Matnli axborotlar axborotlarni taqdim etishning eng kam shakliga tushirilgan shakllariga kiradi. Matnli ma’lumotlami ishlab chiqish va tashkil qilish uchun gipermatnli dasturlash tizimlar ko‘rinishidagi maxsus dasturiy ta’minotdan foydalaniladi. Vositalaming bu tun matnli hujjatlar ma’lumotlar bazalarini yaratish, olib borish va foydalanish uchun mo‘ljallangan. Gipermatnli vositalar axborotlaming alomatlarini umumiyligi bo‘yicha guruhlarga ajratish va ma’lumotlaming belgilangan tematika kesmasida qidirishni amalga oshirish maqsadida ruknlar tizimini yaratish imkoniyatiga egadir.
Jadvalli va matritsali shakllardaberilgan axborotlarni ishlab chiqish jadvalli protsessorlar hamda ma’lumotlaming relyatsion bazalarini boshqa- rish tizimlaridan foydalanish bilan olib boriladi. Dasturiy vositalaming bu sinflari nafaqat qarorlar, ustunlar va ayrim kataklaming ma’lumotlari bilan manipulyatsiya qilish bilan bog‘liq an’anaviy jadvalli hisoblashlami bajarishga, balki qurilgan xizmatlar yordamida maxsus moliyaviy va bank hisobotlarini o‘tkazishga, matritsali algebra algoritmlarini, operatsiyalami tadqiqot qilish usullarini va boshqalami amalga oshirishga imkon beradi. Marketnng axborotlarini grafik tasvirlashningroli uni ko’rgazmaliroq va jamlanganliroq taqdim etish imkoniyatiga ega. Grafik usullar vositasida omillar va ko’rsatkichlar o’rtasidagi bog‘liqlik darajasi aks ettiriladi. Vujudga kelgan qonunlar aniqlanadi. Axborot materiallaridan kelib chiquvchi yangi bilimlami olish axborotlarni grafik tasvirlashning afzalliklaridan biri bo’ladi. Nafaqat ma’lumotlami umumlashtirish darajasi, balki bozor jarayonlarining dinamikasini, ko‘p sonli omillarini ularning o‘zaro hamkorliklaridagi tahlilining natijasi sifatida ochish ham nazarda tutiladi. Grafik axborotlaming eng keng tarqalgan shakllariga quyidagilami kiritish mumkin:
parametrlar o‘rtasidagi vazifaviy bog’liqliklaming grafiklari;
parametrlami dinamik o‘zgarishlarining grafiklari;
kalendarli grafiklar;
tarmoqli grafiklar va boshqalar.
Matematik-statistik qurollari bo‘lib xizmat qiluvchi va statistika tomonidan bozor hodisalarini ilmiy asosda o’rganishda foydalanuvchi grafiklaming har xil turlarini bunga kiritish mumkin. Marketing axborotlarini tavsiflashning grafik shakllari bilan ishlash uchun turli grafik protsessorlari va muharrirlaridan foydalaniladi. Bundan tashqari, matnli protsessorlarni ko‘pchiligi axborotlarni jadvalli shakl- lardan grafik ko‘rinishga va eksport qilishning dasturiy imkoniyatlariga ega. Qo‘l va avtomatik skanerlami hamda tasvirlami bilib olishning, tegishli dasturiy ta’minotning paydo bo‘lishi bilan grafik axborotlarni ShKga kiritish takomillashtiriladi. Ko‘rsatkichlar miqdorlarini izchil joylashtirish xronologik tartibda taqdim etuvchi dinamik qatorlar sifatida axborotlarni berish shakli belgi-
§20.1. Marketing faoliyatining axborot va kommunikatsion ta’minlanishi
605
langan qiziqish uyg‘otadi, ular o'zlarining o'zgarishlarida o‘rganilayotgan hodisalaming dinamikasini aks ettiradi. Har bir dinamik qator o'zining yaratilish, foydalanish uslubiyatiga ega, shuning uchun qo‘llanish bo‘yicha kichik izohlar bilan birga bo‘ladi. Dinamik qatorlar umuman bozoming va uning ayrim tashkil qiluvchilarining barqaror qonunlarini vaqt bo‘yicha aks ettirgan holda marketologlarga qimmatli axborotlar beradi. Axborotlami yig'ish, ro'yxatga olish va tashkil qilish bosqichlari marketing faoliyati kommunikatsion jarayonining ajralmas qismi bo'ladi. Ulami amalga oshirish ko‘p mehnat talab qilishi tegishli malakaga ega bajaruvchilaming mavjudligi va katta moliyaviy xarajatlar bilan bog‘liqdir. Bozor muhitini tadqiqot qilish bilan bog‘liq korxona xarajatlarini pasaytirishning yo'llaridan biri texnik manbalardagi marketing axborotlami tarqatishga ixtisoslashgan, hamda iqtisodiy ma’lumotlaming banklariga interaktiv kirish imkoniyatini beruvchi firmalaming axborot xizmatlaridan foydalanishdir. Ma’lumotlar bazalari, dasturlar, ulami qo'llash bo‘yicha yo‘riqnomalar texnik manbalarda tarqatiladigan axborot mahsulotlari bo‘ lib xizmat qiladilar. Ma’lumotlami bu bazalariga kirishni tashkil qilishdan iborat bo‘lgan ahborot xizmatlari ma’lumotlaming o’zlari bilan birgalikda yetkazib beriladigan maxsus dasturlar yordamida ko’rsatiladi. Agar ma’lumotlaming bir o’zlari tarqatilsa, unda yo’riqnomada ulami ishlab chiqish uchun andozaviy dasturiy vositalar ko’rsatiladi va ular foydalanuvchida mavjud deb faraz qilinadi. Axborotlami magnitli tashuvchilar asosida tarqatish ma’lumotlami ishlab chiqishning an’anaviy vujudga kelgan texnologiyasiga mos keladi. Ma’lumotlami yig’ish, tashkil qilish va uzatishni amalga oshirish zaruriyati yo’qoladi. Ma’lumotlaming ShKga kiritish tadbirlari ancha soddalashadi, u bu holda axborotlami bir manbadan ikkinchisiga ko’chirib yozishdan iborat bo’ladi. Magnitli tashuvchilarda tarqatilayotgan ma’lumotlar odatda foydalanuvchining so’rovlariga mosdir. Ánimo marketing axborotlarini tarqatishning bunday usuli bir qator muhim kamchiliklarga egadir:
ma’lumotlar asosan magnitli disklarda yetkazib beriladi, bu yetkazib beriladigan axborotlaming hajmini chegaralamaydi;
axborotlami navbatdagi massivlarini chiqarishning muntazamligi yo‘q;
qamrab olingan tematikaning turli-tumanligi ancha tor.
Axborot xizmatlari sohasining faol rivojlanayotgan yo’nalishi ma’lumotlaming tijorat avtomatlashtirilgan banklarining ShK tarmog’iga ulangan vositalari tomonidan tarqatilishi bo’ladi. Texnologiyalaming bu turi foydalanuvchilami xost-ShK deb nomlangan bitta ShKda jamlangan axborot zaxiralariga jamoa bo‘lib kirishlarini ko‘zda tutadi. Interaktiv xizmatlar mahalliy va masofadan turib kirish usullarda taqdim etilishlari mumkin. Birinchi holda foydalanuvchilar xost ShKga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulangan terminal bilan kiradi va jismonan ShK bilan bir joyda bo’ladilar. Masofadan turib kirish usuli, aksincha, ma’lumotlaming
606
20 - bob. Marketing faoliyatida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari
avtomatlashtirilgan banklari foydalanuvchidan har qanday uzoqlikda bo‘li- shini ko‘zda tutadi, shuning uchun ham unga kirish uchun aloqaning global tarmoqlari deb nomlangan ma’lumotlami uzatishning maxsus tarmog‘i talab qilinadi. Bizning mamlakatimizda ko‘pgina tashkilotlar mamlakatimiz va xorijiy MABlariga kirish uchun telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini beradi. Moliyaviy-iqtisodiy ma’lumotlar bazasining tematikasi asosan statistika, firmalar, tijorat takliflari, kimmatbaho qog‘ozlar va axborot bulletenlari bo‘yicha ma’lumotlar bazalarida berilgan. Ulaming umumiy hajmi, hisob- kitob baholari bo’yicha, MBda saqlanayotgan barcha axborotlar hajmining 75%ini tashkil qiladi. Afsuski, 0‘zbekiston bo’yicha ma’lumotlar bu MBda kamroqdir, bu ulami ichki bozorga mo’ljallangan korxonalar uchun kamroq qiziqtiradigan qiladi.