9-MA`RUZA. MASS SPEKTRAL TAHLIL. NAZARIY ASOSLARI VA DORI VOSITALARI TAHLILIDA QO’LLASH.
Ma'ruza rejasi:
Mass-spektroskopiyasining nazariy asoslari va yaratilish tarixi.
Mass-spektrometrning tuzilishi va spektrlar olish sharoit lari.
Moddalarni mass-spektrlarini interpretatsiya qilish usul -lari.
Mass-spektral tahlillarini dori moddalar sifatini va miqdorini aniqlash uchun qo‘llash.
Tayanch so`z va iboralar:Mass-spektrometriya, mass analizator, ion manbai, Plank formulasi.
Mass – spektroskopik tahlil.
Nazariy asoslari va dori moddalar tahlilida qo‘llash.
Mass-spektrometriyaning qisqacha tarixi.
Mass-spektroskopik tadqiqotlar ham boshqa spektroskopik
usullar kabi modda molekulasi ichki energiyasini oshirish yo‘li bilan olib boriladi. Mass-spektroskopik jarayonlarni to‘la tushunish uchun katod (Kruks) trubkasida sodir bo‘ladigan xodisa bilan tanishib o‘tamiz. Manfiy va musbat elektrodlar orasida 10000 volt kuchlanish hosil qilinganda kuchli elektr quvvati ta’sirida katod yuzasidan hamda siyraklashtirilgan gaz atomlaridan elektronlar ajralib chiqadi va anod tomon xarakatlana boshlaydi. Ma’lum tezlikka ega bo‘lgan elektronlar oqimi o‘z yo‘lida boshqa neytral atomlar bilan to‘qnashib bu atomlardan ham qo‘shimcha elektronlarni urib chiqaradi (chaqnama razryad), ya’ni shu damda atomlarni tezligi muayyan darajada yuqori bo‘lgan elektronlar bilan bombardimon qilish jarayoni yoki elektron zarb xodisasi vujudga keladi. YUqori quvvatli elektr maydoni va elektron zarb natijasida elektronlardan ajralgan atomlar musbat zaryadlanib, manfiy qutb tomon intiladi va katod sathida o‘yilgan tirqishlardan (kanallardan) yuqori tezlik bilan o‘tib trubkaning shu tomoniga surtilgan SnS qatlamida chaqnash hosil qiladi. Bunday zarrachalar oqimini kanal nurlari deb atalgan.
Dj.Tomson katod trubkasiga turli o‘zgarishlar kiritib shu uskunalarda elektron va kanal nurlari oqimini elektr va magnit maydonlari ta’sirida og‘ishini o‘rgandi. Natijada 1897 yilda elektron zaryadining uning massasiga bo‘lgan nisbati z/m o‘zgarmas kattalik ekanini hamda elektron oqimining bir xil magnit va elektr maydonlaridagi og‘ish traektoriyasi vakuumdagi gazning va katod elementining tabiatiga bog‘liq emasligini aniqladi. Musbat zaryadli kanal nurlarining og‘ish traektoriyasi bir sharoitdagi magnit va elektr maydonlarida har-xil gazlar uchun doimiy bo‘lib chiqmadi. Bunda trubkadagi siyraklashtirilgan gazning atom massasi og‘irroq bo‘lganda kamroq va engil gaz atomlari mavjud bo‘lganda ko‘proq og‘ish traektoriyasi bilan xarakatlanishini kuzatdi.
Kanal nurlari oqimini atroflicha o‘rganish, musbat zarrachalarning xarakat traektoriyasi bilan gazning atom massasi
hamda tashqaridan ta’sir etuvchi magnit va elektr maydonlari quvvati orasida uzviy bog‘lanish mavjudligini ko‘rsatadi. Bu sohada olib borilgan navbatdagi tadqiqotlar va Tomson probir larining har taraflama mukammallashtirilgan usul -massspektroskopik tahlilni fanga kirib kelishiga asos bo‘ldi.
Birinchi mass-spekroskopik qurilmalar Vin (Wien W., 1898y), Aston (Aston F.W.,1919y) va Dempster (Dempster A.Z.1918y) nomlari bilan bog‘liqdir. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining muxbir a’zosi O‘.X.Rasulev va O‘simlik moddalari kimyosi institutining mass-spektrometriya bo‘limi rahbari, kimyo fanlari doktori YA.V.Rashkes bu sohada samarali ilmiy tadqiqotlar olib bordilar.
Mass-spektrometrning sxematik tasviri.
Do'stlaringiz bilan baham: |