Alkilsulfatni natriyli tuzini olinishi
Alkilsulfat saqlovchi kir poroshogini metil spirti bilan ishlanadi. Eritma filtr orqali suzib, suv hammomida quruq qoldiq qolguncha bug‘latiladi. Hosil bo‘lgan sarg‘imtir qoldiq jihatidan sovigunga o‘xshash bo‘ladi.
Shostakov balzamini tozalash
Balzamni suvchli (vakuum) nasos bilan ulangan xolda qaynayotgan suv hammomida 50-600S haroratda qizdirib uchuvchan yot moddalardan tozalanadi. Nasadkani tayyorlash uchun boshqa reaktivlardan ham
foydalanish mumkin. Qattiq sorbent sifatida sferoxrom (TND-TS-M-), rizorb, xromaton, xromasorb, teflonlardan qayta ishlovsiz foydalanish mumkin. Qo‘zg‘olmas faza sifatida molekulyar massasi 1000- 5000 bo‘lgan polietilenglikol ishlatilishi mumkin. Alkilsulfatlar bilan bir qatorda ditergenttvin-60, tvin- 80, skvalantlarni ishlatish mumkin.
Detektorlar
Detektorlar qo‘zg‘aluvchi gaz fazasini va ajralgan komponentlarning ma’lum bir xususiyatlarini aniqlaydi.
Komponentlarni aniqlash xromatografik kolonkadan chiqayotgan gaz oqimining fizikaviy, kimyoviy yoki fizik-kimyoviy xususiyatlarini o‘zgarishi elektr quvvatiga o‘tkazish hisobiga amalga oshiriladi. Detektor hosil qilgan signali orasidagi moddalar aralashmasini ajralish signalarini aniqlanadi. Signalning hosil bo‘lishi modda aralashmasining u yoki bu o‘lchanayotgan parametri yoki xususiyatining o‘zgarishiga bog‘liq bo‘ladi.
Detektorning elektr signali sistemaning fizik-kimyoviy xususiyatlari: zichlik, issiqlik-o‘tkazuvchanlik, issiqlik ta’sirida ionlanish kabi o‘zgarishi natijasida hosil bo‘ladigan detektorning elektr signalini- xromatogrammani yozib oluvchi qurilma yordamida belgilanadi. Xromatogrammani tahlil qilish aralashmadagi moddalarning sifat va miqdoriy tahlilini bajarish imkoniyatini beradi.
6-rasm.Alangali-ionizatsion detektor sxemasi
1 –vodorod kiritilishi; 2 – xromatografik kolonkadan kelaetgan gaz okimi; 3 – xavoning kiritilishi; 4 – katod;5
– gaz alangasi;6 – yiguvchi elektrod; 7 – enish maxsulotlarining atmosferaga chikarilishi
Gaz-xromatografik tahlilda bir-biridan ish bosqichlari va tuzilishi jihatidan farqlanadigan: katorometrlar, alanga ionizatsion, elektron ushlab qoluvchi detektorlar, termoion detektorlar va alangali fotometrik detektor
Katorometr issiqlik o‘tkazuvchanlikni aniqlovchi detektor bu detektorning ishlash tartibi o‘tkazuvchilarni elektr qarshiligini, gazlarni issiqlik o‘tkazuvchanligiga bog‘liqligiga asoslangan. Katorometr yordamida toza qo‘zg‘aluvchi gazning issiqlik o‘tkazuvchanligi va qo‘zg‘aluvchi gaz fazasini tahlil qilinayotgan modda bilan aralashmasi issiqlik o‘tkazuvchanligi orasidagi farqi o‘lchanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |