O’zbekistonda mulkchilik tizimining faoliyat mexanizmini belgilovchi me’yoriy-huquqiy bazasi
Bizga ma’lumki, jamiyatda istalgan tizimni faoliyat mexanizmini belgilovchi meyoriy-huquqiy bazasi mavjuddir. Huddi shunday mulkchilik tizimining ham faoliyat muxanizmini belgilovchi va tartibga solib turuvchi me’yoriy-huquqiy bazasi mavjud bo’lib, ya’ni 1990 yil 31 oktyabrda O’zbekiston Respublikasida qabul qilingan “Mulkchilik to’g’risida”gi qonun asosiysi hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasida mulkchilikka doir munosabatlar O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hamda O’zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solib turiladi. Bundan tashqari O’zbekiston Respublikasi Fuqorolik Kodeksi, Baholash faoliyati to’g’risidagi qonunlarning ham tegishli moddalari orqali mulkchilik mexanizni barqaror amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasida ko’rsatilishicha: “Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O’zbekiston qtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin.”
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 54-moddasida ko’rsatilishicha: “Mulkdor mulkiga o’z xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar etkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart.”8
O’zbekiston Respublikasida qabul qilingan “Mulkchilik to’g’risida” gi Qonunning 1-moddasida ta’kidlanganidek:
1. O’zbekiston Respublikasida mulkiy huquq tan olinadi va qonun bilan muhofaza etiladi.
Mulkdor o’ziga tegishli mol-mulkka o’z ixtiyoriga ko’ra egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi.
Mulkdor o’z mol-mulkiga nisbatan qonunga zid bo’lmagan har qanday xatti- harakatlarni qilishga haqlidir. U mulkdan qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan har qanday xo’jalik yoki boshqa faoliyatni amalga oshirishda foydalanishi mumkin.
Mulkdor o’ziga qarashli mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf qilish huquqini boshqa shaxslarga berishga faqat o’zi haqlidir. O’zbekiston Respublikasi qonunlarida ko’zda tutilgan hollarda, mulkdorning zimmasiga boshqa shaxslarning uning mulkidan cheklangan tarzda foydalanishiga yo’l qo’yish vazifasi yuklanishi mumkin.
Mulkdor O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ko’zda tutilgan shartlar va doira chegarasida o’ziga tegishli mulkiy huquqni amalga oshirish paytida fuqarolarning mehnatidan foydalanish to’g’risida ular bilan shartnoma tuzishga haqlidir.
Fuqaroning mehnatidan foydalanishga asos bo’lgan mulkning qay shaklda ekanligidan qatiy nazar, fuqaro O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ijtimoiy-iqtisodiy huquqlar va kafolatlar bilan ta’minlanadi.
Mulkiy huquqning amalga oshirilishi atrof-muhitga zarar etkazmasligi, jismoniy, yuridik shaxslarning va davlatning huquqlarini buzmasligi hamda qonun
1 9
bilan muhofaza qilinadigan manfaatlariga putur yetkazmasligi kerak.
O’zbekiston Respublikasida qabul qilingan “Mulkchilik to’g’risida”gi qonunning 5-moddasida ko’rsatilishicha, O’zbekiston Respublikasida mulk quyidagi shakllarga bo’linadi:
-fuqarolarning shaxsiy va xususiy mulki;
-jamoa mulki, shu jumladan oilaviy, mahalla, kooperativ mulk, ijaraga olingan korxona mulki, aksiyadorlar jamiyati, davlat korxonasi jamoasining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlarning mulki, turli xo’jalik birlashmalari va uyushmalari mulki, yuridik shaxs hisoblangan boshqa jamoalar mulki;
-davlat mulki;
-aralash mulk;
-qo’shma korxonalar, ajnabiy fuqarolar, tashkilotlar va davlat, shuningdek ajnabiy yuridik shaxslar mulki shaklida yuzaga chiqadi.
O’zbekiston Respublikasida mulkning hamma shakllari teng huquqlidir.
Shaxsiy mulk - individual o’zlashtirishni bildiradi, ammo xususiy mulkdan farqliroq daromad topishga xizmat qilmaydi, balki shaxsiy extiyojni qondirishga qaratiladi.
Xususiy va shaxsiy mulk birgalikda fuqarolar mulki deyiladi.
Jamoa mulki- boylikning muayyan maqsad yo’lida ayrim jamoalarga birlashgan kishilar tomonidan birgalikda o’zlashtirilishidir.
Jamoa mulkining avfzalligi shuki, bu mulk ishlab chiqaruvchining o’zini mulkdor qiladi. Bu yerda mulk egalari va ishlovchilar aynan bir kishilardir, shu sababli ishlab chiqarish omillari tog’ridan- to’g’ri birikadi.
Davlat mulkining paydo bo’lishini rivojlanishi quyidagilar hisobidan bo’ladi:
mulkni davlat mulkiga aylantirilishi;
davlat mablag’i hisobidan korxonalar qurilishi;
jamiyatda yaratilgan, ammo boshqa mulklarga taalluqli daromadlarning bir qismining soliq undirishi orqali davlat byudjetiga olinishi.
Aralash mulk muayyan bir ob’ektning turli mulkdorlar ishtirokida o’zlashtirishini bildiradi.
O’zbekiston Respublikasida mulkchilik tizimi va undagi munosabatlar, bozor infratuzilmasi, baholash va rieltorlik faoliyatlari rivojiga ham katta ahamiyat berilgan. Masalan “O’zbekiston Respublikasi 2009-2015-yillar davrida baholash faoliyatini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari” nomli dastur choralari hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24 apreldagi “Baholovchi tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish va ko’rsatilayotgan xizmatlar sifatini va ularning mas’uliyatini oshirish to’g’risida”gi № 843-sonli Qarori talablariga mos ravishda ishlab chiqilib amalga oshiriliyotgani fikrimizning yaqqol isboti desak mubolag’a bo’lmaydi.
Mulkchilik jamiyatdagi ham huquqiy, ham iqtisodiy munosabatlar mazmunini o’zida ifodalaydi. Mulkchilikning huquqiy va iqtisodiy mazmuni o’zaro bog’liq va
bir-birini taqozo qiladi, shu sababli mulkchilik bir vaqtda ham iqtisodiy, ham huquqiy kategoriya hisoblanadi. Bu birlikda, yuqorida ko’rsatilganidek, hal qiluvchi ro’lni mulkchilikning iqtisodiy tomoni egallaydi. Agar mulk iqtisodiy jihatdan ro’yobga chiqarilmasa, ya’ni ishlab chiqarishda foydalanilmasa yoki mulk egasiga daromad keltirmasa, bunda u “huquqiy” kategoriya sifatida qoladi.
Mulkchilik xo’jalik va tadbirkorlik faoliyatining turli shakllari orqali iqtisodiy jihatdan ro’yobga chiqariladi.
Boshqa tomondan, mulkchilikning huquqiy jihati uning iqtisodiy tomoniga nisbatan faqat bo’ysunuvchi rol o’ynamaydi. Bu shunda ko’rinadiki, ishlab chiqarish vositalariga ma’lum huquqiy egalik qilmasdan, hech kim ishlab chiqarish jarayonini amalga oshira olmaydi, ishlab chiqarish vositalari va ishlab chiqarilgan mahsulotdan foydalana olmaydi. Shu sababli mulkchilikning huquqiy normalari egalik qilish, tasarruf etish, foydalanish huquqi iqtisodiy munosabatlarning aniqlashtirilgan ko’rinishi hisoblanadi.
Huquqiy normalar, bir tomondan, aynan mulkchilik munosabatlarini muhofaza qilish zarurati bilan bog’liq holda vujudga kelsa, boshqa tomondan u tovar ishlab chiqarish sharoitida mulkchilik munosabatlarini rivojlantirishda g’oyat muhim rol o’ynaydi. Bu rol shunda ko’rinadiki, tovar xo’jaligi sharoitida ayrim ijtimoiy qatlamlar ishlab chiqarish jarayonida qatnashmasdan, ayirboshlash munosabatlarida ishtirok etib (masalan, savdo vositachilari) mulkdorga aylanish imkoniyati paydo bo’ladi.
Shunday qilib, mulkchilikning huquqiy normalari, birinchidan, ishlab chiqarish vositalari va yaratilgan moddiy ne’matlarning muayyan shaxslarga (huquqiy yoki jismoniy) tegishli ekanligini, ikkinchidan, mulk egalarining qonun bilan qo’riqlanadigan vakolatlarini va nihoyat, uchinchidan mol-mulkni himoya qilish usullarini belgilab beradi.
Mulkchilik shakllarining yana bir ahamiyatlisi bu-qo’shma mulkdir. Qo’shma mulk tufayli jalb etiladigan chet el kapitali yangi texnologiyani olib kirmokda. Chetki kapital asosidagi qo’shma korxonalarning ahamiyati investitsiyani kuchaytirish, milliy iqtisodiyotni bozor munosabatlari asosida shakllantirishda
ortib boradi. Katta mablaglar zaruriyati sharoitida qo’shma mulk orqali chet el kapitalini jalb etish zaruriyatidir.
Korxona mulkini uning mustaqil balansida aks etadigan asosiy fondlari va oborot mablag’lari qiymati va boshqa boyliklar tashkil etadi. Korxona to’g’risidagi qonuniy hujjatlarga ko’ra quyidagilar korxona mol-mulkini tashkil etuvchi manba’lardir:
ta’sis etuvchilarning pul va moddiy badallari;
mahsulot, ishlar, xizmatlarni realizatsiya qilishdan, shuningdek xo’jalik faoliyatining boshqa turlaridan olingan daromadlar;
qimmatli qog’ozlardan olinadigan daromadlar;
bank va boshqa qarz beruvchilarning kreditlari;
kapital mablag’ va byudjetdan dotatsiyalar;
tashkilotlar, korxonalar va fuqarolarning tekinga va xayriya maqsadlarida bergan badallari shuningdek meros to’g’risida, ayirboshlash va sovg’a qilish yo’li bilan oladigan daromadlari;
O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan o’zga manba’lar.
Mamlakatda mulkdorlik huquqini, xususiy tadbirkorlar manfaatlarini kafolatlovchi qonunlar, huquqiy me’yorlar, davlat va norasmiy tashkilotlar hamda muassasalar tizimlari vujudga keltirilganligi va ularning samarali faoliyat kursatayotganligi natijasida, 1997 yili nodavlat sektorining ulushi sanoatda 51 foizga, qishloq xo’jaligida 98 foizga yetdi, ishlovchsilarning 70 foizi xususiylashtirilgan iqtisodiyot hissasiga to’g’ri keldi. Ishlab chiqarish, savdo- tijorat, vositachilik, hunarmandchilik, moliya-bank, turizmda, erkin ijodiy faoliyatda mashg’ul xususiy soxibkorlar va tadbirkorlar mustakil O’zbekistonda shakllanayotgan mulkdorlar sinfining ildam o’sayotgan ichki sinfiy qadamlaridir.
Mulkdorlar sinfi tushunchasi eng keng tushunchalardan biridir. Bozor iqtisodiyoti va bozor munosabatlari rivojlanishi jarayonida bu sinfning ichidan tabaqalanib, farqlanib, tafovutlanib borishi muqarrardir. Hozirgi vazifa mulkdorlar sinfining shakllanishiga keng yo’l ochib berishdir. Bu vazifani bajarish- O’zbekistonni ilg’or davlatlar qatoriga olib chiqishda hal kiluvchi omildir.
Mulkdor boshqalarning emas, balki o’zining istagi, roziligi, moyilligi, xohishiga ko’ra o’z mol-mulkiga egalik kiladi. Mulkiy huquqning asosiy yuridik mazmuni unga egalik qilishdan, foydalanishdan, uni tasarruf qilish bilan bog’liq huquqiy vakolatlardan iborat. O’z huquqiy vakolati doirasida mulkdor boshqa mulkdor shaxslarning talabi yoki topshirig’iga binoan emas, balki o’zining xohishiga ko’ra o’z mulkiga egalik qiladi, xohlasa o’zining mazkur huquqiy vakolatini boshqarishga o’tkazishi mumkin. Mulkdor o’z xohishi bilan mulkidan foydalanadi, shuningdek, undan o’ziga zarur bo’lgan foydali daromadlarni undirish uchun ishlatadi.
Mulkdor o’z mulkiga tegishli huquqiy vakolatlarini boshqalarga berishi mumkin. Masalan, mulk egasi sifatida o’ziga tegishli bo’lgan barcha huquqiy vakolatlarni davlat korxonalariga, muassasalariga, jamoat tashkilotlariga yoki ayrim jismoniy shaxslarga o’tkazishi mumkin. Fuqarolar mehnatidan foydalanish uchun qonunda barcha mulk egalariga, jumladan fuqarolarga ham, teng huquq berilgan. Bu qonunda barcha mulk egalariga, jumladan fuqarolarga ham, teng huquq berilgan. Bu qonunda ko’zda tutilgan jiddiy va eng muxim yangiliklardan biridir.
Bozor munosabatlariga o’tish va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish maqsadida, fuqarolar o’ziga tegishli mulkni ko’paytirish uchun boshqa fuqarolarni yollanma mehnatga jalb qilishi mumkin. Fuqaro o’z mulkiy huquqini amalga oshirish uchun tadbirkorlik bilan shug’ullanishi, mulkni ijaraga berishi mumkin. Fuqarolarda o’tmish tuzum so’ndirgan mulkiy mustakillik hissini uyg’otish, tiklash, kengaytirish va mustahkamlash davlatimizning eng dolzarb vazifalaridan biridir.
Respublika bozor iqtisodiyotini birinchi bosqichida mulkni xususiylashtirish
natijasida turli mulkchilikka asoslangan ko’p ukladli iqtisodiyot yaratildiki, shu
asosda iqtisodiyotni ichki tuzilishi o’zgarib, raqobatchilik muhiti zaminida xo’jalik
yuritish usuli barpo etildi. Mamlakat iqtisodiyoti davlat mulki bilan bir qatorda
jamoa, xususiy, aksionerlik, hamkorlikdagi va boshqa turdagi korxonalar tashkil topdi. Davlat o’z navbatida turli mulkchilik korxonalari uchun teng iqtisodiy sharoit yaratish orqali ishlab chiqarishni jonlantirishga erishildi.
Turli mulkchilik iqtisodiyoti mulk egalarini uquvli, ishbilarmon, tadbirkor bo’lishlarini talab qilish bilan kifoyalanib qolmay, balki iste’molchilar va bozor talabini o’rganib, yangi texnika va texnologiya asosida arzon, sifatli tovarlar ishlab chiqarib, bozorni turli mahsulotlar bilan to’ldirishni talab etadi. Prezidentimiz
Karimov ta’kidlaganidek: “Mulkchilik shakllari turiga bo’lgan korxonalar o’rtasidagi rakobatchilik kurashi ularni ishlab chiqarishni boshqarishning ichki tashkiliy tizimlarini takomillashtirishga, texnika bilan qayta qurollantirishga , fan va texnika soxasidagi yangi yutuqlarni qo’llashga moslashishga, kam sarf-xarajat qilgan holda yanada yuqori sifatli va eng arzon narxda maxsulot ishlab chiqarishga undaydi”.
Jahondagi sanoati rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy yuksalishini muhim omillaridan biri turli mulkchilik iqtisodiy xo’jalik tizimini barpo etilgan bo’lsa, uning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omili turli mulk shaklidagi korxonalar o’rtasidagi raqobat kurashi hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksining 1-moddasiga ko’ra:
Fuqarolik qonun hujjatlari ular tomonidan tartibga solinadigan munosabatlar ishtirokchilarining tengligini e’tirof etishga, mulkning daxlsizligiga, shartnomaning erkinligiga, xususiy ishlarga biron-bir kishining o’zboshimchalik bilan aralashishiga yo’l qo’yilmasligiga, fuqarolik huquqlari to’sqinliksiz amalga oshirilishini, buzilgan huquqlar tiklanishini, ularning sud orqali himoya qilinishini ta’minlash zarurligiga asoslanadi.
Fuqarolar (jismoniy shaxslar) va yuridik shaxslar o’z fuqarolik huquqlariga o’z erklariga muvofiq ega bo’ladilar va bu huquqlarini o’z manfaatlarini ko’zlab amalga oshiradilar. Ular shartnoma asosida o’z huquq va burchlarini belgilashda va qonun hujjatlariga zid bo’lmagan har qanday shartnoma shartlarini aniqlashda erkindirlar.
Tovarlar, xizmatlar va moliyaviy mablag’lar O’zbekiston Respublikasining butun hududida erkin harakatda bo’ladi.
Xavfsizlikni ta’minlash, insonlarning hayoti va sog’lig’ini himoya qilish, tabiatni va madaniy boyliklarni muhofaza qilish uchun zarur bo’lsa, tovarlar va
xizmatlar harakatda bo’lishini cheklash qonun hujjatlariga muvofiq joriy etilishi
1 ^
mumkin.
O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksining 2-moddasiga ko’ra:
Fuqarolik qonun hujjatlari fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining huquqiy holatini, mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarning, intellektual faoliyat natijalariga bo’lgan huquqlarning vujudga kelish asoslarini hamda ularni amalga oshirish tartibini belgilaydi, shartnoma majburiyatlari va o’zga majburiyatlarni, shuningdek boshqa mulkiy hamda u bilan bog’liq shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga soladi.
Fuqarolar, yuridik shaxslar va davlat fuqarolik qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlarning ishtirokchilari bo’ladilar.
Agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa, fuqarolik qonun hujjatlarida belgilab qo’yilgan qoidalar chet ellik fuqarolar, fuqaroligi bo’lmagan shaxslar hamda chet ellik yuridik shaxslar ishtirokidagi munosabatlarga qo’llaniladi.
Shaxsiy nomulkiy munosabatlar va mulkiy munosabatlar bilan bog’liq bo’lmagan shaxsiy munosabatlar, agar qonunlarda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa yoki bu munosabatlarning mohiyatidan o’zgacha hol anglashilmasa, fuqarolik qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko’rsatilgan belgilarga javob beradigan oilaviy munosabatlarga, mehnat munosabatlariga va tabiiy resurslardan foydalanish hamda atrof muhitni muhofaza qilish munosabatlariga nisbatan fuqarolik qonun hujjatlari bu munosabatlar maxsus qonunlar bilan tartibga solinmaydigan hollarda qo’llaniladi.
Bir tarafning ikkinchi tarafga ma’muriy bo’ysunishiga asoslangan mulkiy munosabatlarga, shu jumladan soliq, moliyaviy va boshqa ma’muriy munosabatlarga nisbatan fuqarolik qonun hujjatlari qo’llanilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Do'stlaringiz bilan baham: |