Shaxsiy kompyuter - bu texnik vositalar majmui bo‘lib, u hisoblash va ma’lumotli masalalarni yechish jarayonida axborotlarni avtomatik o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan.
ShKni funksional imkoniyatlari quyidagi muhim texnik-ishlatish tavsiflar bilan o‘zaro bog‘langandir:
birlik vaqt ichida mashina tomonidan bajariladigan amallarni o‘rtacha miqdori bilan o‘lchanadigan tezkorliligi;
ShK amallar bajaradigan sonlarni razryadliligi va tasvirlash shakllari;
barcha xotirada saqlash qurilmalarini atamalari, sig‘imi va tezkorliligi;
ma’lumotlarni tashqi saqlash, almashish va kiritish-chiqarish qurilmalarini ro‘yxati va texnik iqtisodiy tavsiflari;
aloqa va ShK uzellarini o‘zaro ulanish qurilmalarini turlari va o'tkazish qobiliyati;
ShKning bir vaqtning o'zida bir nechta foydalanuvchilar bilan ishlash va bir vaqtning o‘zida bir nechta dasturlarni (ko‘p dasturlik) bajarish qobiliyati;
mashinada ishlatiladigan operatsion tizimlarning turlari va texnik- ishlatish tavsiflari;
dasturli La'iiiinotning mavjudligi va funksional imkoniyatlari;
boshqa turdagi ShKlar uchun yozilgan dasturlarni bajarish qobiliyati;
mashina buyruqlarini tizimi va tarkibi;
aloqa kanallariga va hisoblash tarmoqlariga ulanish imkoniyati;
ShKni ishlatish ishonchligi;
vaqt bo‘yicha ShKni foydali ishlatish koeffitsiyenti, bu vaqt foydali ishlash vaqt va profilaktika vaqtni nisbati bilan aniqlanadi.
Yaratish bosqichlari va ishlatilayotgan element bazasi bo‘yicha EHM shartli ravishda avlodlarga bo‘linadi:
avlod, 50-yillar: elektron-vakuumli lampalardagi EHM;
avlod, 60-yillar: diskret yarim o‘tkazgichli asboblardagi (tranzistorlardagi) EHM;
avlod, 70-yillar: kichik va o‘rtacha darajadagi zichlikdagi (bitta korpusda yuzlab-minglab tranzistorlar) yarim o‘tkazgichli integral sxemalardagi EHM ( integral sxema - maxsus vazifali elektron sxema
§ 4.3. Shaxsiy kompyuterlaming tasnifi, yaratilish bosqichlari
153
bo‘lib, u bir butun yarim o‘tkazgichli kristall ko'rinishida bajarilgan, bu kristall ko‘p sonli diodlar va tranzistorlami birlashtiradi);
avlod, 80-yillar: katta va o‘ta katta integral sxemalarda - mikroprotsessorlarda EHM (bitta kristallda o‘n ming-millionlab tranzistorlar);
avlod, 90-yillar: bilimlarni qayta ishlaydigan samarali tizimlarni qurishga imkon beradigan ko‘plab o‘nlab parallel ishlaydigan mikroprotsessorlardagi ShK; parallel-vektor tarkibli o‘ta murakkab mikroprotsessordardagi ShK, ular bir vaqtning o‘zida dasturni o‘nlab ketma-ket ko‘rsatmalarini bajaradi;
va keyingi avlod: ommaviy parallelizmli va “neyron” strukturali optoelektron EHM-neyronli biologik tizimlarni arxitekturasini modellashtiruvchi ko‘p sonli murakkab bodmagan mikroprotsessorlami taqsimlangan tarmoqli EHM.
Har bir keyingi avlod EHM o'zidan oldingisiga nisbatan sezilarli yaxshi tavsiflarga egadir. EHM va hamma xotirada saqlash qurilmalarini unumdorligi, odatda, bir tartibdan yuqoriroq oshadi.
0‘lchamlari va funksional imkoniyatlari bo‘yicha EHMlami quyidagicha bo‘lish mumkin: o'la katta (super EHM), katta, kichkina, o‘ta kichkina (mikro EHM).
Tarixan birinchi bo‘lib katta EHM paydo bo‘lgan, ularning element bazasi elektron lampalardan juda yuqori darajali integratsiyali integral sxemalargacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi.
Birinchi katta ENIAK EHM (Electronic Numerical Integrator and Computer) 1946 yilda yaratilgan. Bu mashina 50 tonnadan og‘irroq edi; sekundiga bir necha yuzlab amal tezkorlilikka ega edi; tezkor xotira sig‘imi 20 ta son edi; 100 kvadrat metrdan oshiqroq katta zalni egallagan edi.
Katta EHM unumdorligi bir qator masalalarni yechish uchun yetarli bo'lmay qoldi: meteoholatni oldindan aytib berish, murakkab mudofaa kompleks-larini boshqarish, ekologiya tizimlarini modellashtirish. Bu super EHMlami ishlab chiqish va yaratish uchun shart-sharoit yaratib berdi, ular hozirda ham jadal rivojlanayotgan eng kuchli hisoblash tizimidir.
70-yillarda kichkina EHMlarning paydo bo‘lishi, bir tomondan, elektronli element baza sohasidagi taraqqiyot bilan, ikkinchi tomondan esa - bir qator ilovalar uchun katta EHMlarni resurslarini oshiqchaligi bilan bog‘langandir. Kichkina EHMlar ko‘pincha texnologik jarayonlami boshqarish uchun ishlatiladi. Ular juda ixchamdir va katta EHMga nisbatan sezilarli darajada arzonroqdir.
Element bazasi va arxitektura yechimi sohasidagi kelgusidagi muvaf- faqiyatlar supermini EHM paydo boMishiga olib keldi - bu arxitekturasi, oMchamlari va narxi bo‘yicha kichkina EHM sinfiga, lekin unumdorligi bo‘yicha katta EHMga tenglashadigan hisoblash mashinasidir.
154
4-bob. Texnik vositalar va ulaming rivojlanib borish istiqbollari
§ 4.4. SHAXSIY KOMPYUTERLARNING TUZILISHI
Quyida shaxsiy kompyuterning asosiy va qo‘shimcha qurilmalarini kengroq ko‘rib chiqamiz (4.7 - rasm).
Mikroprotsessor aslida bitta juda katta integral sxemaga joylashgan miniatyurali hisoblash mashinasini aks ettiradi. Kremniy asosidagi bitta kristallda yuqori chastotali va murakkab ko‘p bosqichli texnologik jarayon yordamida bir necha million tranzistorlar va boshqa elektron elementlar, birlashtiruvchi simlar va tashqi kontaktlami ulovchi nuqtalar yaratilganligini bildiradi.
Mikroprotsessor har qanday hisoblarni va axborotlarni qayta ishlash vazifalarini bajaradi. Shuningdek, yuzlab turli xil operatsiyalami bajaradi va bu vazifalami sekundiga o‘n million va hattoki, yuz million operatsiyalar bajarish tezligida amalga oshiradi.
ShKning asosiy parametrlariga quyidagilar kiradi: bajariladigan komandalar to‘plami, razryadligi, takt chastotasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |