Foydalanuvchining bilimlari — bu foydalanuvchi tizim bilan ishlashda bilishi lozim bo‘lgan narsalardir. Ularga nafaqat foydalanuvchi miyasida bo‘lgan xatti-harakatlar rejasi, balki kompyuter beradigan darsliklar, ko‘rsatmalar, ma’lumotnoma xabarlariga ham oiddir. Qarorlarni qabul kilishni qo'llab-quvvatlash tizimi interfeysini takomillashtirish ko‘rsatilgan uch kompyuterlardan har birining rivojlanishidagi yutuqlar bilan belgilanadi. Interfeys quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lmog‘i lozim:
foydalanuvchi tanlovi bo‘yicha qarorlami qabul qilish jarayonida o'zgartirgan holda muloqotning turli shakllarini manipulyatsiya qilish;
ma’lumotlami turli usullarda tizimga uzatish;
tizimning turli asbob-uskunalardan xilma-xil shakllarda ma’lumot olishi;
foydalanuvchi bilimlarini qo‘llab-quvvatlash (so'rov bo'yicha yordam ko‘rsatish; bilmaganlarini aytib berish).
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining kundan kunga rivojlanib borishi ulardan milliy iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalarida samarali foydalanish uchun zamin yaratib bermoqda. O'Z-O'ZINI NAZORAT VA MUHOKAMA
QILISH UCHUN SAVOLLAR Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari nima uchun xizmat qiladi?
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining asosiy elementlarini keltiring.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qanday belgilar asosida tavsiflanadi?
Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari qanday xususiyatlarga ko‘ra tavsiflanadi?
Integrallashgan paketlar o‘z tarkibiga qanday texnologiyalami qamrab oladi?
Multimedia-texnologiya deb nimaga aytiladi?
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining taraqqiy etib borish bosqichlarini aytib bering.
Kommunikatsiyalar tizimi deganda nimani tushunasiz?
Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari hal etadigan vazifalami aytib bering.
Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari evolyutsiyasini aytib bering.
EHMlar nechta avlodga bo'linadi va nimalari bilan o'zaro farq qiladi?
Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarining rivojlanib borish tendensiyalari nimalar bilan izohlanadi ?
- BOB. MA’LUMOTLAR BAZALARI VA BANKLARI
§ 13.1. MA’LUMOTLAR BAZALARI VA BANKLARI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR
§ 13.2. MA'LUMOTLARNING AVTOMATLASHTIRILGAN BANKLARI § 13.3. MA’LUMOTLAR BAZASINI BOSHQARISH TIZIMLARI § 13.4. ACCESS MA’LUMOTLAR BAZASINI BOSHQARISH TIZIMIDA MA’LUMOTLAR BAZASINI YARATISH TEXNOLOGIYALARI
O'ta o'qimishli, ruhan bardam va jismonan baquvvat kishilargina istiqlol va taraqqiyotyo'lini bosib o'ta oladi.