Kursorni boshqarish klavishalari klaviatura panelining o‘ng qismida joylashgan. Ishlash qulay bo‘lishi uchun ular takrorlangan va uchta gumhdan tashkil topgan:
kichik raqamli klaviatura;
matnni ekranda ko‘rib chiqish va uni tahrirlash klavishalari;
kursorni boshqarish klavishalari.
Kichik raqamli klaviatura klavishalari ikki rejimda ishlatilishi mumkin:
kursorni boshqarish rejimi;
raqamlar, matematik amallar belgilari va nuqtani kiritish rejimi.
Rejimni tikiash «Num Lock» (Number Lock — raqamni qayd qilish) va «Shift» klavishalari yordamida amalga oshiriladi. «Num Lock» raqamlami
§ 4.6. Ma’lumotlami chiqarish qurilmalari
163
kiritish rejimini mustahkamlaydi, «Shift» esa, u bosilib turgunga qadar, klaviatura rejimini qarama-qarshisiga o‘zgartiradi.
Raqamlar, matematik belgilar va nuqtani kiritish rejimida klavisha panelining yuqorigi o‘ng qismidagi «Num Lock» qayd qilish lampasi yorishadi, klavishalar quyidagi ma’noga ega.
Kursorni boshqarish klaviaturadan boshqariladigan kursor belgicha bo‘lib, u displey ekranida holatni ko'rsatadi va bu holatda ekranga navbatdagi chiqarilayotgan belgi aks ettiriladi.
Ko‘pchilik dasturlarda bunday qabul qilingan: «Fl» klavishasi («Help» - yordam klavishasi) aytib berishni chaqirish bilan bog‘langan. Dasturga kirishda «Fl» bo‘yicha dastur ish variantlarining qisqa yozma bayoni va dasturdagi funksional klavishalar vazifasining umumiy aytib berilishi chiqariladi. Dastur bilan ishlashda «F1» bo‘yicha kontekstga bog‘liq aytib berish chiqariladi, ya’ni dastur tomonidan hozirgi vaqtda amalga oshirilayotgan rejim bo‘yicha, vazifa bo‘yicha aytib berish chiqariladi.
Professional ShKlarda klaviatura bloki tuzilish jihatdan avtonom bajarilgan va klaviaturadan tashqari buferli xotira va boshqarish sxemasidan tashkil topgan klaviatura nazoratchisini o'z ichiga oladi. U asosiy plataga 4 ta simli interfeys yordamida ulanadi.
Ekzotik klaviaturalardan quyidagilami ta’kidlab o‘tish kerak:
simsiz клавиатура, u xona bo‘yicha erkin harakatlanish va ShKda istalgan qulay joyda, hatto, divanda yotgan holda ishlash imkonini beradi;
egiluvchan rezinali klavuamypa, chiroyli turli xil rangli — u shovqinsiz, ishonchli;
telekommunikatsion tizimlar elementlari bor bo‘lgan ko‘p funksionalli klaviaturalar.
Клавиатура nazoratchisi quyidagilami amalga oshiradi:
klavishalar holatlarini skanerlash;
MP tomonidan klaviaturani ikki qo‘shni suroqlash orasidagi teng vaqtga 20 tagacha klavishaning alohida kodlarini buferlash;
dasturlashtiriladigan tizimli jadvallar yordamida klavishalami bosish kodlarini ASCII kodlariga o‘zgartirish;
ShK. ulanganda, klaviaturani testlash.
§ 4.6. MA’LUMOTLARNI CHIQARISH QURILMALARI
Do'stlaringiz bilan baham: |