Kapillyar kondensatsiyasi
Modda porlarining qattiq sorbent g‘ovakchalarida surilishi va suyuq faza hosil bo‘lishi. Ravshanki, kapillyar kondensiyasi faqat g‘avakchalar mavjud bo‘lganda va gazlar uchun kritik haroratdan past sharoitda kuzatilishi mumkin.
Yuqorida keltirilgan sorbsiya turlari hech qaysisi sof ko‘rinishda uchramaydi. Ko‘pincha ikki yoki undan ko‘p turlari birgalikda uchraydi. Adsorbsiya-xemosorbsiyani va kapillyar kondensatsiyaning birinchi pog‘anasidir, adsorbsiya – gazni suyuqlikni shimilishi jarayonini kimyoviy reaksiyalar bilan birga kechishi mumkin.
Qattiq moddaning yuzasidagi xossalari moddaning ichki (metall bo‘lagi ichidagi, plasmassa, shisha, kristall ichidagi) xossalaridan farq qiladi. Jumladan, qo‘rg‘oshinning hozirgina kesilgan bo‘lagi vaqt o‘tishi bilan qarayadi, oksidlar bilan qaplanadi – asta sekin kechadigan sorbsiya. Kaliy va natriy metallarining tashqi ko‘rinishi kesilgan vaqtdayoq o‘zgaradi – tez sorbsiyalanish jarayoni.
Agarda shisha yoki kristallining katta bo‘laklarini germatik yopiq tegirmonda maydalansa, undagi bosm pasayadi, chunki havo yangi hosil bo‘lgan yuzalarga shimiladi. Ana shunda yuza ta’sir kuchlari harakatga keladi.
Sorbent yuzasida gaz molekulalari qancha uzoq tursa adsorbsiya shuncha ko‘p bo‘ladi.
Agar yuzaga kelayotgan modda ajralayotgandan ko‘p bo‘lsa, adsorbsiya kuchayadi. Agarda ular teng bo‘lsa, adsorbsion tenglik holati vujudga keladi. Gaz uonsentratsiyasi ortishi bilan adsorbsiyaning ko‘payishi Lengmyur tenglamasi bilan ifodalanadi.
WCL
A =
WC
A – adsorbsiyalanish xossasi
LW – sorbentga gazni shimilish xususiyati. C – gazni konsentratsiyasi.
Kichik o‘lchamlarda adsorbsion jarayon to‘g‘ri proporsiyaga ega katta o‘lchamlarda u o‘zgarmaydi. SHimilayotgan gazni konsentratsiyasi bilan adsorbsiyaning bog‘liqligini ko‘rsatuvchi barqaror bosim va adsorbsion tengdan hosil bo‘lgan, egri chiziqni adsorbsiya izotermasi deyiladi. Har bir adsorbentning o‘ziga xos izotermasi bo‘ladi, uni sorbentlarning adsorbsion xususiyatini belgilovchi asosiy xossasi deb tushiniladi.
Ikkita sorbent xususiyatlarini bir-biri bilan taqqoslab ularni adsorbsion xususiyatlari haqida xulosa qilish mumkin. Masalan: A – sorbent, V – sorbentdan sifat bo‘yicha yomonroq, chunki bir xil bosimda u 3 marta kam gaz shimadi.
Sorbentning adsorbsion xususiyati hajmiy va og‘irlik usullari yordamida aniqlanadi va tahlil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |