Laboratoriya jihozlari : Maxsus laboratoriya vositalari bilan jixozlangan xona
Yupqa qatlam xromatografiyasida qo‘llaniladigan sorbentlar, ularga qo‘yiladigan talablar, sorbentlarni yot qo‘shimchalardan tozalash, ularni aktivlik darajalarini oshirish va aktivligini aniqlash sharoitlarini taxlil qilish.
Plastinkalarni sorbent o‘tkazish uchun tayyorlash.
Yopishtirilmagan yupqa qatlamli plastinkalarni tayyorlash, uni qulayliklari va kamchiliklari bilan tanishtirish.
Yopishtirilgan plastinkalar tayyorlash uchun sorbentga qo‘shilishi mumkin bo‘lgan biriktiruvchi moddalar, ularni tozalash va tayyorlashni o‘zlashtirish.
Yopishtirilgan plastinkalar tayyorlash uchun sorbent, yopishtiruvchi aralashmasi va suv tarkibli massa tayyorlab uni, plastinka yuzasiga o‘tkazish, tekislash, quritish, aktivlash va saqlashni o‘zlashtirish.
Sorbentlar
Aralashma moddalarning yupqa qatlam xromatografiya (YUQX) usuli bilan ajratib olishni asosiy faktorlaridan biri sorbentlarning to‘g‘ri tanlashdir. Sorbent adsorbsiyani, ion almashinishini, qo‘zg‘aluvchi fazani xarakatlanishini ta’minlashi va molekulyar elak vazifasini bajarishi mumkin. Xromatografik jarayonni qo‘yilgan talabga qarab, mos sorbent tanlanadi.
Amaliyotda sorbentlarni tanlashda ularda ajraladigan moddalar xarakteriga ahamiyat beriladi. Avvaliga xromatografik ajraladigan moddaning erituvchilarda eruvchanlik xususiyati aniqlanadi. ya’ni moddaning gidrofil yoki gidrofob xossalariga e’tibor beriladi, xamda funksional guruxlarning tabiatiga axamiyat beriladi.
Shundan keyin ularni kislotali, neytral va amfoterli xususiyatiga egaligi aniqlanadi. Nihoyat sorbent modda bilan kimyoviy bog‘ hosil qilaolishi va sorbent xamda bog‘lovchi materiallar ta’sirida kimyoviy bog‘larning o‘zgarishi tekshiriladi.
YUQX usulida sorbent sifatida silikagel, alyuminiy oksidi, sellyuloza yoki turli xil yuqori adsorbsion xususiyatga va past sig‘imga ega bo‘lgan bosh adsorbent moddalar olinadi.
Adsorbsion YUQX si uchun barcha ma’lum bo‘lgan silikagel markalaridan eng yaxshisi KSK hisoblanadi. Bu marka plastinkada mustahkam yopishqoq qavat hosil qiladi. Talab bo‘yicha chegaralangan yuzasi 338-650 m2/g, hajmi 1,19 - 0,76 sm3 /g bo‘lishi kerak. YUQX uchun zarrachalarning o‘lchami 0,1-0,07mm bo‘lishi kerak. Plastinkaga o‘tkazish uchun silikagel suvda, etil spirtida yoki boshqa maxsus tarkibli suyuqlikda 1:2 nisbatda aralashtiriladi. Plastinkadagi qatlam qalinligi 250mmk bo‘lishi talab qilinadi
Do'stlaringiz bilan baham: |