O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
Xorazm viloyati Shovot
tumanidagi 23-son umumiy o’rta ta’lim maktabining Boshlang’ich sinf o’qituvchisi Ataboyeva Chamangulning matematika fanidan
bir soatlik ochiq dars ishlanmasi
Xossalariga asosan narsalar to’plamini bir nechta to’plamlarga ajratish
2020-2021 o’quv yili
Sana__________________________
Mavzu : Xossalariga asosan narsalar to‘plamini bir nechta to‘plamlarga ajratish
Maqsad: O’quvchilarga DTS talablari asosida matematika fani bo’yicha ta’lim berish. Matematik tayyorgarlikni belgilash
Ta’limiy: O’quvchilarning sanoq texnikasini, to’g’ri va teskari sanash qobiliyatlarini boyi-tish. Sonlarni o’zaro taqqoslash ,. TK3 masala yechish orqali ijtimoiy hayotdagi vaziyatlarga nisbatan o‘zining ijobiy munosabatini bildira olish; FK2 amaliy vaziyatlarda o‘rganilgan matematik tushunchalar va algoritmlarni qo‘llay oladi.
Tarbiyaviy: O’quvchilarda jonivorlarga nisbatan mehr uyg’otish. O’quvchilarda topqirlik va zukkolik fazilatlarini tarbiyalash. TK3 o‘qishga va yangi bilimlarni egallashga qiziqish.TK4 milliy bayramlarimizga oid sana va vaqtlarni bilish, ularni kundalik hayotda qo‘llay olish;zaminimizda yashab o‘tgan buyuk allomalarimizning matematikaga qo‘sh gan hissalarini tushuna olish.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni og’zaki va yozma hisoblash malakalarini o’stirish. FK1 o‘rganilgan matematik tushunchalarni qabul qila oladi, tegishli misollar keltira oladi
Dars turi: Yangi tushuncha berish.
Metodi: aralash, savol-javob , mustaqil ish..
Jihozi: Mavzuga oid ko’rgazma, matematika darsligi.
Darsning borishi.
T/R
|
Bo’limlar
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O`tgan mavzuni mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
15 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
10 daqiqa
|
5
|
O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.
|
10 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Jami
|
45 daqiqa
|
I Tashkiliy qism. a) salomlashish, davomotni aniqlash, tozalikni tekshirish
b) ma’naviyat daqiqasi Kun yangiligi
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. O’tilgan mavzularni savol-javob orqali takrorlash. O’tilgan mavzular yuzasidan amaliy mashg’ulotlar o’tkazish.
III Yangi mavzu bayoni
11. Meva mahsulotlarini turlariga ko‘ra bir nechta to‘plamga ajrating:
12. Bolalar oromgohida 58 nafar o‘g‘il bola, undan 28 nafar kam qiz bola dam oldi. Oromgohda hammasi bo‘lib necha nafar o‘quvchi dam olgan?
58-28=30 30+58=88
Javob:88 ta o`quvchi dam olgan
13. Misollarning yechilishini tushuntiring:
14. Chizmada qanday figuralarni ko‘ryapsiz. Ularni alohida-alohida daftaringizga
chizing va nomlarini ayting
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. O`quvchilarga o`tilgan mavzular yuzasidan qiyinchilik tug`dirgan joylariga qo`shimcha to`ldirishlar beriladi v ava ularning savollariga javob beriladi misollar ishlanadi.Misolni doskada o`quvchilar tushuntirib yechadilar.
V. Dars jarayonida faol qatnashgan o’quvchilarni rajbatlantirish.
O’quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga ko’ra o’qituvchi tomonidan rajbatlantirilib boriladi.
VI. Uyga vazifa: 15. Misollarni tushuntirib yeching:
20+7=27 84-4=80 60+7=67 93-3=90
48-8=40 50+6=56 32-2=30 30+5=35
Do'stlaringiz bilan baham: |