Tovarni sotishga tayyorlash. Sotishga tayyorlash jarayonlarida shunday vaziyatlar vujudga kelishi mumkinki, unda tovar konteyner yoki idishning ichida yagona o'ramga ega bo‘ lishi yoki sochma bo ‘ lishi mumkin. Agar tovar yagona idishga ega bo‘lsa, bu holda unga shtrixli kod EAN-13 tushirilgan bo‘lishi shart emas. Kerak bo‘lganda omborchi texnik qurilma yordamida tovarlarni markirovkalanshi amalga oshiradi.
Tovar sochma holda kelib tushganda u kichik partiyalarda idishlarga joylashtiriladi, o‘lchanadi va idishlarga EAN-13 kod tushiriladi. Shunday tartibda tayyorlangan tovar savdo zaliga uzatiladi.
Savdo zali. Savdo zalida xaridor kerakli mahsulotlami aravachaga yig‘adi va haq to‘lash uchun kassir-nazoratchining oldiga boradi. Kassir- nazoratchining ish joyi shtrixli kodlarni o‘qish uchun kassa apparatiga ulangan skaner biian jihozlangan. Kassa apparati, o‘z navbatida, kompyuter biian ulangan, uning xotirasiga barcha mavjud tovarlaming shtrixli kodlari va ulaming do‘kon tomonidan belgilangan tegishli narxlari kiritilgan. Kassir kassa apparatida skanerli qurilmadan foydalangan holda xaridning qiymatini tekshiradi. Kassir-nazoratchining ish joyi 3.15-rasmda berilgan.
Tovarlarning savdo zali va omborda mavjudligining tezkor nazorati.
Mahsulotga buyurtmalar kelib tushganda kompyuter yetkazib berishning predmeti va u joylashgan yemi identifikatsiyalaydi. Shtrixli kodlar o‘qiladi va har bir buyurtma biian solishtiriladi. Kamyoblar va farq qilishlar aniqlanadi, keyin tegishli buyurtmaga avtomatik ravishda tovarni ombordan savdo zaliga harakatlanishi uchun yuk xati beriladi. Tezkor nazorat sotuvning
§ 3.7. Klassifikatorlar, kodlashtirish va ulami qo'llash texnologiyasi
1141
hajmi, ombordagi tovar zaxiralari va ulaming savdo zalida mavjudligi, sotish narxlarining bozordagi vaziyatlarga ko‘ra o‘zgarish haqidagi axborotlami olishga imkon beradi. Tovarshunoslar, omborchilar, kassir-nazoratchilar, do‘konning rahbar xodimlari(direktor, xisobchi, menejer)ning ish joylari yagona hisoblash tarmog‘iga ulanadi.
3.15-rasm. Kassir-nazoratchining ishjoyi.
Supermarketda shtrixli kodlashtirishni qo'llash mahsulotlami qidirish, saqlash, yetkazib berish, ro'yxatga olishga mehnatni sarflanishi, xarajatlar kamayishi va ko'pgina mutaxassislar faoliyatini muvofiqlashtirish hisobiga katta samara beradi; hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirish bilan band bo'lgan boshqaruv xodimlari qisqarishiga olib keladi; mahsulotlar harakatlanishining barcha operatsiyalaridan tovaming o'tish vaqti qisqarishi asosida mahsulotlami sotish va tovar aylanishi hajmi ko'payishiga ko'maklashadi.
Supermarketdan tashqari, shtrixli kodlardan kutubxonalarda kitobxonlik biletlari va kitoblami identifikatsiyalash, tibbiyotda qon quyish bekatlarida, donorlar va qonning ta’riflarini identifikatsiyalash uchun foydalanilmoqda. Istiqbolda shtrixli kodlami qo'llash xalqaro darajaga yaqinlashadi.
Xalkaro darajada shtrixli kodlar nafaqat savdo sohasiga tatbiq etilgan. BMTning rasmiy elektron ma’lumotnomasida shtrixli kodlashtirishdan foydalanishning quyidagi sohalari belgilangan: hisob, bojxona nazorati, nafaqa bilan ta’minlash, sog'liqni saqlash, ijtimoiy sug'urta, sud amaliyoti, ishga joylashtirish, statistika, qurilish, moliya, sanoat tizimi, savdo bitimlari va boshqalar. Hozirgi vaqtda shtrixli kodlar qishloq xo'jaligi va baliqchilik sanoati (Niderlandiya), atrof-muhitni saqlash (Singapur), tangalar va qog'oz
142
3 - bob. Milliy iqtisodiyotdagi axborot jarayonlari
pullar o‘ramlarini identifikatsiyalashda (Daniya), telefon schotlarini haq to‘lash uchun taqdim etish (Kosta-Rika), yuk tashishda temir yo'llar bo‘yicha yuklar harakatini kuzatishda (Yangi Zelandiya) qo'llanilmoqda.
Shtrixli kodlashtirish tizimini rejalashtirish imkoniyatlari hali butunlay tugagani yo‘q:
ma’lumotlarni tezkor yig‘ish tizimi ham ma’lumotlarni yig‘ish nuqtalari sonining oshishi yo‘li bo‘yicha, ham shtrixli kodlarni o'qitishning takomillashtirilgan tizimlaridan foydalanish yo‘nalishi bo'yicha rejalashtirishi mumkin. Masalan, harakat doirasi 12—15 metrlar bo‘lgan kichik radio uzatkichlar o‘matilgan lazerli skanerlardan foydalanish mumkin;
kelajakda ma’lumotlarni elektron usulda almashtirish uchun temir yo‘lning turlarga ajratuvchi bekatlarida, transportning avtomobil, havo, dengiz va daryo turlariga nazoratli axborot bekatlarini o'rnatish bilan aloqaning yo'ldoshli kanallaridan foydalanish ko‘zda tutilmoqda.
O'Z-O'ZINI NAZORAT VA MUHOKAMA
QILISH UCHUN SAVOLLAR
Axborotga bo'lgan ehtiyoj deganda nimani tushunasiz?
Axborot degandan nimani tushunasiz?
Iqtisodiy axborot deganda nimani tushunasiz?
Axborot zaxiralariga nimalar kiradi?
Axborot sanoati deganda nimani tushunasiz?
Iqtisodiy axborotlarni tasniflanishini aytib bering.
Axborotning muhim jihatlarini keltiring.
Axborotning xususiyatlarini aytib bering.
Axborot o’lchov birlikianga nimalar kiradi?
Qarorlar qabul qilishda axborotlarning tutgan o‘rnini tushuntirib bering.
Axborot narxiga ta’sir etuvchi omillarni aytib bering.
Boshqaruv tizimining modeli deganda nimani tushunasiz?
Qanday resurslarni bilasiz?
Axborotni tavsiflovchi jihatlarini keltiring.
Axborot resurslari tarkibiga nimalar kiradi?
Axborot sanoati deganda nimani tushunasiz?
Tashkilotning axborot resurslarini shakllantirishning manbalarini aytib bering.
Jahon axborot bozori tarkibiga nimalar kiradi?
Axborot resurslarining o‘ziga xos xususiyatlarini keltiring.
Foydalanuvchilarning axborotga qoniqishida qanday mezonlarga bog'liq bo‘ladi?
Axborotning sifat xususiyatlariga nimalar kiradi?
Axborotlarni tejash yo'llarini keltiring.
- BOB. TEXNIK VOSITALAR VA ULARNING RIVOJLANIB BORISH ISTIQBOLLARI
§ 4.1. TEXNOLOGIK TA’MINOT TUSHUNCHASI, MAQSADI VA VAZIFALARI
§ 4.2. TEXNIK VOSITALARNING UMUMIY TA’RIFI
§ 4.3. SHAXSIY KOMPYUTERLARNING TASNIFI, YARATILISH BOSQICHLARI
§ 4.4. SHAXSIY KOMPYUTERLAR TUZILISHI
§ 4.5. MA’LUMOTLARNI KIRITISH QURILMALARI
§ 4.6. MA’LUMOTLARNI CHIQARISH QURILMALARI
Ilm va tafakkur odamlar qalbiga nur, ongiga ziyo, xonadoniga fayz-baraka keltiradigan buyuk mo'jizadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |