Optik zichlik additivlik qonuni
Ikkita bir xil qalinlikdagi kyuvetada turli modda eritmalari bor deb faraz qilamiz.
E1 va S1 ham da E2 va S2 bo‘lsin. Xuddi shu qalinlikdagi kyuvetaga, shu ikki moddaning ma’lum konsentratsiyasidagi S1 + S2 eritmas bo‘lsin.
Agar 1 chi, 2 si va 3 chi kyuvetadagi eritmalardan monoxromatik nur o‘tkazilsa, u xolda 3 chi kyuvetadagi eritmaning optik zichligi birinchi va ikkinchi kyuvetadagi eritmaning optik zichlik yig‘indisiga teng bo‘ladi.
D3 = D1 + D2=1 (E1C1 + E2C2)
Bir moddaning boshqa modda ishtirokida aniqlash imkonini beradi, bu xususiyat katta ahamiyatga ega.
Optik zichlikni additivlik qonuni
Tekshiriladigan eritmada bir nechta yutadigan modda bo‘lsa, ularning optik ko‘rsatkichining yig‘indisi eritmaning umumiy optik ko‘rsatkichiga teng bo‘lishini tasvirlaydi. Agarda eritmada M, N, R va Q moddalar bo‘lsaya, ularning har birining optik ko‘rsatkichi mos ravishda
AM = m . Sm . lm; AN = N.SN . lN; Ar= r . Sr. lr; AQ = Q . SQ . lQ bo‘ladi.
Ushbu optik ko‘rsatkichlarining yig‘indisi eritmaning umumiy optik ko‘rsatkichini
A= AM + AN + Ar + AQ = m Sm . lm + N . SN . lN + r. Sr. lr + Q . SQ . lQ ni tashkil etadi.
Yutilishning asosiy qonunidan chetlanishi
Buger-Lambert-Ber qonuni konsentratsiyaning muayyan chegaralaridangina to‘g‘ri chiziqlidir. SHu chegaralardan chetga chiqqanda qonunning to‘g‘ri chiziqliligiga ajralmaydi. Buning bir necha sabablari bor. Shu sabablardan biri nurning monoxromatik bo‘lmasligidir, chunki qonunni keltirib chiqarganda asosiy shart sifatida nurning monoxromatikligiga qo‘yilgan edi. Aslini olganda aniq monoxromatik nurni hosil qilish juda qiyindir, chunki har qanday nur boshqa to‘lqin uzunligiga ega bo‘lgan nur bilan birga bo‘ladi. Ularni aniq ajratish masalasi nihoyatda qiyin masaladir. Nurning monoxromatik emasligi oqibatida yutilish qonunida chetga chiqishning tushunib olish uchun to‘lqin uzunliklari 1 va 2 intenisvliklari J1 va J2 bo‘lgan nurlar tekshiriladigan modda eritmasiga tushayapti deb qaraladi.
Monoxromatiklikdan tashqari nurning modda eritmasiga tushganda sochilishi ham qonundan chetga chiqishga olib keladi. Linza, ko‘zgu va boshqa optik materiallardan qaytgan va sochilgan begona nurlar Js manbadagi barcha to‘lqin uzunliklariga ega bo‘lgan nurlardir. SHuning uchun ham tekshiriladigan moddaga Jo nurgina emas, balki Js + Jo nur ham tushadi va uning optik ko‘rsatkichi D1 bo‘lsa, bu qiymat D dan kichik bo‘ladi, chunki
Jo + Js Js
D1 = lg -------------- D = lg --------
J1 + Jc J
Eritmaga tushayotgan sochilgan nurning intensivligi teshikning kattaligiga bevosita bog‘liq. Eritmaga tushishdan oldin nurni maxsus svetofiltrlardan o‘tkazish uning sochilish ta’siri kamaytiradi.
YUtilish qonunlaridan chetga chiqishga, bulardan tashqari kimyoviy jarayonlar ham ta’sir ko‘rsatadi. Dissotsiatsiya, assotsiatsiya, gidroliz, solvoliz, komplekslanish, oraliq moddalar hosil bo‘lishi, tautomer o‘zgarishlar, o‘zaro ta’sir (eritmadagi moddalar, erituvchi va boshqalar) yoki boshqa kimyoviy o‘zgarishlar natijasida tekshiriladigan moddaning konsentratsiyasi o‘zgaradi, bu esa optik zichlikning egri chiziqli o‘zgarishiga olib keladi. Misol qilib dixromat ionining muvozanatini qarab chiqsak:
Cr2O7-2 + H2O --> 2HCrO4 2CrO4-2 + 2H+
Qator to‘lqin uzunliklarda dixromat, gidroxromat va xromat ionlarning molyar yutish koeffitsentlari turlicha. Bundan tashqari, instrumental sababalar va sistemaning sindirish ko‘rsatkichi ta’siri va boshqalar oqibatida ham qonundan chetga chiqishlar kuzatiladi. Shularning barchasini hisobga olib, tekshirishlar muayyoyan optimal sharoitda, konsentratsiyaning tegishli oralig‘i va kyuvetaning, muayyan qalaniligida o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |