Vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Download 3,04 Mb.
bet342/375
Sana04.02.2023
Hajmi3,04 Mb.
#907765
1   ...   338   339   340   341   342   343   344   345   ...   375
Bog'liq
Informatika va axborot texnologiyalari

Ma’lumotnomaviy axborot tanishtiruvchi, yordamchi xarakterga ega, marketing obyektlarining nisbatan barqaror alomatlarini aks ettiradi va firma mahsulotlarining texnik foydalanish ta’riflari, narx, ta’riflar bo’yicha ma’lumotnomalar tizimi ko’rinishida taqdim etiladi.
Tavsiyali axborot maxsus marketing tadqiqotlari natijasida yoki bosma nashrlar va tijorat ma’lumotlar banklarida keltirilgan ma’lumotlaming tahlili asosida shakllantiriladi. U mahsulotlami sotishning bashoratlariga, maqsadli bozorlar, vakil vositachilar, yetkazib beruvchi firmalar xom ashyoni tikiash ustivorliklariga ega.
Me’yoriy axborot asosan ishlab chiqarish sohasida shakllanadi va o‘z ichiga ishlab chiqarishning turli elementlarining me’yorlari va me’yomoma- larini, hamda me’yoriy qonunchilik hujjatlarini oladi.




§ 20.2. Axborot mahsulotlari va xizmatlari marketingida AKTni qo'llash


i 609


Signalli axborot odatda marketing muhiti obyektlarining haqiqiy xulqini rejalashtirilganidan chetga chiqishi paydo bo‘lishini borishida vujudga keladi.
Chetga chiqishning sabablari belgilangandan keyin ulami bartaraf qilish maqsadida tartibga soluvchi axborotlarda aks ettirilgan tegishli tadbirlar bajariladi.
Marketing faoliyati axborot ta’minotining ko‘rib chiqilgan xususiyat- lari shunday xulosaga kelishga imkon beradiki, marketing axborotlarining samarali tizimlarini yaratish mutaxassis marketologlarda ijodiy yondashishni talab qiladi, marketing axborotlarining katta hajmi esa zamonaviy kompyuter texnologiyalarini qo‘llashni asoslab beradi.
§ 20.2. AXBOROT MAHSULOTLARI VA XIZMATLARI
MARKETINGIDA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA
TEXNOLOGIYALARINI QO'LLASH

O‘zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi, uningjahon integratsion jarayonlariga faol qo'shilishi xorijiy sheriklar foydalanilayot- gan eng yangi texnologiyalami va hammadan avval axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etishga majburqilmoqda. Bugungi kunda butun jahon bozori axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan to'ladir, chunki ular shunday darajaga etganki, usiz bozorda faoliyat ko'rsatib bo'lmaydi.
Keskin raqobat sharoitida murakkab biznesda u yoki bu qadar axborot- larning g'oyatda katta oqimini sinchiklab va chuqur tahlil qilish asosida kerakli qarorlar qabul qilinadi. Masalan, yirik kompaniyaning direktorlar kengashi qandaydir loyihaga moliyaviy kiritmalami amalga oshirishdan avval bozor holati va kiritmaning rentabelligi darajasi haqida bashoratlar, hamda ehtimol bo‘lgan xavf-xatarlar va ular oqibatlarining baholari bilan bog'liq jiddiy hisob-kitoblami o‘tkazadi.
Butun jahonda talab va taklif bo'yicha axborotlar ma’lumotlar bazasida saqlanadi, chunki bozor munosabatlari bozomi baholash bo‘yicha xuddi shunday axborot ta’minoti jihatdan qo‘llab-quvvatlashga zaruriyat tug'iladi. Bu, xususan, hammadan avval yo‘ldoshli aloqa, kommunikatsion tizimlari, ma’lumotlaming yirik banklariga qaratilgan global axborot tizimlaridir.
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bizning fikrimizga, axborot manbalariga jadal kirishga, ulami olishga, ishlab chiqishga va foy- dalanuvchi uchun kerakli axborotlami belgilangan vaqtda va ko‘rsatilgan shaklda ishlab chiqishga imkon beruvchi dasturiy-texnik qurilmalar, kommunikatsiyalar, orgtexnika va aloqa vositalaridir.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari — oddiy bo'lmagan tovardir. Bozorda ular istalgan mahsulot va ishlab chiqarish vositasi sifatida bo'ladi, chunki bozoming faoliyati axborot ta’minotiga bog‘liqdir.
Interaktiv xizmatning vujudga kelishi davrida marketing bo‘yicha mutaxassislar o'zlarining bevosita asosiy iste’molchilarini har tomonlama bilganlar va tegishli axborotlami yig‘ish uchun ular bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalami o‘mata olganlar. Ammo keyinchalik bu oddiy usullar bilan kifoyalanish mumkin bo'lmagan, chunki muhim va eng aniq




610


20 - bob. Marketing faoliyatida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari


ma’lumotlami olish va marketing tadbirlarini bajarilishida undan foydalanish uchun muntazam yig‘ish, tasniflash, tahlil qilish, baholash va tarqatishda mo‘ljallangan marketing axborotlarining yaxlit tizimini yaratishning keskin zaruriyati vujudga kelgan.
Marketing axboroti faqat uni yig‘ish, saqlash va kerak bo‘lganda foydalanish mumkin bo‘lgandagina foydalidir. Shuning uchun, sanoatning marketing tamoyillariga qayta mo‘ljallanishi, bozor munosabatlari ri- vojlanishi bilan axborot-boshqaruv tizimlaridan, ayniqsa axborot sohasida keng foydalanish boshlangan.
Hozirgi vaqtda bunday tizimlarning ikkita tubdan farqlanuvchi turi mavjud: zamonaviy dasturiy-texnik vositalarni qo‘llash bilan va ulardan foydalanmasdan. Hisoblash texnikasi vositalari foydalanish imkoniyat- larining oshgani sari va ulami arzonlashuvi bilan axborotli-boshqaruv tizimlari nafaqat axborotlami qidirish jarayonlarini avtomatlashtirish imkoniyatlarini ta’minlaydilar, sifat jihatidan yangi, marketologlarga ancha kengroq yordam bera oladilar, ya’ni ular marketingning turli vazifalarida qarorlar qabul qilishni qo'llab-quvvatlashning samarali quroli bo‘lmoqdalar.
Axborotlar sohasi korxonalarida marketingning taktikasi va strategiyasini tatbiq etilishi nafaqat katta hajmdagi tadqiqot va hisoblash ishlari sababli, balki shakllanayotgan axborot mahsulotlari va xizmatlarining tuzilishi, tarkibi va mazmunini rejalashtirishda bozor vaziyatlarini xuddi shunday hisobga olish maqsadida marketing tadqiqotlari jarayonlarida olingan dastlabki tahliliy axborotlami talqin qilishning bir ma’noli emasligi va ulami o‘zlashtirishning murakkabligi natijasida katta qiyinchiliklar bilan bog‘liq. Ushbu holat axborot mahsulotlari va xizmatlari marketingiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jalb qilishni talab qiladi.
Kerakli marketing axborotlarini saqlash, ishlab chiqish va talab qilingan shaklda taqdim etishni ta’minlovchi vosita marketing axborot-boshqaruv tizimi bo‘ladi (20.4-rasm).

Download 3,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   338   339   340   341   342   343   344   345   ...   375




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish