Vazirligi toshkent farmatsevtika


Detektor va ionlarni spektr sifatida yozib olish



Download 4,33 Mb.
bet67/362
Sana03.01.2022
Hajmi4,33 Mb.
#299234
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   362
Bog'liq
ДВИТУ мажмуа 3к Био ЛОТИН

Detektor va ionlarni spektr sifatida yozib olish.
Detektorlar qabul qilgan ion zaryadining 10-7 -10-9 amperga teng bo‘lgan, deyarli sezilmas elektr quvvatini elektron kuchaytirgichlar yordamida bir necha daraja oshirish orqali hosil bo‘lgan signallarni katta tezlik bilan avtomatik yozib oluvchi qismlarga o‘tkazadi. Odatda tekshirilayotgan modda mass- spektrini sezgirligi yuqori bo‘lgan ossillograflar yordamida foto qog‘oz lentalariga tushiriladi.

Fotolentalarga tushirilgan mass-spektr chiziqlarining har biri ma’lum massani bildirib bu kattalik 2m/z - massaning zaryadga nisbati sifatida qabul qilingan. Bu qiymat ionning



spektrda qaysi nuqtada joylashishini belgilaydi. Masalan, sirka kislotasining -CH3COOH spektridagi M+ ion 60 m/z va uning bo‘lakcha ionlari 43m/z 45m/z qiymatlarda ko‘rinadi ( rasm).

Molekulyar pik (cho‘qqi), ona ion cho‘qqisi (piki) yoki ona ion deb nomlanadi. Ulardan xosil bo‘lgan bo‘lakcha ionlarini qiz ionlar (dochernie ionы) yoki fragment ionlar deyiladi.

Mass-spektrni ko‘rinishga keltirish uchun spektrdagi eng yuqori cho‘qqini 100%-asosiy signal deb qabul qilib, qolgan cho‘qqilarni shunga nisbatan hisoblanadi va standart rasm yoki

jadval sifatida tadqiq qilinadi. Rasm ko‘rinishda olish uchun abssissa o‘qiga m/z qiymatlarning oshib borishi va ordinata o‘qiga parallel ravishda tegishli ionlarning balandligini (zaryad quvatini) % qiymatlari chizib chiqiladi. Jadval ko‘rinishda esa, m/z qiymat yoniga kichik qavsda yoki alohida ustun bo‘ylab ionlarning zaryad quvvati % qiymatlari yoziladi.

Bundan tashqari mass-spektrdagi umumiy ionlar signali balandligi (umumiy ion-toki) jamlanib chiqqan natijani 100% va alohida ion signali balandligi umumiy ion-tokiga nisbatan ham hisoblanadi. (Bunday


natijalar ekvivalent tarkibli birikmalarning va diastereomer moddalarning mass-spektrlaridagi o‘xshashlik va tafovutlarni aniqlash maqsadida qo‘llaniladi).

Mass-spektrometrlarning har tomonlama takomillashuvi bu

fizik proborlarning sezgirligini nihoyatda oshirdi va tahlil uchun 10-6 - 10-12 gramm miqdordagi modda bo‘lsa kifoya qiladi. Moddaning to‘la mass-spektrini yozib olish vaqti ko‘pi bilan 1-2 daqiqa davom etadi. SHu xususiyatlari bilan mass-spektrometriya boshqa fizik usullar qatoridan salmoqli o‘rin olgan.

Zamonaviy elektron hisoblash mashinalarini (EXM) mass-spektrometrlar bilan kombinatsiyasi tadqiqot natijalarini EXM ekranlariga grafik shaklda va raqamlar xolida chiqarish hamda hisoblash jarayonlarini avtomatik ravishda olib borish, so‘ngra spektrlar to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlarni EXM banklarida saqlash kabi imkoniyatlarni yaratdi.

Masalan: etil spirti mass-spektrini kompyuterda quyidagicha yozib olish mumkin:
m/z 15 28314546

J 92 402 1000230 120


Ya’ni % maksimal cho‘qqi qiymati 1000 deb qabul qilinib, qolgan cho‘qqi qiymatlari unga nisbatan olinadi.

Download 4,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish