Laboratoriya jihozlari : Maxsus laboratoriya vositalari bilan jixozlangan xona
MASHG‘ULOTNING QISQACHA MAZMUNI
Nur modda eritmasi tomonidan yutilganda molekula turli o‘zgarishlarga uchrashi mumkin. Bu o‘zgarishlarning xususiyati nurning tabiatiga va moddaning kimyoviy tuzilishiga bog‘liq. Ultrabinafsha va ko‘zga ko‘rinadigan nurlar ta’sirida molekula atomlaridagi valent elektronlarning energetik holati o‘zgaradi (UB- va elektron spektrlar), radioto‘lqinlar esa yadro va elektron spinlarning energetik holatini o‘zgartiradi (YAMR-spektr, PMR-spektr, EPR-spektr).
Elektron singari atom yadrosi ham harakatlanadi va bunda ma’lum harakat qiymatga (J) ega. Agar yadrodagi protonlar soni toq bo‘lsa, harakatlanganda ma’lum magnit holatiga ega bo‘ladi (). ning qiymati qat’iy kattalikka ega. Vodorod yadrosining harakat qiymati J=1/2; magnit holati =1/2. Agar
u yoki bu moddani kuchli magnit maydoniga joylashtirilsa, uning tarkibidagi protonlar harakati o‘qining yo‘nalishi o‘zgaradi va bu harakat o‘qi maydon magnit kuch chiziqlariga parallel bo‘ladi.
Bunda kuch chiziqlari ikki variant bo‘yicha joylashishi mumkin:
– variant – magnit maydoni yo‘nalishida
– variant – magnit maydoniga teskari yo‘nalishda
Agar magnit kuch chiziqlari yo‘nalishiga perpendikulyar magnit maydoni joylashtirilsa va chastotasi o‘zgartirib borilsa, tashqi magnit maydonning chastotasi, proton magnit maydonining chastotasi bilan tenglashtirilganda rezonans hodisasi kuzatiladi, bunda yadro aylanish o‘qi boshqacha yo‘nalish oladi (pereorientatsiya). Bunday magnit maydoni kuch chiziqlarining o‘zgarishi yadro tomonidan energiyaning yutilishiga sabab bo‘lib, YAMR-spektroskopiyasining asosini tashkil etadi.
YAMR-spektri signallar majmuasi bo‘lib, yadrolarning energetik sathlari orasida o‘zgarishlar natijasida hosil bo‘ladi.
YAMR-spektr to‘rtta kattalik (parametr) bilan tavsiflanadi:
Kimyoviy siljish (sdvig) yoki signal
Signalning bo‘linganligi yoki multipletliligi
Spin-spin ta’sirlashuv doimiysi (konstantasi) J
Rezonans signalining yuzasi (maydoni)
Kimyoviy siljish (-delta) yoki (-tau) spektrdagi signalning o‘rnini belgilab, ayni yadroning yoki yadrolarning kimyoviy qurshoviga bog‘liq.
Kimyoviy siljish millionning ulushlarida ifodalanib, etalon birikmaning rezonans signaliga nisbatan o‘lchanadi.
(Ne N )
N0 - qiymat tashqi maydon kuchlanishiga bog‘liq bo‘lmay, proton turini xarakterlaydi va 106 –
million ulushlarida o‘lchanadi.
Bu formulada:
N Ne
N0
10 6
e
0
10 6
N – rezonans kuzatiladigan maydon kuchlanganligi
Ne – etalon rezonansi kuzatiladigan maydon kuchlanganligi
N0 – asosiy tashqi maydon kuchlanganligi
0 – ish chastotasi
– protonning rezonans chastotasi
e – etalon protonlarning rezonans chastotasi
Spektrometrning ish chastotasi 60 MGs bo‘lsa, 1 m.u=60 gs, 100MGs bo‘lsa 1 m.u=100 gs bo‘ladi.
Dori moddalarning organik erituvchilardagi eritmalarini YAMR-spektrini olish uchun xalqaro etalon TMS-tetrametilensilan qabul qilingan – (CH3)4Si.
Do'stlaringiz bilan baham: |