Shtrixli kodlashtirishni qo‘llash texnologiyasi va sohalari
Shtrixli kodlashtirish axborotlami optik sanash usulidan foydala-nuvchi avtomatik tenglashtirishning turlaridan bin bo‘ladi. U sanashning ikkilamchi tizimi tamoyiliga asoslanadi: axborot 0 va Ining izchilligi sifatida eslab qolinadi. Keng chiziqlar va keng oraliqlarga mantiqiy miqdor 1, torlariga 0 beriladi. Shu munosabat bilan shtrixli kodlashtirish keng va tor, qora va erug‘ yo‘llami navbatma-navbat kelishi yordamida kodni qurish usulidir.
Shtrixli kodlaming quyidagi turiari mavjud:
UPC — universal tovar kodi; AQShda ishlab chiqilgan va Amerika qit’asi mamlakatlarida qo'llaniladi;
EAN — tovar kodi; Evropada UPC asosida qurilgan. Hozirgi vaqtda xalqaro tashkilotlar (EAN International) maqomini olgan tovar raqamlarining Evropa assotsiatsiyasi nomiga to‘g‘ri keladi.
UCC/EAN — yagona standartlashtirilgan shtrixli kodi; AQSh va Kanada (Uniform Code Council) va EAN International tashkilotlarining birgalikdagi harakatlari bilan tashkil etilgan.
EAN va UCC/EAN jahonning ko‘pgina mamlakatlarida qo‘llaniladi.
Turlariga ko‘ra quyidagi shtrixli kodlar farqlanadi: UPC-12, EAN-13, EAN-14, EAN-87 UCC/EAN-128.
UPC-12 o‘n ikki razryadli koddir. Kodning tuzilishi: kodning birinchi raqami — raqamlashtirish tiziminnng belgisi; beshta raqam — ishlab chiqaruvchining raqami; keyingi beshtasi — mahsulotning kodi; oxirgisi raqam nazorati bo‘ladi.
UPC-12 kodining misoli 3.14-rasmda berilgan.
Keltirilgan misolda: 3 - AQShdagi dori-darmonlaming kodi, 00025 — ishlab chiqaruvchining kodi, 00234— mahsulotning kodi, 9-nazorat raqami.
3 00 025 OO 234 9
3.14 - rasm. UPC-12 kodining misoli.
Axborotlami shtrixli kodlashtirishdan maqsad, tovami iste’molchi tomon harakatlanishi ortidan kuzatishning haqiqiy imkoniyatini ta’minlovchi, uning axborotli xususiyatlarini aks ettirishdan iborat bo'ladi, u ishlab chiqarishni boshqarish samaradorligini oshirish bilan bog'liq.
Shtrixli kodlami tatbiq etishning zaruriyati yetkazib berishning g‘oyatda katta hajmlaridan, ya’ni tovarlaming juda katta sonidan kelib chiqqan, bu
§ 3.7. Klassifikatorlar, kodlashtirish va ulami qo'llash texnologiyasi
139
o‘zi ortidan axborotlarning amalda boshqarilmaydigan oqimini, o'zaro bog‘liq korxonalar va tashkilotlaming hududiy tarqoqligini, idishlar va ilova hujjatlarida tovaming xususiyatlari haqidagi axborotlarning yetishmasligini, mahsulotni yetkazib beruvchilarda tovami xaridorga kelib tushganligi haqida ishonchli va o‘z vaqtidagi axborotlarni mavjud bo‘lmasligiga olib keladi.
Shtrixli kodlardan foydalanish yagona tovar bozorida ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilaming o‘zaro bog‘liq sheriklaming butun zanjiri bo'yicha yagona koddan foydalanish yo‘li bilan xaridorlarni vijdonsiz ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilardan himoyalash, axborot oqimlarini so'rov bo‘yicha va har qanday obyektni tenglashtirish asosida vaqtni haqiqiy qo’llashda boshqarish hamda axborotlarni, elektron almashtirish usullari va vositalari yordamida ham tashkilot ichida va ham tashkilotlar orasida almashtirish faoliyatini ta’minlaydi.
Axborotlarni shtrixli kodlashtirish tizimi shtrixli kodlar turlarining majmuasi va axborotni manbalarga ko’chirishning texnik vositalaridan, bosib chiqarish sifatining verifikatsiyalari, manbalardan, o‘qishdan hamda ma’lumotlami oldindan ishlab chiqishdan iborat bo‘ladi.
Shtrixli kodlarni axborot manbalari (qog‘oz, o‘zi yelimlanadigan plyonka, metall, sopol, to’qima mato, plastmassa, rezina va boshqalar) ga ko‘chirishning asosiy texnik vositalari (shtrixli kodlaming andozalari) ishlab chiqish uchun uskunalar, turli xilda harakat qiluvchi komplekt bosib chiqaruvchi uskunalardan iborat bo‘ladi.
Shtrixli kodlarni bosib chiqarishning sifatini verifikatsiyalash yoki nazorat qilish tegishli dasturiy vositalar bilan jihozlangan ixtisoslashtirilgan uskunalar bilan amalga oshirilishi mumkin.
Shtrixli kodni axborot manbalaridan o‘qish uchun har xil turdagi skanerlovchi qurilmalardan: kontaktli qalamlar va skanerlar; lazerli skanerlar va axborotlarni masofadan turib o’quvchi mobil terminallardan foydalaniladi. Mobil terminal axborotlar ma’lumotlami oldindan ishlab chiqish manbalarini o’qishdan tashqari, ulami bundan keyingi umumlashtirish va tahlil qilish uchun kompyuterga uzatilishini ham ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |