Islom Karimov
§ 16.1. AVTOMATLASHTIRILGAN ISH JOYI —
FOYDALANUVCHINING ISH FAOLIYATINI
AVTOMATLASHTIRISH VOSITASI SIFATIDA
Qoidaga ko‘ra, foydalanuvchi-iqtisodchi predmetli texnologiyalar, ya’ni ma’lumotlar ustidagi operatsiyalaming izchilligi va ulaming o'zaro aloqalarining tuzilishi bilan yaxshi tanishdir. Keyingisi ham hisoblash ham relyatsion shaklda aks ettirilishi mumkin.
Vazifaviy texnologiya ba’zi bir qoidalar bo'yicha amalga oshirilayotgan ta’minlovchi va predmetli texnologiyalarning sintezidan iborat bo‘ladi. Ma’lumotlami qayta ishlashning qandaydir muhiti va shuning bilan bir vaqtda AATning bir qismi bo'lib, u texnik, dasturiy, tashkiliy (xodimlar) va axborot qismlaridan iborat platformaga asoslanadi.
Yakuniy natijada foydalanuvchi-iqtisodchi, foydalanuvchi-bajaruvchi ham alohida AATni va har qanday majmuaga birikkan ulaming birikmasini qo‘llashi mumkin. Boshqaruv xodimi, qaror qabul qiluvchi shaxsning (QQQSh) maqsadlarini bajarilishini qo‘llab-quvvatlovchi ta’minlovchi va xizmatiy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining majmuasi avtomatlashtirilgan ish joylan (AiJ) asosida tashkil qilinadi. AUning belgilanishi QQQShning oldiga qo’yilgan maqsadlariga erishishi uchun qarorlami shakllantirish va qabul qilinishini axborot jihatdan qoUlab- quvvatlashdan iborat bo‘ladi.
Hozirgi paytda boshqaruv sohasi xodimlarining faoliyati rivojlangan texnologiyalardan foydalanishga yo'naltirilgan. Boshqaruv vazifalarini tashkil qilish va amalga oshirish ham boshqaruv texnologiyalarining o‘zini, ham axborotlami ishlab chiqishning texnik vositalarini tubdan o‘zgartirishni talab qiladi. U borgan sari kiruvchi axborotlami avtomatik ravishda qayta ishlash tizimidan boshqaruv xodimlari tajribalarini jamlash, eng samarali iqtisodiy qarorlami tahlil qilish, baholash va ishlab chiqish vositasiga aylanmoqda.
Markazlashtirilgan boshqaruvning kuchayish tendensiyalari axborotlami taqsimlangan holda ishlab chiqish bilan hisoblash texnikasi va vositalarini markazlashtirilmagan holda qo'llash va foydalanuvchilaming bevosita ish joylarini tashkil qilishni takomillashtirishga olib keladi.
§ 16.1. Avtomatlashtirilgan ishjoyi
499
- rasm. AU tashkil qilishning kontseptual chizmasi.
AIJ tashkil qilinishi shuni nazarda tutadiki, axborotlami jamlash, saqlash va qayta ishlash bo‘yicha asosiy operatsiyalar ShKning zimmasiga yuklanadi, iqtisodchi esa qo'lda bajariladigan operatsiyalar va boshqaruv qarorlarini tayyorlashda ijodiy yondashishni talab qiluvchi operatsiyalaming bir qismini bajaradi.
ShK. foydalanuvchi tomonidan ishlab chiqarish faoliyatini nazorat qilish, vazifa yechilishi jarayonlarida ayrim o'lchamlar miqdorini o'zgartirish hamda AATda joriy vazifalami hal qilish uchun dastlabki ma’lumotlami kiritishda qo'llaniladi.
AIJ boshqaruv faoliyatini ratsionalizatsiyalash va kuchaytirish uchun vosita sifatida vazifalaming ba’zi bir guruhlarini bajarilishini ta’minlashda tashkil qilinadi. Axborot xizmat qo‘rsatish AIJning eng oddiy vazifasidir. Ushbu vazifa
16 - bob. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan ish joylarida foydalanish
u yoki bu darajada har qanday AUga xos bo‘lsa ham, uni amalga oshirilishi xususiyati ko‘proq foydalanuvchining kategoriyasiga bog'liq.
AIJ aniq muammo soha sifatida muammoli-kasbiy yo‘naltirishga ega. Kasbiy AU avtonom ish joylari, katta EHMning terminallari, mahalliy tarmoqlardagi ishchi stansiyalar rolini o‘ynagan holda insonning hisoblash tizimlari bilan muloqotining asosiy vositasi bo‘ladi. AU ochiq arxitekturaga ega va muammoviy sohalarga osonlik bilan moslashadi.
AIJ ma’lumotlar kelib tushgan zahoti darhol tezkor ishlab chiqishning amalga oshishiga, ishlab chiqish natijalarini foydalanuvchining talabi bo‘yicha kerak bo‘lganicha uzoqroq saqlashga imkon beradi.
Boshqaruv jarayonlarini amalga oshirish sharoitlarida AIJni tatbiq etishdan maqsad boshqaruv vazifalari integratsiyasini kuchaytirishdan iborat, har bir ko‘proq yoki qamroq «aqliy» ish joyi esa ishni ko‘p vazifaviy tartibda ta’minlashi kerak.
ShKning paydo bo‘lishi bilan ulami to‘g‘ridan to‘g‘ri xodimning ish joyiga o‘matish va dasturchi bo‘lmagan foydalanuvchiga mo‘ljallangan yangi aslahaviy vositalari bilan jihozlash mumkin bo‘ldi. Kasbiy yo'naltirilgan vazifaviy va ta’minlovchi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan va bevosita ish joyiga o'matilgan ShKni avtomatlashtirilgan ish joyi deyila boshlandi. Boshqacha qilib aytganda, AIJ—AATning boshqaruv obyektining tuzilishi va maqsadlarini tasdiqlashning mavjud tizimiga muvofiq ajratilgan va mustaqil dasturiy apparatli majmua ko'rinishida rasmiylashtirilgan ba’zi bir qismidir.
AIJ o‘zida butunlay vazifaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga (VAKT) yoki bir qismiga ega bo‘ladi. VAKTlarining ayni qaysi qismi o‘ yoki bu AUga mustahkamlanishi hammadan awal boshqaruv obyektining tuzilishi- dagi maqsadlaming dekompozitsiyasi bilan belgilanadi. VAKTni AUga butunlay taqsimlanishi predmetli texnologiyalaming talablarini buzmasligi kerak. Boshqaruv tuzilmasiga VAKTni bog‘lash predmetli vazifani yechishning taqsimlovchi tizimini yaratishga imkon beradi. VAKT ishtirokchilarining kompyuterlari o‘rtasida taqsimlanish yoki saqlanayotgan ma’lumotlarga, yoki bu ma’lumotlami ishlab chiqish jarayonlariga tegishli boTishi mumkin.
Qaror qabul qilishni qo‘llab-quwatlash tizimi foydalanuvchining AAT bilan foydalanuvchining ma’lumoti, o‘ziga xosligi, uslubi va ish tajribasini hisobga olishi bilan faol dialogli o‘zaro hamkorligini ko‘zda tutadi.
Odatda qaror qabul qilishning uchta pallasini ajratadilar:
intellektuell — qaror qabul qilinadigan aqliytadqiqot muhiti;
dizayn — ehtimol bo‘lgan muqobil harakatlami ishlab chiqish va baholash;
tanlash — qaror qabul qilish, ya’ni muqobillaming birini tanlash.
Qaror qabul qilishni qo‘llash har doim maqsadiy xarakterga ega va quyidagi ko'rinishlarda aks ettirilishi mumkin:
foydalanuvchiga vujudga kelgan vaziyatlami baholashga va qarorlami ishlab chiqishga imkon beruvehi ma’lumotlaming yig‘ indisi;
§ 16.1. Avtomatlashtirilgan ishjoyi
501
boshqaruv xodimi tomonidan bittasi qabul qilinishi kerak bo‘lgan ehtimol bo‘lgan qarorlami tayyorlash;
u yoki bu qaromi tayyorlashda, ya’ni «Agar... nima bo'ladi?» degan savolga javob berishda boshqaruv obyekti holatining o'zgarishlarini baholash.
Oldindan aytib qo‘yish kerakki, ko'pgina hollarda AUda faqat birinchi imkoniyat — vaziyatlaming tahlili uchun axborotlami tayyorlash amalga oshirilgan, uning asosida xodim bunday tahlilni amalga oshirishi va keyin boshqaruv qarorini qabul qilishi mumkin.
Xodimning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirokisiz qarorlarni tayyorlash faqat ekspert tizimi (ET)da mumkin, u «...uchun, nima qilish kerak?» degan savolga javob berishga qaratilgan. ET yuqori darajali kasb egalarining tajriba hamda bilimlarini tiklashga va bu bilimlardan boshqaruv jarayonlarida foydalanishga mo’ljallangan tizimdir. Bu tizimlar qo'llanishning tor sohalarida foydalanish uchun ishlab chiqiladi, chunki ulardan foydalanish bilimlami ishlab chiqish va saqlash uchun katta kompyuter resurslarini talab qiladi. ETni qurishning asosida bilimlar bazasi yotadi, u bilimlami taqdim qilinishining modellariga asoslanadi. Katta moliyaviy va faqat xarajatlari uchun AATda ETlar keng tarqalgan emas.
Boshqaruv xodimlari tomonidan qaror qabul qilish jarayonini qo'llab- quwatlovchi AAT shunday tartibda qurilishi kerakki, u o‘zining oldida turgan maqsadlami amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlasin. O‘zaro bog‘langan va o‘zaro hamkorlik qiluvchi AIJning tizimi AATni tashkil qilishning eng keng tarqalgan shakllaridan biridir.
Har qanday axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishda ma’lumotlar, dasturlar va kompyuterlami himoyalash vositalarini mavjudligiga e’tibor berish kerak. Shuning uchun AIJni himoyalash darajasi ular tasnifining alomatlaridan biri boTadi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini axborot manbalarining turi bo‘yicha tasniflashda qog‘ozli va qog‘ozsiz texnologiyalarga ajratiladi. Qog‘ozli texnologiyalar qog‘ozli manbalardan kiruvchi va chiquvchi hujjatlar sifatida foydalanadi. Qog‘ozsiz texnologiyalar ShKning mahalliy va global tarmoqlari bazasidagi tarmoqli texnologiyalardan, orgtexnikaning rivojlantan vositalari, elektron hujjatlardan foydalanishni ko‘zda tutadi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalami tanlash bir qator omillami hisobga olishi kerak: sotishning jamlangan hajmi; foydalanuvchining mehnat unumdorligini o‘sishini; ishonchlilik; axborot va kompyuter xavfsizligini ta’minlanish darajasini; xotira va boshqa qurilmalarning talab qilinadigan resurslarini; vazifaviy quvvatini; foydalanishda osonlikni; o‘rganish uchun vaqtni; aqliy interfeysning sifatini; ShKni tarmoqqa ulash imkoniyatini; narxini. Yana foydalanuvchi dasturiy ta’minlanish va ular bilan ulanishni ham hisobga olish kerak.
Agar mezonlar sifatida boshqaruvning tashkiliy tuzilishi olinsa, unda shartli ravishda rahbaming AU, o‘rta va tezkor darajadagi boshqaruv xodimining AIJni ajratish mumkin. Axborotlami tanlab taqsimlash tamoyillariga muvofiq
502
16 - bob. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan ish joylarida foydalanish
bu shaxslar butunlay turli-tuman axborot jihatdan qo‘llab-quvvatlanishga zaruriyat sezadilar.
Rahbarga to‘g‘ri qarorlarni qabul qilishga imkoniyat beruvchi umumlashtirilgan, ishonchli va to'liq axborotlar talab qilinadi. Unga korxopa faoliyatining turli sohalarini tahlil qilish va rejalashtirish vositalari kerak. Bu vositalarga iqtisodiy-matematik, Statistik usullar, modellashtirish, korxona faoliyatining turli sohalarini tahlil qilish, bashoratlash usullari kiradi. Ta’minlovchi texnologiyalardan quyidagilar zarur: jadvaliy, grafikli, matnli protsessorlar, elektron pochta, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari.
O‘rta va tezkor darajadagi boshqaruv xodimining AUdan qarorlar qabul qilish va aniq muammo sohadagi kasbiy faoliyatning amalga oshirish uchun foydalaniladi. Omborchilar, operatsionistlar, bank xodimlari, sug'urta kompaniyalari xodimlarining AU, har biri ushbu yo‘nalish bo‘yicha tarkibiy AIJni aniqlash mumkin. Masalan, hisobchining AU buxgalteriya hisobining barcha uchastkalariga mo‘ljallangan, ammo ish haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar, asosiy vositalami hisobga olish alohida AlJga ajratish mumkin, bu ushbu sohada qo‘llaniladigan predmetli texnologiyalar, maqsadlar va vazifalami boshqaruv xodimlarining o'rtasida taqsimlanishiga bog'liq.
AIJning nomenklaturasi va ularga kiritilgan AATning yig'indisiga quyidagilar ta’sir qiladi: muassasada vujudga kelgan boshqaruv tuzilmasi, muammo sohalaming texnologiyalar, xodimlar o'rtasida majburiyatlar va maqsadlami taqsimlanishi. Boshqacha qilib aytganda AIJning nomenklaturasi muassasa boshqaruv tizimidan vazifa, AIJning mazmuni — QQQSh amalga oshirayotgan maqsadlarining vazifasi, muammo sohaning texnologiyasi AIJning tuzilishiga hal qiluvchi ta’sir qo'rsatadimi? Bu savolga javob berish uchun AIJni ularga ochiqdan-ochiq yoki yopiq ko'rinishda predmetli texnologiyalar kiritilganligi yoki kiritilmaganligining alomati bo'yicha tasniflash kerak. U yoki bu sohada qarorlar qabul qilishni qo'llab-quvvatlovchi dasturiy vositalar bunday texnologiyalarga kintilgan. Bu shubhasiz dasturiy mahsulotni kamroq egiluvchan qiladi, undan qayta dasturlanmasdan moslashish va shunday qilib qo'proq mijozlarga sotilishi uchun chuqurroq parametrlashishini talab qiladi.
Muammo soha bo'yicha malakaga ega bo'lmagan mutaxassisdan foydalanish imkoniyati, vazifaviy va ta’minlovchi texnologiyalami dasturiy mahsulotga qat’iy kiritilishini ba’zi bir, bizning fikrimizcha shubhali, afzalligi bo'ladi, chunki bu yerda foydalanuvchining harakati tadbiriy emas, balki deklarativ xarakterga ega. Shunday qilib, undan predmetli texnologiyalami chuqur bilish talab qilinmaydi, ulami AlJga ishlab chiqaruvchi kiritgan.
Ammo boshqa mahsulotlarda predmetli texnologiyalar vazifalaming ushbu sinfi uchun turlashtirish, bir shaklga keltirish alomati bo'yicha tasniflanadi va AATning tanasiga ba’zi bir kutubxona ko'rinishida kiritiladi, uning elementlari turli xildagi foydalanuvchilar uchun kirish oson yoki qiyin bo'ladi. Bu holda elementlar tadbiriy xarakterga ega bo'la boshlaydi, chunki foydalanuvchining o'zi qay paytda qanday AAT foydalanish kerakligini bilishi kerak.
AU iqtisodiy axborotlami taqsimlangan ma’lumotlar bazasi tarkibidagi foydalanuvchilarning ish joylarida markazlashmagan bir vaqtda ishlab
§ 16.1. Avtomatlashtirilgan ish joyi
503
chiqilishini ta’minlaydi. Bunda ular tizimli qurilmalar va aloqa kanallari orqali boshqa foydalanuvchilaming ShK va MBga kirishi, shuningdek, jamoaviy ishlab chiqish jarayonlarida ShKning hamkorlikda faoliyat yuritishini ta’minlash imkoniyatiga ega.
ShKlar zaminida tashkil qilingan AIJ tashkiliy boshqaruv sohalari uchun avtomatlashtirilgan ish joyining eng sodda va keng tarqalgan variantidir. Bunday AIJ interaktiv tartibda aniq xodimga ishning butun seansida yakka holda ta’minlanishining barcha turlarini beruvchi tizim sifatida ko'rib chiqiladi. Bunga AIJning ushbu tarkibiy qismini loyihalashtirishga ishlab chiqarishni axborotli ta’minlash sifatida yondashish javob beradi. Unga ko’ra, aniq AIJning magnitli manbalaridagi axborot fondi AIJ foydalanuvchisining yakka holdagi ixtiyorida bo’ladi.
- rasm. Foydalanuvchi-menejeming AIJ tashkil qilishining konseptual chizmasi.
Foydalanuvchi axborotlarni o’zgartirish bo’yicha barcha vazifaviy majburiyatlami o‘zida bajaradi. Shulami e’tiborga olgan hodda 16.2-rasmda foydalanuvchi-menejeming AIJ tashkil qilishining konseptual chizmasi berilgan.
ShKlar zaminida AIJni tashkil qilish quyidagilami ta’minlaydi:
foydalanuvchiga nisbatan soddalik, qulaylik va do’stonalikni;
foydalanuvchining aniq vazifalariga moslashishining soddaligini;
joylashuvining ixchamligi va foydalanish sifatlariga yuqori bo'lmagan talablami;
yuqori ishonchlilik va yashovchanligini;
texnik xizmat ko‘rsatishning nisbatan sodda tashkil qilinishini.
AU ishining samarali tarkibi uning mahalliy hisoblash tarmoqlari doirasida ishchi stansiyalar sifatida faoliyat yuritishidir. Ayniqsa axborot-hisoblash resurslarini bir necha foydalanuvchilar o'rtasida taqsimlash talab qilinadigan variantlar maqsadga muvofiqdir. ShKdan aqliy terminal sifatida hamda markaziy ShK yoki tashqi tarrnoq resurslariga uzoqlashtirilgan holda kirish bilan foydalanish AIJning murakkabroq shaklidir. Bu holda bir necha ShKlar aloqa kanallari bo‘yicha asosiy ShKga ulanadi, shunda har bir ShK mustaqil terminal qurilma sifatida ishlashi ham mumkin.
Eng murakkabroq tizimlarda AIJ maxsus qurilmalar orqali nafaqat tarmoqning asosiy ShK. resurslariga, balki turli xildagi axborot xizmatlari va
504
16 - bob. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan ish joylarida foydalanish
umumiy foydalanishga mo‘ljallangan tizimlar (yangiliklar xizmatlari, milliy axborot izlash tizimlari, ma’lumotlar va bilimlar bazalari, kutubxona tizimlari va boshqalar)ga ulanishi mumkin.
Tashkil qilinayotgan AIJning imkoniyatlari ular asoslanadigan ShKning texnik foydalanish parametrlariga bog‘liq. Shu munosabat bilan AIJni loyihalashtirish chog‘ida axborotlami ishlab chiqish va uzatishning texnik vositalari, butlovchi modellaming majmui, tarmoqlari interfeyslaming bazaviy o‘lchamlari, qurilmalaming ergonomik o‘lchamlari talablarini e’tiborga olish kerak.
AIJning sintezi, uning konfiguratsiyasi, iqtisodiy va boshqaruv ishlarining haqiqiy turlari uchun uskunalami tanlash, qo'yilgan maqsadlar, ish hajmlari tomonidan qo‘yilgan talablarga ega. Ammo AJJning har qanday konfiguratsiyasi axborot, texnik, dasturiy ta’minlanishni tashkil qilishga nisbatan umumiy talablarga javob berishi kerak.
AIJning axborot jihatdan ta’minlanishi foydalanuvchi uchun aniq, oda- tiy muammo sohaga mo’ljallanadi. Hujjatlami ishlab chiqish axborotlaming shunday tarkiblashuvini ko‘zda tutadiki, u turli xildagi tizimlar bilan kerakli murakkab harakatlami bajarish, massivlardagi ma’lumotlarga qulay va tez tuzatishlami kiritishni amalga oshirishga imkon beradi.
AIJning texnik ta’minlanishi texnik vositalaming yuqori ishonchliligini, foydalanuvchi uchun qulay bo‘lgan ishning tartiblarini tashkil qilishni, berilgan vaqtda ma’lumotlaming kerakli hajmini ishlab chiqishga qodirligini kafolatlashi kerak. AU shaxsiy foydalanish vositasi bo'lganligi uchun yuqori ergonomik xususiyatlarga ega va xizmat ko‘rsatishning qulayligini ta’minlashi kerak.
Dasturiy ta’minlanish, eng avvalo, foydalanuvchining kasbiy darajasiga mo’ljallanadi, uning vazifaviy ehtiyojlari, malakasi va ixtisoslashuvi bilan bog’liq. Dasturiy muhit tomonidan foydalanuvchi istalgan tartibda faol yoki sust ishlashga o‘z xohishini doimo qo'llab-quwatlanishini his qilishi kerak. Texnika bilan ishlashda foydalanuvchining ustunligi shubhasizdir. Shu bois hain ulaming o‘zaro hamkorligida dasturiy vositalami takomillashtirish hisobiga inson mehnati qulayligining eng katta ta’minlanishi ko‘zda tutiladi.
Misol sifatida tijorat banklaridan birining «Qimmatbaho qog‘ozlarni boshqarish» AU axborot, dasturiy va texnologik imkoniyatlarini ko‘rib chiqamiz.
«Qimmatbaho qog‘ozlami boshqarish» AU quyidagi asosiy vazifalami hal qilishga imkon beradi:
hissadorlar registrini olib borish;
aksiyalar bo‘yicha operatsiyalami ro’yxatga olish;
dividendlami hisoblab chiqish;
hisobotlami shakllantirish;
tahliliy hisoblami bajarish va boshqalar.
«Qimmatbaho qog’ozlarni boshqarish» AIJning tarkibiy qismlariga quyidagilar kiradi:
ma’lumotlaming integratsiyalashgan bazalari;
axborotlami ishlab chiqish va natijalaming aks ettirilishini ta’minlovchi hisoblash algoritmlari majmui;
§ 16.1. Avtomatlashtirilgan ishjoyi
505
v) qurilgan ma’lumotnomaviy tizim;
g) matnli muharrir va kalkulyator.
AU qimmatbaho qog'ozlarni birlamchi joylashtirilishi va ikkilamchi ishlab chiqilishi bilan bog'liq operatsiyalami kompleks avtomatlashtirishga mo'ljallangan. U ma’lumotlaming yagona mujassamlangan me’yoriy ma’lumotnomaviy bazasi va hisoblash vazifalarining amalga oshiriladigan majmui bilan ishlashga mo'ljallangan.
Ma’lumotlaming integratsiyalashgan bazasi tezkor va me’yoriy hamda ma’lumotnomaviy axborotlarga ega. Hisoblash vazifalarini olib borish, tizimga ma’lumotlami kiritish va ulami tuzatishni boshqarish uchun rivojlangan ko'p bosqichli interfeysdan foydalaniladi. Qurilgan ma’lumotnomaviy tizim mutaxassisga dastur bilan ishlashda tizimdan chiqmay turib kerakli maslahatlami olishga imkon beradi.
Foydalanuvchining AU bilan ishlashi menyu orqali amalga oshiriladi. Asosiy menyu tizim vazifalariga kirishning ierarxik dialogli chizmasidan iborat bo'ladi. Bu menyuning moddalariga hissadorlaming reestri, tranzaksiyalar (aksiyalaming oldi-sotdi hujjatlari), dividendlar, tizimni sozlash, tahliliy hisob-kitoblar, servis vazifalari kiradi.
Me’yoriy-ma’lumotnomaviy axborotlar soliqlar jadvali, hissadorlaming klassifikatori va boshqalami o'z ichiga oladi. Hissadorlaming klassifikatori chiquvchi nusxalarni tayyorlashda hissadorlar haqidagi ma’lumotlami guruhga ajratish uchun alomatlarga ega. Foydalanuvchidan tizimga dialog paytida kelib tushgan axborotlar mazmuni bo'yicha u yoki bu operatsiyalami bajarishga buyruq yoki ma’lumotlar bo'ladi. Buyruqlar qo'p bosqichli menyu yordamida amalga oshiriladi, u foydalanuvchi kirishi mumkin bo'lgan ko'pgina harakatlami guruhchalarga yoki guruhlarga birlashtiradi. Ulaming majmui tizimida qabul qilingan qidirishlar va ishlar mantiqini aks ettiradi. Ma’lumotlar — bu ma’lumotlar bazasiga joylashtirilgan raqamli yoki matnli xarakterdagi axborotlardir. Ma’lumotlami kiritish ekranli shakllardan foydalanish bilan olib boriladi.
AIJning asosiy vazifasi tizim sozlangandan keyin bajariladi. Sozlash jarayonlarida hissadorlik jamiyatlarining rekvizitlari, aksiyalaming chiqarilishi va kirishga huquqlaming ma’nolari belgilanadi.
U yoki bu menyuni tashlash aksiyalaming egalari, ulaming manzilgohlari, shaxsiy hisob raqamlarining tartib sonlari, hisob-depozit nazorati, sertifikatorlami shakllantirish, bosib chiqarilishi va h.k. haqidagi ma’lumotlami kiritish va modifikatsiyalash uchun mo'ljallangan. Tizim, hissadorlar hisob raqamlaridan ko'chirmalar olish, istalgan davr uchun aksiyalaming harakati haqidagi yig'ma hujjatlar (hissadorlaming ro'yxati, ovoz berish uchun ro'yxatlar, aksiyalami taqsimlash, hisob raqamlari harakati, aksiyalami birlamchi joylashtirishjni shakllantirish va tayyorlashga imkon beradi.
Tizim ma’lumotlaming guruhlari, reestr, tranzaksiyalar, dividendlar bo'yicha tahliliy hisoblashlami bajaradi. Hisoblashlar turli xil guruhlarga ajratiluvchi alomatlaming kesmasida: aksiyalar va hissadorlaming turlari bo'yicha, hisobot
506
16 - bob. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan ish joylarida foydalanish
davrlari bo‘yicha bajariladi. Hisoblashlaming natijalari grafik ko‘rinishida beriladi.
Keyingi paytda bir necha muammo sohalarga xizmat ko’rsatuvchi bir shaklga keltirilgan AlJlami tashkil qilish tendensiyalari ko‘rina boshladi. Masalan, AIJ statistika zaminida tashkil qilingan AU tahlilchi majmuasi keyingisining imkoniyatlarini ancha kengaytiradi va ishlab chiqish, ilmiy tijorat tizimlari bozori sharoitlarida paydo bo‘layotgan talablarga ko‘proq darajada javob beradi. AIJ tahlilchi xizmatli vazifalaming kengroq majmui hal qilinishini amalga oshirilishiga imkon beradi.
«Shartnomalar, buyurtmalar, kontraktlar tizimidagi ekspress — tahlil» majmui mahsulotlar ayrim turlarining tannarxi, narxi, ishlab chiqilishi mumkin bo‘lgan hajmlari haqidagi tahliliy axborotlar bilan boshqaruv jarayonlarini ta’minlaydi. «Foydalaming shakllanishi, taqsimlanishi va ulardan foydalanishning tahlili», «Korxona moddiy-texnik va moliyaviy holatining tahlili», «Mehnat, ish haqi va ijtimoiy rivojlanishning tahlili», «Davlat budjetlari va xo‘jalik shartnomalarini bajarilishining tahlili» majmualari korxonalar haqidagi amaldagi qonunlaming tuzili-shiga mos keladi. Buning ustiga AU — tahlilchidan turli xildagi modellar bo‘yicha ishlovchi korxonalar uchun, unga daromadlami shakllantirishning barcha amaldagi chizmalari kiritilgan.
«Tashqi savdo faoliyatining tahlili» majmuasining dasturiy ta’minlanishi valyuta xarajatlari, ulaming samaradorligiga va davlat bilan hisob-kitoblami tahlil qilishga imkon beradi.
«Dinamik qatorlaming tahlili va bashorati», «Korrelyatsion-regression tahlil», «Tanlab olingan usul» majmualari ijtimoiy-iqtisodiy tahlilni strategik usuldan foydalanish bilan avtomatlashtirilgan holda amalga oshirishning imkoniyatini beradi.
«Servis dasturlari» majmuasi grafiklar va chizmalar ko‘rinishida ishlab chiqilgan axborotlami olishga, kiruvchi axborotlami tahlil qilishga, AI.T fayllarida saqlanayotgan ma’lumotlarga tuzatishlar kiritishga imkon beradi.
AU — tahlilchi ko‘p tartibli va ko‘p maqsadli majmuadan iborat bo‘lib, unda integratsion, tahliliy va axborotiy jarayonlar o‘z aksini va rivojlanishini topganlar. Unda ijtimoiy-iqtisodiy tahlil birlashadi, tezkor, buxgalteriya va Statistik axborotlarini ishlab chiqish amalga oshiriladi.
Axborotlami ishlab chiqishning barcha vazifaviy tartiblari AU — tahlilchida markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan axborot jihatdan ta’minlanishi asrida texnologik amalga oshirilishi mumkin.
AU — korxonalar va firmalar faoliyatining ko‘p bosqichli tahliliy vazifalarini ish joylari darajasida avtomatlashtirishning universal vositasi bo‘ladi, u amaliy dasturlar paketi majmuasi mavjudligida matematik tushunishning murakkabroq vazifalarini hal qilishga oson moslashadi.
§ 16.2. AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINI ISH JOYLARIDA QO'LLASHNING TEXNOLOGIK JIHATLARI
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish va ular asosida ish joylarini yuqori sifat darajasida tashkil qilish dolzarb muammolardan
§ 16.2, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ish joylarida qo'llash
507
hisoblanadi. Hozirgi kunda, mehnat tarkibi va xarakteriga, uni tashkil qilish jarayoni, bandlik tarkibi, mehnat sifati, ishdan qoniqish va boshqa omillarga axborotlashtirish jiddiy ta’sir ko'rsatmoqda.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari industriyasining milliy iq- tisodiyotda mustaqil tarmoq bo‘lib shakllanishi va rivojlanishi avvalo, ish joylarida ShK va axborotlami qayta ishlashning zamonaviy vositalariga o'tish bilan bog‘liq. Shuning uchun ham asosiy mehnat predmeti - axborotdir, mehnat vositasi esa ushbu industriyaning texnik vositalari hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari industriyasining ayrim bo'limlarida turli audio, video va boshqa shakldagi axborot mahsulotlari mehnat predmeti bo'lishi mumkin. Xalqaro miqyosda axborot faoliyatining mehnat predmeti milliy va jahon axborot resurslari hisoblanadi. Shuningdek, unga axborot industriyasining yuqorida keltiril-gan mehnat vositalaridan tashqari boshqa poligrafik vositalari ham kiradi.
Mehnat unumdorligini orttirishning istiqbolli yo‘llari mahsulot sifatini yuksaltirishning asosiy yo‘nalishlaridan sanaladi. U ishlab chiqa-rishning barcha jarayonlarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida kompleks va oqilona axborotlashtirishdan iborat.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga ikki nuqtai nazardan qaraladi: ya’ni interaktiv xizmatlar va foydalanuvchilar tomonidan. Foydalanuvchilar tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini amalga oshirish jarayonlari 16.3 - rasmda keltirilgan, chunonchi:
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini sotib olish muammolari;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish masalalari;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalar tovarlaridan foydalanish natijalarini baholash.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari industriyasining mahsulotla rini milliy iqtisodiyot tarmoq va sohalarida ishtirok etish shakli bo'yicha ikki guruhga ajratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |