Aloka tizimlarida axborotlarni himoyalash har xil turdagi aloqa kanallarda aylanib yuruvchi maxfiyga qimmatli axborotlarga ruhsatsiz kirishning imkoniyatini bartaraf etishga qaratilgan. Lining asosida himoyaning bu turi quyidagi maqsadlarga qaratiladi: axborotlar maxfiyligi va yaxlitligini ta’minlanishga erishilishini ko‘zlaydi. Kriptografiya va maxsus axborot bayonnomalarini qo‘llash aloqali nazorat qilinmaydigan kanallardagi axborotlarni himoyalashning eng samarali vositasi bo‘ladi.
Elektron hujjatlarning yuridik ahamiyatini himoyalash buyruqlar, to‘lov topshiriqnomalari, kontraktlar va boshqa farmoyish, shartnoma va moliyaviy hujjatlami saqlovchi axborot obyektlarini ishlab chiqish, saqlash va uzatish uchun tizimlar va tarmoqlardan foydalanishda zarur bo‘ladi. Ushbu muammoni yechish uchun «raqamli imzolarni» qo‘llash bilan bog‘liq axborot obyektlarining haqiqiyligini tekshirishning zamonaviy kriptografik usulidan foydalaniladi. Amalda elektron hujjatlar ahamiyatini himoyalash masalasi kompyuterli axborot tizimlarini himoyalash masalasi bilan birgalikda hal qilinadi. Qo‘shimcha elektron magnit nurlanishlar va uzatish kanallari bo‘yicha axborotlarning chiqib ketishdan himoyalash, ShKdagi maxfiy va sirli axborotlarga begona shaxslar tomonidan ruxsatsiz kirishdan himoyalashning muhim jihati bo‘ladi. Himoyaning ushbu turi axborotli elektromagnit signal- larini ko‘riqlayotgan hudud tashqarisiga chiqib ketish imkoniyatini barta-
§ 19.4. Bank avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida axborotlarni himoyalash
¡591
raf qilishga qaratilgan. Bunda shu narsa ko'zda tutiladiki, qo‘riqlayotgan hudud ichida elektron magnitli signallarni tutib olish, ro‘yxatga olish va tasvirlashning maxsus apparatlaridan nazoratsiz foydalanish imkoniyat- larini yo'qqa chiqaruvchi samarali choralari qo‘llaniladi. Qo‘shimcha elektron magnitli nurlanishlar va uzatish kanallardan himoyalash uchun hisoblash texnikasini joylashtirish uchun mo'ljallangan xonalarni ekranlashtirish, hamda uskunaning o'zini (ShK va aloqa vositalarini) axborot nurlanishining intensivligini pasaytirishga imkon beruvchi texnik tadbirlar qo‘ llaniladi. Ba’zi bir mas’uliyatli hollarda hisoblash uskunalarini kompyuterli axborot nurlanishlari, hamda nutqli va muhim bo'lmagan kuchsiz axborotli signallarni ro‘yxatga olish yoki yozish maqsadida tatbiq etishi mumkin bo'lgan moliyaviy josuslikning maxsus qo'yiluvchi qurilmalarini aniqlash uchun qo'shimcha tekshiruvlar zarur.