Sorbsion massa tayyorlash va plastinkalarga o‘tkazish.
Silikagelli (kraxmalli) plastinkalar tayyorlash SHSK yoki KSK-2 markali silikagel sorbsion massasi tayyorlash uchun 40 g silikagelga 1 g eruvchan kraxmal qo‘shib yaxshilab xavonchada aralashtirilgach 1:2 nisbatda suv qo‘shib bir xil massa hosil bo‘lguncha aralashtiriladi. Massa 10ta 9x20 sm plastinka yuzasiga mo‘ljallangan bo‘lib, xar bir plastinkaga barobar bir xilda taqsimlanadi, yupqa silliq qatlam xosil qilinadi,quritiladi,aktivlanadi va saqlanadi.
Gipsli silikagelli plastinka tayyorlash uchun 9 - 12 sm li bo‘lgan 10 plastinkaga 35 g silikagel KSK, 2 g gips va 90 ml distillangan suvdan foydalaniladi. Gips va silikagelni chinni tovoqchada yaxshilab aralashtirilgach suv qo‘shiladi va bir xil massa hosil bo‘lguncha aralashtiriladi, so‘ngra plastinkalar yuzasiga o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |