2
S=h . 1
GSX usuli bo‘yicha moddalarni ajratish imkoniyatini uch faktor bilan belgilanadi: ajratish koeffitsenti, kriteriy yoki ajralish darajasi va kolonka effektivligi (ish unumi).
Ajratish koeffitsenti ikki ajraluvchi moddalar ushlanish hajmlarining nisbatidan kelib chiqadi:
V1 V2
Ajralish kriteriysini quyidagi formula bilan ifodalanadi.
K1 = VR
(1) + (2)
Bu erda
1 (1) va
2
1 (2) moddalar xromatografik cho‘qqi balandlikning yarmida bo‘lgan kenglik, VR
2
- birinchi va ikkinchi aralashma moddalarining ushlanish hajm ko‘rsatkichlarining farqi.
Agar aralashma komponetlari ajralsa, cho‘qqilar maksimumlari orasidagi masofa l cho‘qqilar yarim balandlikdagi kengliklari yig‘indisidan katta bo‘ladi.
l >½ (1) +½ (2)
Agar cho‘qqilar maksimumlari orasidagi masofa yarim kengliklari yig‘indisiga teng bo‘lsa,
l > ½ (1) + ½ (2)
l l
K1 = = = 1
½ (1) + ½ (2) l
Moddaning xromatografik kolonkada ushlanish vaqti, moddani xromatografik kolonkaga yuborilgandan uni kolonkadan eng ko‘p miqdorda chiqishigacha bo‘lgan vaqt t0 bilan belgilanadi. Xaqiqiy ushlanish vaqtini olingan modda ushlanish vaqti bilan kolonkadagi yutilmaydigan (adsorbsiyalanmaydigan) gaz yoki erituvchi ushlanish vaqtlarining farqni (o‘lik vaqtni) ko‘rsatadi.
txak = tm - tR
Ushlanish masofasi xam sifat harakteristikasi xisoblanadi.
lxak = lm - lR
Bir xil sharoitda olib boriladigan xromatografik ajratish (kolonka uzunligi uni to‘ldirish, harorat va gaz fazasi oqimining tezligi, diagramma tasmasining yurish tezligi), ushlanish vaqti va masofasi berilgan modda uchun xos kattalik hisoblanadi.
Gaz xromatografik usulda modda aralashmalarini ayrim komponentlariga ajratishda asosiy jarayon xromatografik kolonkada bo‘lib, unda quyidagi ko‘rsatkichlar inobatga olinadi.
L – kolonka uzunligi yoki sorbentni o‘lchami, sm S – egallagan hajmi, sm2
X – gaz va qo‘zg‘aluvchi faza hajmi
Vj – qo‘zg‘almas fazani egallagan hajmi, sm3 Vr – gaz fazasini egallagan hajmi, sm3
Xi – suyuq fazani egallagan hajmi, [Xi=1-X]
Vj = Xi ∙ L ∙ S Vr = X ∙ L ∙ S
Kolonkadan chiqayotgan gaz detektor orqali o‘tish jarayonida ma’lum cho‘qqilar shaklida chiqishi kuzatiladi. Bular o‘lchov asboblari yordamida tekshirilib aniqlanadi.
Po - Pv Tk
W = Wp
=
Po Tr
W – kolonkadan chiqayotgan gaz miqdori Wp - gazning sarflangan o‘lchami, sm3/min Po – gazning kolonkadan chiqayotgan bosimi Pv - suvning bosimi
Tk - kolonka harorati
Tr – sarflanayotgan suvning harorati
Ushlanish vaqti va masofaning turli omillarga bog‘liqligi amaliyotda xato xulosalarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ajralish jarayonini belgilovchi kattalik - ushlanish hajmi VR dan foydalaniladi. Uni ushlanish vaqti bilan gaz fazasi oqimini hajmiy tezligi ko‘paytmasi ko‘rsatadi.
Aralashma komponetlari to‘liq ajralmaganda o‘lchash mumkin emas va bu xolda ikkinchi ajralish kriteriysi K2 kiritiladi, hmin shu orqali to‘liq ajralishi belgilanadi.
h2 - hmin
K2 =
h2
h2 - kichikroq cho‘qqi balandligi.
hmin - cho‘qqilar o‘rtasidagi minimum balandlik.
K2 - kattalik 0 dan 1 ga qadar K1 ning o‘zgarishiga va ajralayotgan komponetlar miqdori nisbatining o‘zgarishiga qarab o‘zgarishi mumkin.
Ushlanish kattaliklari xromatogrammaning to‘liq harakteristikasini bermaydi. CHunki bir xil aralashmaning komponentlari ikki turli kolonkalarda bir xil ushlanish kattaliklariga ega bo‘lsalar ham cho‘qqilar ko‘rinishi turli bo‘lishi mumkin. Bir xil kolonkalardan keng ko‘rinishda xromotografik cho‘qqi chiqishi mumkin. SHu sababli to‘liq harakteristika olish uchun qo‘shimcha cho‘qqilar xarakterini belgilovchi parametr kirgizilgan. Bu parametr nazariy tarelkalar soni deb ataladi (NTS).
Bir NTS ga mos keladigan kolonka uzunligi nazariy tarelka balandligi (NTB) deb belgilanadi. Nazariy tarelkalar nazariyasini 1941 yilda J.P. Martin va R.Synqe taklif qilishgan. Bu nazariyaga asosan xromatografik kolonka aloxida qatlamlardan (tarelkalardan) tashkil topgan deb qaraladi. Har bir qatlamni nazariy tarelka deb qarash qabul qilingan. Xromatografik kolonkalarning effektivligi kolonkaning birlik uzunligiga mos keladigan N.T.S bilan aniqlanadi. Kolonkaning birlik uzunligiga qancha ko‘p NTS mos kelsa, xromotogramma cho‘qqisi shuncha uchliroq va ingichkaroq xosil bo‘ladi. NTS ni xromatogramma orqali quyidagi tenglamadan foydalanib topish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |