Tartibli tizimni qurishda, nomenklaturaning barcha pozitsiyalari kichik alomat bo‘yicha katta alomatlami hisobga olmasdan kodlashtiriladi. Barcha pozitsiyalarga tartib raqamlar o‘tkazib yuborilmasdan beriladi. Bu kod kam belgili, qurilishi bo‘yicha sodda, ammo unda faqat kichik alomat hisobga olingan, bu katta alomat bo'yicha natijalami avtomatik olishni qiyinlashtiradi. Ushbu tizimning boshqa kamchiligi nomenklaturada zaxirali pozitsiyalaming yo‘qligidir. Shu bois ham tartibli tizim cheklangan qo‘llanishga ega va bar- qaror bir alomatli nomenklaturalami kodlashtirishda foydalaniladi.
Seriyali tizim tartibli tizimni eslatadi, ammo u bilan ikki yoki undan ortiq alomatni, ya’ni ikki va undan ortiq nomenklaturani kodlashtirish mumkin. Nomenklaturalaming katta alomatlariga ega har bir guruhiga raqamlar seriyasi beriladi. Seriyali tizim nomenklaturaning katta alomatlari uchun zaxirali raqamni ko‘zda tutadi. Agar bu tizim mashinaning xotirasida katta/alomatlami ta’riflovchi raqamlar seriyasining raqamli miqdori bo‘lsa, ShKda ishlab chiqish uchun qulaydir. ShK barcha katta alomatlaming kodlanishini va guruhlovchi alomatlar bo‘yicha yig‘ma natijalaming olinishini ta’minlaydi. Seriyali tizim quyidagi izchillikda bajariladi:
guruhlovchi alomatlaming soni aniqlanadi;
har bir guruhlovchi alomatdagi pozitsiyalaming soni belgilanadi;
katta alomatlarga zaxirani hisobga olish bilan raqamlar seriyasi beriladi;
katta alomatlar raqamlari seriyalari doirasida zaxirani hisobga olish bilan tartibli kodlashtirish o‘tkaziladi;
klassifikator tuziladi.
§ 3.7. Klassifikatorlar, kodlashtirish va ulami qo'llash texnologiyasi
133
Kodlashtirishning pozitsion tizimida har bir alomat aniq ajratiladi va unga belgililigiga muvofiq bitta yoki bir necha razryadlar ajratiladi. Keyin har bir alomat 1, 01, 001 va h.k.dan boshlab alomatning belgililiga ko‘ra alohida kodlashtiriladi. Bu kod ShKda barcha kerakli natijalaming ajratilgan alomatlariga ko‘ra avtomatik shakllanishini ta’minlaydi.
Kombinatsiyalashtirilgan tizim pozitsion singari nomenklaturaning barcha alomatlarini aniq ajratishni ko‘zda tutadi. Ammo bunda har bir alomat istalgan tizim: tartibli, seriyali, yoki pozitsion bo‘yicha kodlashtirilishi mumkin. Kombinatsiyalashtirilgan tizim moslashuvchan va iqtisodiy vazifalami hal qilishda keng qo’llaniladi, chunki barcha kerakli natijalami ajratilgan alomatlarga muvofiq avtomatik olinishini ta’minlaydi.
Kodlashtirishning pozitsion va kombinatsiyalashtirilgan ishlab chiqish izchilligi quyidagicha:
guruhlovchi alomatlarning soni va ularni birgalikda tobe bo'lishi aniqlanadi;
har bir guruhlovchi alomatdagi pozitsiyalaming soni belgilanadi;
avval katta alomatlami, keyin katta alomatlar ichidagi alomatlar tartib raqamlarini, uning katta alomati doirasidagi kichik alomat miqdoriga muvofiq, har gal 1, 01, 001 dan boshlab kodlashtirish o'tkaziladi;
klassifikator tuziladi.
Kodlashtirishning aytib o’tilgan tizimlaridan tashqari, yana qaytarilish kodi va cheklangan qo'llanishga ega shaxmat tizimidan ham foydalaniladi. Qaytarilish kodi sifatida biror-bir nomenklaturalaming raqami, masalan avtomobillaming garaj raqami, omboming raqami va boshqalar ishlatiladi. Shaxmatli tizim barqaror aloqaga ega ikki alomatli nomenklaturani kodlashtirish uchun qo’llaniladi. U jadval ko'rinishida tuziladi va pozitsion tizimni eslatadi.
Hisob va bank axborotlarini ishlab chiqishda qo’llaniladigan ba’zi bir kodlami qurishning amaliy misollarini ko‘rib chiqamiz.
Buxgalteriya hisobi raqamlarining kodlari ham qo‘lda va kompyuterlashtirilgan sharoitlarda ishlab chiqishda keng qo’llaniladi. Hisobning mavjud tizimida buxgalteriya hisob raqamlarining kodi to‘rt belgidan tashkil topadi: dastlabki ikkitasi — balans raqamlari, keyingi ikkitasi — korxonalar, tashkilotlarda belgilangan subraqamlar. Xalqaro hisoblarda foydalaniladigan balans raqamlarining tizimi subraqamlar uchun to‘rt razryadni ajratishni ko‘zda tutadi. Buxgalteriya hisobini kompyuterda ishlab chiqish loyihalarida tahliliy hisobning kodini qurishga turlicha yondashishlar uchraydi. Qoidaga ko‘ra, kodning tuzilishi tahliliy lik va miqdoriylikning turli xildagi darajasi bilan farqlanadi. Dasturlar aniq korxonalar, tashkilotlarda belgilangan tahliliylikning turlicha variantlari, darajalari (turlicha alomatlari) bo‘yicha hisobni olib borishga imkon beradi.
134
3 - bob. Milliy iqtisodiyotdagi axborot jarayonlari
Buxgalteriya hisob raqamlari kodlarini qurish hisobning ayrim uchastkalarini mahalliy ishlab chiqilishi ko'zda tutilmaydigan, butun hisob xojalik operatsiyalari qayd daftarini olib borish asosida bajariladigan dasturlarda katta ahamiyatta ega, bu kichik korxonalar uchun xosdir. Kodni qurishning elastik tizimi bunda tahliliy ishlab chiqishlami detallashtirishning har xil darajalarida bajarishga imkon beradi. Tahliliylikning darajalari — bu ma’lumotlami guruhlashtiriladigan alomatlardir.
Faraz qilamizki, korxonada materiallar to‘rt xil va ulaming 99 raqami mavjud, ular uchta omborda joylashishlari mumkin.
Bu raqamlami kodlashtiramiz:
Alomat
|
Do'stlaringiz bilan baham: |