Monitorlar
Monitorlar (displeylar) matnli va grafikli (chizmali) axborotlami ekranga chiqaradi. Monitor, xuddi televizor kabi kineskop (elektron-nurli trubka) yordamida tasvimi shakllantiradi.
Monitorlar tasvirni yuqori darajada aniq qilib ko‘rsatadi, u videokontrollerdan tayyor holda Videosignal oladi.
Monitorlar quyidagicha bo‘ladilar:
rangli va monoxromli. Rangli monitorlarda tasvir qizil, yashil va ko‘k rangdagi lyuminoforning yaltiroq nuqtalari bilan aks ettiriladi. Monoxromli monitorlarda bir xil rangdagi lyuminofor nuqtalari bilan aks ettiriladi;
monitorlar turli o‘lchamda, ko‘pincha, 14 dan 21 dyuymgacha bo‘ ladi;
turli xil masofali. Masofa uzunligi, ko‘pincha, monitor sifatini va u ko‘rsatayotgan tasvirning aniq-ravshanligini bildiradi. Masofa qancha qisqa bo‘lsa, sifat shuncha yuqori bo‘ladi.
Videokontrollerdan monitorga uzatiladigan Videosignal tasvimi rangli nuqtalarning to‘g‘ri burchakli to‘riga o‘xshash ravishda tasvirlaydi. Nuqtalaming gorizontal va vertikal bo‘yicha soni - monitor imkoniyatini bildiradi. Monitor imkoniyati qancha yuqori bo'lsa, ekrandagi tasvir shuncha ravshan bo‘ladi.
Monitor qabul qiladigan video signalni nuqtalar qatorini birin-ketin chiqargan holda qator bo‘yicha aks ettiradi.
Nuqtalarning bir qatoridan keyingi qatoriga o‘tishda va nuqtalaming yuqori qatoriga qaytishda videokontroller monitorga maxsus boshqaruv signalini beradi Boshqaruv signallari chastotasi (har sekundga bo‘lingan soni) - qatorlar chastotasi yoki gorizontal yozish chastotasi deyiladi.
Nuqtalaming yuqori qatoridagi tasvirga o‘tish zarurligini ko‘rsatuvchi boshqaruv signallari chastotasi - kadrlar chastotasi yoki vertikal yozish chastotasi deyiladi.
Qatorlar chastotasi faqat videokontrolleming monitor bilan kelishu- viga xos, kadrlar chastotasi insonga xos, chunki ko'pincha ekranda tasvir yangilanishini ko‘rsatadi.
Ko‘zlar charchab qolmasligi uchun kadrlar chastotasi 75 Gtsdan kam bo‘lmasligi kerak.
ShKda 640x480, 800x600, 1024x768, 1600x1200 monitor imkoniyatlaridan foydalaniladi.
Videokontrollerlar - bu kompyuteming videosignalni shakllantirishni ta’minlaydigan elektron chizmasidir. U kompyuteming tizimli shinasi yechiladigan joyga qo'yiladigan maxsus plata shaklida bajarilishi mumkin, biroq tizimli plata tartibiga ham kirishi mumkin. Videokontrollerlar matnli tartibda ishlagani kabi, grafikli tartibda ham ishlashi mumkin.
§ 4.5. Ma’lumotlami kiritish qurilmalari
159
Do'stlaringiz bilan baham: |