4-rasm. O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini amalga oshirish bosqichlari9 Xususiylashtirishning birinchi bosqichida davlat xalq xo’jaligining iqtisodiy jihatdan samarasiz bo’lgan, biroq butun mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotida muhim rol o’ynaydigan ayrim sektotlarini, ayrim korxonalarni saqlab turishni va mablag’ bilan ta’minlash vazifalarini o’z zimmasiga oldi.
Iqtisodiy islohotlami amalga oshirishning birinchi bosqichi natijasida kichik xususiylashtirish amalda tugallandi, davlat mulkini boshqarish va uni mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish uchun kerak bo’lgan muassasalar tizimi vujudga keltirildi.
Savdo, aholiga maishiy xizmat ko’rsatish, mahalliy sanoat korxonalari xususiy va jamoa mulki qilib berildi. Natijada 1997 yilda savdo-sotiq hajmi va umumiy ovqatlanish yalpi mahsulotining 95 foizdan ortiqrog’i davlatga qarashli bo’lmagan sektorga to’g’ri keldi. Uy-joylarni xususiylashtirish jarayonida ilgari davlat ixtiyorida bo’lgan bir milliondan ortiq kvartira yoki davlat uy-joy fondining 95 foizdan ortiqrog’i fuqarolarning xususiy mulki bo’lib qoldi.
Davlat ijtimoiy dasturida belgilab berilgan ikkinchi bosqich 1994-1995 yillarga to’g’ri keldi. Bu bosqichda ko’plab o’rta va yirik korxonalar hissadorlik jamiyatlariga aylantirildi hamda ularning aksiyalari respublika qimmatbaho qog’ozlar bozorining asosini tashkil etdi. Davlat mulki hissadorlikka aylantirilishi bilan bir qatorda kichik xususiy biznes korxonalari qizg’in tashkil qilindi.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarishning va xususiylashtirishning bu bosqichda ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlarini vujudga keltirish, davlat mulkini tanlov asosida hamda kim oshdi savdosida sotish amaliyotga joriy qilindi. Ko’chmas mulk va qimmatli qog’ozlar bozorining yangi muassasalari barpo etildi.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan keladigan samara ikki yoqlama tavsifga ega. Bir tomondan, u aholining bo’sh turgan mablag’larini o’ziga jalb qilib, ularning bozorga taziqini pasaytiradi. Ikkinchi tomondan, yangi mablag’larni ishlab chiqarishga jalb etish va tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasida raqobatni yuzaga keltirish uchun sharoit yaratadi. Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki, xususiylashtirish iqtisodiyotning davlatga qarashli bo’lmagan sektorini shakllantirishning yagona yo’li emas. Tashabbuskorlik asosida yakka tartibdagi xususiy mulkchilikka asoslangan, shuningdek, turli xil kooperativlar, shirkatlar, ma’suliyati cheklangan jamiyatlar ko’rinishidagi kichik va o’rta korxonalarni tashkil qilish - ikkinchi qudratli jarayon hisoblanadi.
Respublika iqtisodiyoti 1996 yildan boshlab mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning uchinchi bosqichiga kirdi. Bu bosqich davrida (1996-1998 yillar) xususiylashtirilmaydigan ob’yektlar ro’yxatiga kirmagan barcha ob’yekt va korxonalar (jami 3146 ta) davlat tasarrufidan chiqarildi.
Xususiyiashtirish jarayonlarining to’rtinchi bosqichi (1998-2002 yillar) ning asosiy vazifalari sifatida davlat byudjetiga xususiylashtirishdan tushgan mablag’larni yo’naltirish, xususiylashtirilgan korxonalarga xorijiy investisiyalarni
jalb etish, boshqaruv samaradorligini oshirish va mulkchilikning yangi munosabatlarini to’laqonli amal qilishi uchun sharoitlar yaratish tadbirlarini amalga oshirish belgilandi.
O’zbekistonda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiyiashtirish jarayonlarining so’nggi-beshinchi bosqichi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 24 yanvardagi «O’zbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmoni bilan bog’liq. Iqtisodiy nochor davlat korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiyiashtirish jarayonini jadallashtirish, shuningdek, mazkur korxonalarni modernizasiyalash va barqaror rivojlantirish uchun to’g’ridan-to’g’ri investisiyalarni jalb etish maqsadida xususiylashtirilgan ob’yektlarga narx belgilashning samarali mexanizmi joriy etildi. Xususan, xususiylashtirilgan korxonalar davlat aktivlarining boshlang’ich narxlarini sekin-asta pasaytirib borish hamda davlat, iqtisodiy nochor korxonalarni va past likvidli ob’yektlarni nol darajadagi xarid qiymati bo’yicha tanlov asosida investisiya majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan investorlarga sotish tartiblari tasdiqlandi.
Keyingi yillarda mamlakatimizdagi xususiylashtirish jarayonlarida xorijiy investorlarning ishtirokiga katta e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, 2005 yilning 11 aprelida qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «To’g’ridan- to’g’ri xususiy xorijiy investisiyalarni jalb etishni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi Farmoni buning yaqqol dalilidir. Mazkur Farmonga binoan, 2005 yilning 1 iyulidan boshlab to’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investisiyalarni jalb etadigan korxonalar quyidagi soliq va majburiy ajratmalarni to’lashdan ozod etiladi:
-asosiy faoliyati bo’yicha daromad (foyda) solig’i;
-mulk solig’i;
-obodonlashtirish solig’i;
ekologiya solig’i;
mikrofirma va kichik korxonalar uchun belgilangan yagona soliq;
Respublika yo’l jamg’armasiga ajratma.
Xorijiy investisiyalar uchun bunday imtiyozlarning belgilanishi, shubhasiz, yaqin yillar davomida mamlakatimizdagi mulkni davlat tasarrufidan chiqarish hamda xususiyiashtirish jarayonlarida ular ishtirokining yanada kengayishi va buning natijasida, mazkur jarayonlar samaradorligining sezilarli darajada oshishiga olib keladi.
Respublikada xususiylashtirishning adresli yo’naltirilganligi uning navbatdagi xususiyatidir. Bu aholining barcha qatlamlariga mazkur jarayonda aniqroq va natijaliroq qatnashishi imkonini beradi. Xususiylashtirishning adresli yo’naltirilganligi uy-joylarning o’z egalariga imtiyozli yoki bepul berilishida, aholining ko’proq muhtoj va zaif qatlamlarini qo’llab-quvvatlashning turli xil dasturlari byudjet mablag’lari hisobiga qoplanishida, qishloq aholisi o’z yordamchi xo’jaligi uchun chek yerlar olishi kabilarda ifodalanadi.
O’zbekistonda xususiylashtirishning to’lovliligi uning navbatdagi muhim xususiyatidir. Pulni to’lash orqali davlat tasarrufidagi korxona va ob’yektlarni xususiylashtirishda mulkni bepul taqsimlash bilan bog’liq salbiy holatlar bartaraf etilishi bilan birga qator muammolarni hal qilish imkoniyati yaratiladi. Bulardan asosiysi, avvalo, tadbirkorlikni, xususiylashtirilgan korxonalarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashning moliyaviy manbalari paydo bo’ladi, bozor infrastrukturasini barpo etish uchun resurslar vujudga keladi va aholini ijtimoiy muhofazalash dasturini ro’yobga chiqarish uchun mablag’lar jamlanadi.
Davlat mol-mulkini yangi mulkdorlarga sotish yo’li orqali ularning mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirilishi bilan birga xususiylashtirishdan olinadigan mablag’lar shu korxonaning o’zini qo’llab-quvvatlashga, yangi raqobatlashuvchi korxonalar barpo etishga ham sarflanadi.
Navbatdagi muhim xususiyat - respublikada mulkni davlat tasarrufidan chiqarish chog’ida aholi uchun kuchli ijtimoiy kafolatlar yaratildi va ta’minlandi. Ijtimoiy kafolatlar bir butun imtiyozlar tizimi orqali yaratildi. Bular xususiylashtirilayotgan korxona mehnat jamoasiga aksiyalarni imtiyozli shartlar bilan sotish, yangi mulkdorga eskirgan asosiy fondlar hamda ijtimoiy infrastruktura ob’yektlarini bepul topshirish, davlat korxonalarining mol-mulki, fermalar, bog’lar va shu kabilarni imtiyozli shartlar asosida xususiyiashtirish, hamda soliq to’lashda ayrim imtiyozlar berish kabilardir.
Ijtimoiy kafolatlar iste’mol savatining eng kam miqdorini kuzatib borish, eng kam ish haqini, daromad solig’ini tartibga solish kabilarni ham o’z ichiga oladi.
Ijtimoiy muhofazalash davlatning barcha mulkdorlar hissadorlar, xususiylashtirilgan uy-joylaming, sotib olingan texnika, avtotransport vositalarining, yer maydonlari, xususiylashtirilgan fermalar va boshqa vositalarning egalarining huquqlarini himoya qilishda o’z ifodasini topadi.
Respublikada davlat mulkini xususiylashtirishning o’ziga xos boshqa jihatlari Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan bayon qilingan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy qoidalaridan kelib chiqadi. Bular quyidagilar:
davlat mulkini xususiylashtirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning ichki mantiqiga bo’ysundiriladi va ularning asosini tashkil qiladi;
mulkni xususiylashtirish jarayoni davlat tomonidan boshqariladi;
xususiylashtirishni huquqiy-me’yoriy jihatdan ta’minlashda qonunlarga rioya etiladi.
Respublikamizda xususiylashtirish bo’yicha qo’yilgan vazifa, davlat sektori bozor sharoitida ham sezilarli rol o’ynashi inkor qilmaydi. Chunki iqtisodiyotning davlat korxonalari saqlanib qolishi kerak bo’lgan sohalar ham mavjud. Bunday korxonalar uchun ularning bozor sharoitlariga tarkiban moslashuviga imkon beradigan xo’jalik yuritish mexanizmini ishlab chiqish talab qilinadi.
Xulosa O’zbekiston so’ngi yillarda ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan taraqqiy etayotgan va raqobatbardosh mamlakatga aylanmoqda. Zero, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirmasdan, mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqorolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida ko’zda tutilgan maqsadli vazifalarni amalga oshirmasdan turib, kelajakda iqtisodiyotimizni rivojlangan demokratik mamlakatlar darajasiga olib chiqib bo’lmasligi davlatimiz rahbari tomonidan asoslab berilgan edi.
Mamlakatimizda mulkchilik tizimi va mulkchilik munosabatlarini takomillashtirishga hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga e’tibor qaratilib, xususiy mulkning huquq va himoyasi mustahkamlandi. Bugungi kunda har bir tadbirkor biladiki, davlat xususiy mulkdor huquqlarining himoyachisidir.
Xususiylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, haqiqiy mulkdorlar qatlamini shakllantirish, ko’p ukladli iqtisodiyotni vujudga keltirish va unda xususiy mulkning yetakchi o’rin egallashini ta’minlash, xususiylashtirishni amalga oshirish bosqichlarida aholi uchun kuchli ijtimoiy kafolatlarni yaratilishi, mulkni tejab-tergab foydalanadigan, talab va taklif qonuni asosida iste’mol bozorini to’ldira oladigan mulkdorlarga topshirilishi lozimligi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va milliy iqtisodiyotga to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish masalalari ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga molik ekanligi ushbu mavzuda kurs ishining naqadar dolzarb ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi.
Kurs ishining ilmiy yo’nalishi O’zbekistonda mulkchilik tizimi va munosabatlarini takomillashtirish orqali iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish bo’lib, uning maqsadi mamlakatimizda xususiy mulkni shakllantirish borasidagi muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat:
xususiy mulk tushunchasini nodavlat mulkka asoslangan korxonalar tushunchasidan farqini aniqlashtirish;
qonunga muvofiq ravishda iqtisodiyotda xususiy mulkning ustuvorligini amalda ta’minlash yo’nalishlarini takomillashtirish;
xususiy mulkni qo’llab-quvvatlash va daxlsizligini kafolatlash hisobiga ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilash va modernizatsiya qilish;
jahon bozorlariga yangi maxsulotlarni olib chiqishdagi mavjud muammolarni tahlil etib, ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish;
tayyorlanayotgan mahsulotlarning material va energiyani ko’p talab qilishi va avvalo iqtisodiyotning xususiy mulkka asoslangan sektori tarmoqlarining texnologik jihatdan qoloqligini oldini olishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqish.
Kurs ishidan kutilayotgan ilmiy-amaliy natija xususiy mulk va nodavlat mulkka asoslangan korxonalar tushunchalariga nazariy jihatdan aniqlik kiritish, qonunlarimizga muvofiq ravishda iqtisodiyotda xususiy mulkning ustuvorligini amalda ta’minlash. Uni qo’llab-quvvatlash va daxlsizligini kafolatlash orqali xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, biznes yuritish, iqtisodiyotimizga mahalliy va xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish uchun zarur sharoit va qulay muhit yaratish imkoniyatlari tahlil etilib, ijtimoiy sohani rivojlantirish, ish joylarini shakllantirish va aholi bandligi, uy-joylar qurish va aholi punktlarini obodonlashtirish, ta’lim- tarbiya jarayonlari va sog’liqni saqlash tizimini yanada isloh etish va takomillashtirishga yo’naltirish chora tadbirlarini ishlab chiqish zarur.
Demak, O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti hozirgi bozor munosabatlariga o'tish davrida mulkchilik va ko'p ukladlilik xususiyatiga ega hamma qonunga ko'ra fuqarolarga, tashkilotlarga va boshqa mulkdorlarga ularning mulkiy huquqini himoya qilish va ulardan samarali foydalanish uchun teng sharoitlar yaratiladi. Bular O'zbekistonning mavjud barcha potentsialidan foydalanish asosida iqtisodiyotni ko'tarishga ta’sir etuvchi strategik yo'nalish hisoblanadi.