Vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Loyihalashtirishning avtomatlashtirilgan tizimi



Download 3,04 Mb.
bet292/375
Sana04.02.2023
Hajmi3,04 Mb.
#907765
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   375
Bog'liq
Informatika va axborot texnologiyalari

Loyihalashtirishning avtomatlashtirilgan tizimi — loyihalashtirish ishlarini olib borishning ikkinchi, tez rivojlanayotgan yo‘lidir.
AAT va AATexni loyihalashtirishning avtomatlashtirish sohasidagi keyingi yillarda ichidagi yangi CASE (Computer-Aided Software/System Engineering) yo‘nalish shakllangan ShKni qo‘llash tizimlarini shiddat bilan kengayishi, infotizimlaming o‘sib borayotgan murakkabliklari, ularga talablaming oshib borishi, ulami yaratish texnologiyalarini sanoatlashtirish zaruriyatiga olib kelmoqda. Texnologiyalarrivojlanishida muhim yo‘nalish AAT vaAATexning mavjud bo‘lishlik davri va sifatini boshqarish tamoyillariga asoslanuvchi, murakkab avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini yaratishga va ulaming to‘liq mavjud bo‘lishlik davrini yoki uning bir qator asosiy bosqichlarini qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan kompleksli texnologiyalardan iborat bo'lgan integratsiyalashgan ko‘rgazmali vositalarini ishlab chiqishdir. Bu yo‘nalishdagi ishlaming bundan keyingi rivojlanishini bir qator konseptual yaxlitlikdagi, loyihalashtirish va variantlami amalga oshirishning yuqori darajadagi vositalari bilan jihozlangan, nusxa ko‘chi-rishning sifati va osonligi bo‘yicha dasturiy mahsulotlarni yuqori darajaga yetkazilgan texnologik tizimlami yaratishga olib keldi, ular CASE-tizimlar yoki CASE- texnologiyalar nomini oigan.
Hozirgi vaqtda CASEning umumiy qabul qilingan ta’rifi mavjud emas. Ushbu tushunchaning mazmuni odatda CASE yordamida yechiladigan vazifalaming ro‘yxati hamda qo'llaniladigan usullar va vositalaming yig‘indisi bilan belgilanadi. CASE-texnologiya AATni tahlil qilish, loyihalashtirish, ishlab chiqish va kuzatib borish usullarini avtomatlashtirishning o‘zaro bog‘liq vositalarimajmuasi bilan qo‘llab-quwatlovchiyig‘indisidan iborat. CASE — tahlilchilar, ishlab chiquvchilar va dasturlovchilar uchun ATni loyihalashtirish va ishlab chiqish jarayonlarini avtomatlashtirishga imkon beradigan, AAT va AATexni yaratish va kuzatib borish amaliyotiga mustahkam kirib borgan vositadir. Bunda CASE-tizimdan nafaqat AAT va AATexni ishlab chiqish uchun kompleksli texnologik konveyerlar sifatida, balki muammo sohaning tarkibiy tahlili, zamonaviy dasturlash tillari vositalarini xususiyati, loyihali hujjatlami chiqarish, loyihani amalga oshiril ishini testlardan o‘tkazish,




488


15 - bob. Iqtisodiy axborot tizimlari va texnologiyalarini ishlab chiqish asoslari


ishlab chiqishlami rejalashtirish va nazorat qilish, resurslami tezkor va strategik rejalashtirish, boshqarish vazifalarining hal qilish maqsadlarida, ish bo‘yicha ilovalami modellashtirish kabi tadqiqotlami va loyihalash vazifalarini hal qilishning qudratli vositasi sifatida ham foydalaniladi.
CASE-texnologiyaning asosiy maqsadi AAT va AATexlarni loyihalashtirishni kodlashtirish va bundan keyingi ishlab chiqish bosqichlaridan ajratish hamda tizimni ishlab chiqish va faoliyat yuritish jarayonlarini eng ko‘p avtomatlashtirishdan iborat.
CASE-texnologiyalardan foydalanishda avtomatlashtirilgan tizimlar va texnologiyalaming mavjud bo‘ lishlilik davrining barcha bosqichlarida ishlami olib borish texnologiyalari o‘zgaradi, bunda tahlil qilish va loyihalashtirish bosqichlarida eng ko‘p o‘zgarishlar ro‘y beradi. Ko‘pgina zamonaviy CASE- tizimlarda ko‘rgazmali diagrammali texnologiyalarga asoslangan tarkibiy tahlil qilish va loyihalashtirish uslubiyati qo‘llaniladi, bunda loyihalashtirilayotgan AAT va AATex modelini ta’riflash uchun kataklar, diagrammalar, jadvallar va chizmalardan foydalaniladi. Bunday uslubiyatlar loyihalashtirilayotgan tizimning aniq va ko‘rgazmali ta’rifini ta’minlaydi, u umumiy ko‘rib chiqishdan boshlanadi va tobora ko‘proq darajalaming ierarxik tuzilishiga ega bo‘la turib, batafsil tekshiriladi.
CASE-texnologiyalar amalda barcha turdagi AATni loyihalashtirish uchun qo‘llaniladi, ammo ular ishga tegishli va tijorat AATni ishlab chiqishni ta’minlash sohasida barqaror o‘rinni egallaydi. CASE-texnoIogiyalami keng qo‘llash bu amaliy sohaning ommaviyligi bilan asoslanadi, unda CASE nafaqat AATni ishlab chiqish, balki tijorat tuzilmalarini strategik rejalashtirish vazifalarini yechishga, moliya sohasini boshqarishga, firmalar siyosatini belgilashga, xodimlami o‘qitishga va boshqa ishlarga yordam beruvchi tizimlar modellarini yaratish uchun ham qo‘llaniladi. Bu yo‘nalish — biznes-tahlil nomini oigan. Masalan, yuqori sifatli bank tizimini tcz va samarali ishlab chiqish uchun moliyachilar borgan sari ko‘proq CASE-texnologiyalaming yordamiga murojaat qilmoqda. CASE-texnologiyalarning tezroq tatbiq etilishiga, shuningdek, bank ti-zimlarining murakkablashuvi ham yordam bermoqda.
CASE — AAT loyihalashtirishni avtomatlashtirishning informatik emas, balki avvallari ko‘rgazmali yoki texnologik deb atalgan vositalaming butun sohasining tabiiy evolyutsion rivojlanishi natijasidir. Tarkibiy tizimli tahlil va loyihalashtirish uslubiyatlarini qo‘llab-quvvatlash asosiy jihatlardan biri sanaladi.
Awal boshidanoq CASE-texnologiyalarni rivojlantirishdan maqsad qoTlab-quvvatlovchi vositalami avtomatlashtirish va integratsiyalash hisobiga 1960-1970-yillardagi loyihalashtirishning tarkibiy uslubiyatlaridan foydalanishda cheklashlar tushunishning qiyinligi, foydalanishdagi ko‘p mehnat talab qilish va qimmatligi, loyiha xususiyatlariga o‘zgartirish kiritishning qiyinligini bartaraf qilishdir. Shunday qilib, CASE-texnologiyalarni mustaqil uslubiyatlar deb hisoblash mumkin emas, ular faqat tarkibiy uslubiyatlami rivojlantiradi va avtomatlashtirish hisobiga ulami qo‘llashni samaraliroq qiladi.




§ 15.5. Avtomatlashtirilayotgan masalaning qo'yilishi texnologiyasi


489


Tarkibiy uslubiyatlami avtomatlashtirishdan tashqari, tizimli va dasturiy injeneriyalaming zamonaviy usullarini qo'llash imkoniyatlarining natijasi sifatida, CASE-texnologiyalar quyidagi asosiy afzalliklarga ega:

  • avtomatlashtirilgan nazorat (eng avvalo, loyiha nazorati)ning vositasi hisobiga yaratilayotgan AAT (AATex)ning sifatini yaxshilaydi;

  • qisqa vaqt ichida bo‘lg‘usi AAT (AATex)ning namunasini yaratishga imkon beradi, bu dastlabki bosqichlardayoq kutilgan natijalami baholashga imkon beradi;

  • tizimli loyihalashtirish va ishlab chiqish jarayonlarini tezlashtirish;

  • ishlab chiquvchi butunlay ishlab chiqishning ijodiy qismiga diqqatini jalb qilishga imkon bergan holda, uni eskilikka xos ishdan ozod qiladi;

  • AAT (AATex)ni ishlab chiqishning rivojlanishini va foydalanuvchi texnologiyalami qo‘llab-quvvatlaydi;

  • ishlanmalarning tarkibiy qismlaridan qayta foydalanuvchi texnologiyalami qo‘llab-quvvatlaydi.

Ko'pgina CASE-vositalar «uslubiyati (usul) vosita» nomini oigan ilmiy yondashishga asoslangan. Uslubiyat ishlab chiqilayotgan AAT loyihasini baholash va tanlash uchun boshqaruvchi ko‘rsatmalar, ishning bosqichlari va belgilash qoidalarini shakllantiradi.
Hozirgi vaqtga kelib, CASE-texnologiyalar turli yo‘nalishdagi yuzlab firmalar va kompaniyalarni birlashtiruvchi qudratli CASE — sanoatini tashkil qilishga olib keluvchi mustaqil, ko‘p ilmni talab qiluvchi yo‘nalishda shakllangan. Ular orasida distribyuterlik va dilerlik firmalarining keng tarmog‘iga ega AAT va AATexni tahlil qilish va loyihalashtirish vositalarini ishlab chiquvchi kompaniyalar; tor muammoli sohalar yoki AAT mavjud bo'lishlik bosqichining ayrim bosqichlariga mo‘ljallangan maxsus vositalami ishlab chiquvchi firmalar; seminarlar va mutaxassislar tayyorlash kurslarini tashkil qiluvchi, o‘qituvchi firmalar; aniq AATni ishlab chiqish uchun CASE — paketlaridan foydalanishda amaliy yordam ko‘rsatuvchi konsalting firmalari; CASE-texnologiyalar bo‘yicha davriy jumallar va byulletenlar chiqaruvchi, ixtisoslashtirilgan firmalar mavjud.
§ 15.5. AVTOMATLASHTIRILAYOTGAN
MASALANING QO'YILISHI TEXNOLOGIYASI

Foydalanuvchi tomonidan avtomatlashtirilayotgan vazifaning qo'yilishi undan operatsiyalar majmuasini, ularning o'zaro aloqalari mantiqi bilan belgilovchi izchillikda bajarilishini talab qiladi, bu ushbu jarayonning texnologiyasini o'zida aks ettiradi. Misol sifatida «Supermarketda tovarlar bo‘yichafoyda va zararlarning tezkor tahlili» vazifasi qo'yilishini ko'rib chiqamiz:

Download 3,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   375




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish