haroratga bog’liqligi jadvali
X — 1 ml eritmadagi glukozaning grammlardagi miqdori;
n — eritmaning nur sindirish ko’rsatkichi;
n0 — tozalangan suvning nur sindirish ko’rsatkichi; 0,00142 — glukozaning refraktometrik omili.
Tozalangan suv nur sindirish ko’rsatkichining
15
|
1,33339
|
28
|
1,33217
|
16
|
1,33331
|
29
|
1,33206
|
17
|
1,33324
|
30
|
1,33194
|
18
|
1,33316
|
31
|
1,33182
|
19
|
1,33307
|
32
|
1,33170
|
20
|
1,33299
|
33
|
1,33157
|
21
|
1,33290
|
34
|
1,33144
|
22
|
1,33280
|
35
|
1,33131
|
23
|
1,33271
|
36
|
1,33117
|
24
|
1,33261
|
37
|
1,33104
|
25
|
1,33250
|
38
|
1,33090
|
26
|
1,33240
|
39
|
1,33075
|
27
|
1,33229
|
40
|
1,33061
|
Davlat farmakopeyasiga optik usullardan refraktometriya usuli ham kiritilgan bo’lib, bu usul nazorat analitik laboratoriyalarida, dorixonalarda, dori-darmonlar sifatini nazorat qilishda keng qo’llaniladi. Refraktmetriya usulidan dori moddalarning chinligi, tozaligi va ularning eritmadagi konsentratsiyasini tahlil qilishda foydalaniladi. Berilgan to’lqin uzunlikda tiniq va toza har qanday suyuqlik, eritma, kristall faqat o’ziga xos qiymatiga ega bo’lgani uchun mazkur qiymat tahlil etiluvchi moddaning chinligini aniqlashda ishlatiladi.
MA`RUZA. FOTOMETRIYA, NAZARIY ASOSLARI, KOLORIMETRIYA VA FOTOKOLORIMETRIYA. FOTOMETRIYA QONUNLARI.
Ma'ruza rejasi:
l.Fotometriyaning nazariy asoslari. 2.Buger-Lambert Ber qonuni
Fotometriya usulining qo‘llanish doirasi va afzalliklari.
Optik zichlikni additivlik qonuni
Asosiy qonundan chetlanish.
Tayanch so’z va iboralar: Fotometriya,Buger Lambert Ber qonuni, Elektromagnit nurlanish,
Fotometrik usullarga tekshiriluvchi eritma tomonidan nurning yutilishiga — absorbsiyasiga asoslangan fotoelektrokolorimetrik va spektrofotometrik usullar kiradi. Bu usullar elektromagnit nurlanishning tanlab yutilishiga asoslangan bo’lib, bunda molekuladagi yoki iondagi elektronlar holati asosiy ahamiyat kasb etadi.
Har qanday modda tebranish soni (chastotasi) ma’lum bir qiymatga ega bo’lgan elektromagnit nurni yutadi. Elektromagnit nurlanish to’lqin va korpuskular xossalarga ega bo’lib, rurlanish va yutilish jarayonlari kvantlar tarzida amalga oshadi:
formulada:
E hv h c
ΔE — nurlanish energiyasining yutilish jarayonidagi o’zgarishi;
h — Plank doimiysi (6,5- 10-27 erg/s);
v — tebranish soni (chastota);
c — nurning bo’shliqdagi tezligi (3*10in sm/s);
λ —to’lqin uzunligi.
Tebranish soni gerslar bilan, to’lqin uzunligi esa sm, mkm (10-6m), nm (10-9m) va angestremlar (1A = 10- 10m) bilan ifodalanadi.
Ba’zan nurlanish to’lqin soni bilan ham tavsiflanadi:
v' 1
1 v c
v' nurning 1 sm iga to’g’ri kelgan to’lqin soni bo’lib, sm -1 larda ifodalanadi. Monoxromatik nurning modda tomonidan yutilish intensivligini nur yutilishining birlashgan qonuni — Buger-Lambert-Ber qonuni orqali tushuntiriladi.
Monoxromatik nur modda (yoki uning eritmasi)ga yo’naltirilganda uning bir qismi kyuveta devorlaridan qaytib, ikkinchi qismi yutilib, uchinchi qismi esa kyuvetadan o’tadi. Agar monoxromatik nurning dast- labki intensivligini J0, kyuvetadan qaytgan nur intensivligini Jk, modda tomonidan yutilgan nur intensivligini Jyu va eritmadan o’tgan nur intensivligini J bilan belgilasak, J0= Jk+ Jyu + J bo’ladi.
Fotometrik usullarda solishtiriluvchi va tekshiriluvchi eritmalar solingan kyuvetalar bir xil bo’lganligi uchun Jk ni e’tiborga olmasak, J0 =Jyu +J bo’lib, yutilgan nur intensivligi Buger-Lambert-Ber qonuni orqali aniqlanadi:
lg J0
J
K C l,
lg J0 D J
D K C l
1sm
formulalarda:
D E1% C l
D C l
J0 — nurning dastlabki intensivligi;
J — eritmadan o’tgan nur intensivligi;
k — yutilish ko’rsatkichi;
D — eritmaning optik zichligi;
E
1%
1sm
— solishtirma yutilish ko’rsatkichi;
ε — molyar yutilish ko’rsatkichi yoki ekstinksiya koeffitsienti;
l — eritma qatlamining qalinligi;
c — eritmaning konsentratsiyasi.
Nur yutilishining birlashgan qonuni Buger-Lambert va Ber qonunlari asosida keltirib chiqariladi.
Buger-Lambert qonuni numing yutilishini yutuvchi eritmaning qatlam qalinligiga bog’liqligini ifodalaydi.
k — yutilish ko’rsatkichi.
J 10 k v
J0
lg J0
J
k v
Ber qonuni esa nurning yutilishini eritma konsentratsiyasi bilan bog’laydi.
k = k· c
k — konsentratsiyasi birga teng bo’lgan eritmaning yutilish ko’rsatkichi.
J0 10k v ;
J
J0 10kcv (lg);
J
lg J0
J
k C v lg10;
lg10 1
lg J0
J
k C v(1)
lg J0
J
k C v;
lg J0 D
J
D k C v
Nur yutilishining birlashgan qonuniga ko’ra, eritmaning optik zichligi yutilish ko’rsatkichiga, eritma konsentratsiyasiga va qatlam qalinligiga to’g’ri proporsional.
Fotokolorimetrik va spektrofotometrik usullarning o’xshashlik va farq qiladigan tomonlari quyidagilardan iborat:
O’xshashligi:
Bu ikkala usul ham absorbsion, ya’ni nur yutilish usullari qatoriga kiradi.
Bu ikkala usul ham elektron energiyani yutib to’yingan orbitaldan to’yinmagan orbitalga o’tishiga asoslangan.
Farqi:
Fotokolorimetrik usul rangli eritmalar tomonidan nomonoxromatik ko’zga ko’rinadigan nurning yutilishiga, spektrofotometrik usul esa rangli va rangsiz eritmalar tomonidan ko’zga ko’rinadigan va ultrabinafsha monoxromatik nurning yutilishiga asoslangan.
Fotokolorimetrik va spektrofotometrik usullardan dori vositalarining chinligini, tozaligini va miqdorini aniqlashda foydalanish mumkin.
Fotometriya usuli moddalar sifati va miqdorini aniqlashda, moddalar eritmalarini nur yutish qobilyatlariga asoslanadi.
Har qanday modda eritmalari o‘ziga nur yutish va qaytarish xususiyatga ega.
Nurlar ma’lum to‘lqin uzunligidagi tebranishlarga ega bo‘ladi. To‘lqin tebranishining har bir chastotasini masofasi to‘lqin uzunligi deyiladi.
Uzunlik km, m, sm, mm, mmk o‘lchamlari bilan quyidagicha belgilanadi (millimikron yoki nm 1nm=10-
9m).
10-5 – 6∙10-3 mmk – gamma nurlar 6∙10-3 – 2 mmk – rengen nurlari
2 mmk – 18 mmk – UB vakuum nurlari
185 – 275 – UB nurlanishning uzoq diapazoni
275 – 320 mmk - UB nurlanishning o‘rtacha diapazoni
320 – 400 mmk - UB nurlanishning yaqin diapazoni
400 - 760 mmk – ko‘rinadigan yorug‘lik nurlari 760 mmk – 1 mm – infraqizil nurlar
1 mm – 10 m – ultra qisqa radioto‘lqinlar 10 m – 100m – qisqa radioto‘lqinlar
100 m – 1000m - o‘rtacha radioto‘lqinlar 1000 m- 10.000 - uzun radioto‘lqinlar
10.000 - o‘ta uzun radioto‘lqinlar
Bu usul absorbsiometriya, fotometriya, spektrofotometriya, spektrokolorimetriya, ba’zi xollarda kolorimetriya deb ham ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |