ladi, ya’ni
a±b=(х1,у1, z1)±(х2,у2, z2)= (х1± х2, y1± y2, z1± z2). (3)
Isbot: Vektorlarning (2) yoyilmasi va ularni o‘zaro qo‘shish, songa ko‘paytirish amallarining xossalariga asosan
a±b=(х1,у1, z1)±(х2,у2, z2)=(x1 i +y1 j+z1 k)± (x2 i +y2 j+z2 k)=
=(x1± x2)i+(y1± y2)j+(z1± z2)k
tenglikni olamiz va undan (3) formula o‘rinli ekanligini ko‘ramiz.
Masalan, a=(4,–2,1) vа b=(5,9,0) vektorlar uchun
a+b=(4+5,–2+9,1+0)=(9,7,1) , a–b=(4–5,–2–9,1–0)=( –1, –11,1).
Ta’rif: Har qanday a=(х, у, z) vеktorning ixtiyoriy songa ko‘paytmasining koordinatalari uning har bir koordinatasini songa ko‘paytirishdan hosil bo‘ladi, ya’ni a=( х, у, z)= (х, у, z).
Teoremaning isbotini o‘quvchilarga mustaqil ish sifatida havola etamiz. Masalan, a=(3, –4, 1) va λ=6 bo‘lsa, 6a=6(3, –4, 1)=(18, –24, 6) bo‘ladi.
Bu natijalardan foydalanib ushbu masalalarni yechamiz.
Masala: Boshi A(x1, y1, z1) va uchi B(x2, y2, z2) nuqtada joylashgan vektorning koordinatalarini toping.
Yechish: Berilgan vektorning A boshi va B uchini koordinatalar boshi O bilan tutashtirib va vektorlarni hosil etamiz (16-rasmga qarang).
Bunda =(x1, y1, z1), =(x2, y2, z2) bo‘ladi va vektorlarning ayirmasi ta’rifi hamda 2-teoremaga asosan quyidagi natijani olamiz:
=(x, y, z)= – =(x2, y2, z2)– (x1, y1, z1)= (x2 – x1, y2 – y1, z2 – z1) . (4)
Demak, vektorning koordinatalarini topish uchun uchining koordinatalaridan boshini koordinatalarini ayirish kerak. Masalan, boshi A(5,–4, 2) va uchi B(7, 1, 0)
nuqtalarda joylashgan vektorning koordinatalari quyidagicha bo‘ladi:
x= x2 – x1=7–5=2, y=y2 – y1=1–(–4)=5, z=z2 – z1=0 –2= –2.
Masala: Uchlari A(x1, y1, z1) va B(x2, y2, z2) nuqtalarda joylashgan AB kesmani berilgan λ (λ>0) nisbatda bo‘luvchi C(x0, y0, z0) nuqtaning koordinatalarini toping.
Yechish: Oldingi masalaga asosan
=(x0 – x1, y0 – y1, z0 – z1), =(x2 – x0, y2 – y0, z2 – z0)
deb yozishimiz mumkin. Masala sharti, vektorni songa ko‘paytirish ta’rifi va 3-teoremaga asosan ushbu tengliklar o‘rinli bo‘ladi:
| |=λ| | = λ
(x0 – x1, y0 – y1, z0 – z1)=λ(x2 – x0, y2 – y0, z2 – z0)
(x0 – x1, y0 – y1, z0 – z1)= (λ x2 – λ x0, λ y2 – λ y0, λ z2 – λ z0).
Bu yerdan, 1-teoremaga asosan, izlanayotgan x0 koordinata ushbu tenglamadan topiladi:
.
Xuddi shunday tarzdagi mulohazalar orqali izlangan nuqtaning koordinatalari
(5)
formulalar bilan topilishini aniqlaymiz.
Masalan, uchlari A(2,–3, 1) va B(16, 11, 15) nuqtalarda joylashgan AB kesmani λ=2:5 nisbatda bo‘luvchi nuqtaning koordinatalari (5) formulaga asosan quyidagicha bo‘ladi:
Xususiy, λ=1 bo‘lgan, holda AB kesmaning o‘rta nuqtasi koordinatalari uchun ushbu formulaga ega bo‘lamiz:
. (6)
Masalan, uchlari A(4,–1, 5) va B(2, 11, –13) nuqtalarda joylashgan AB kesmaning o‘rta nuqtasining koordinatalari (6) formulaga asosan quyidagicha bo‘ladi:
x0=(4+2)/2=3, y0=(–1+11)/2=5, z0=(5+(–13))/2=–4 .
Do'stlaringiz bilan baham: |