a) materiallarning turlari:
xomashyo va materallar;
nimmahsulotlar;
yonilg ‘i;
ehtiyot qismlar;
boshqa materiallar;
idishlar;
qurilish materiallari.
|
Kodli belgilanish
1
2
3
4
5
6
7
|
b) omborlar:
xomashyo va materiallar; 1
yonilg ‘i; 2
qurilish materiallari. 3
v) materiallar:
moyli bo ‘yoq; 01
ruxli oq bo ‘yoq; 02
ternir mixlar 03
Barcha bajarilgan alomatlarga bog'liqlikni hisobga olish bilan moyli
bo‘yoqning kodini qurish misolini keltiramiz:
Balans raqami
Qurilish materiallari
Qurilish materiallarining ombori
Ro ‘yxatli raqami
Moyli buyoq
Kodning umumiy ko ‘rinishi
|
10
7
3
01 107301
|
Kod to‘rt alomatni ajratish bilan ko‘p belgili, pozitsion tizim bo‘yicha
qurilgan.
Materiallami ro‘yxatga olish va chiqarishda birlamchi hujjatlarda bu
barcha kodlar qo‘yilishi kerak. Bu holda kompyuterli ishlab chiqishda
§ 3.7. Klassifikatorlar, kodlashtirish va ulami qo'llash texnologiyasi
135
sintetik va tahliliy hisobning balans raqamlari, omborlar, materiallaming ro‘yxatli raqamlari va ularning turli kesmadagi xilma-xil ma’lumotlari olinishi ta’minlanadi.
ShKdan foydalanishning hozirgi sharoitlarida kodlarni qo'llash texnologiyasi eng avvalo mashinalardan foydalanish imkoniyatlari hamda mashinada turli xil o'zaro bog'liq axborot massivlari — ma’lumotlar bankining yaratilishini ta’minlovchi dasturlash usullari bilan belgilaniladi. ShKlarda foydalaniladigan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, qoidaga ko‘ra qog'ozsiz texnologiyada quriladi, u erda birlamchi hujjatni shakllanishi qo'lda emas, avtomatik sodir bo'ladi. Ma’lumki, hujjat har xil rekvizit-alomatlar va asoslardan iborat bo'ladi. Texnologik jarayon bunda rekvizit-alomatlarni hujjatga avtomatik kiritilishini ko'zda tutadi. Ushbu maqsadda mashina dasturida menyuning maxsus bloki mavjud: ushbu vazifada foydalaniladigan nomenklaturalaming belgilangan ro'yxatiga ega. Faoliyatning ushbu turi (buxgalteriya hisobi, bank operatsiyalari) uchun doimiy boTgan ba’zi bir nomenklaturalar dasturda bo'ladi, boshqalari joyida tuziladi. Nomenklaturalaming birinchi turiga sohaviy klassifikatorlar kiradi. MaTumotning tarkibi quyidagi ko'rinishga ega:
KOD
|
NOMI
|
|
|
Bunday ma’lumotnomalar uchun oldindan faoliyatning belgilangan turi uchun yagona boTgan sohaviy klassifikatorlar ishlab chiqilgan. Masalan, buxgalteriya hisobi uchun — bu sintetik raqamlarning rejasi. Bunday klassifikatorlarga ega ma’lumotlar bazalarini shartli ravishda dasturiy deb atash mumkin. Klassifikatorlaming ikkinchi turiga joylarda ishlab chiqiladigan mahalliy klassifikator kiradi.
Iqtisodiy vazifalami kompyuterli ishlab chiqishda kodlarni qo'llash texnologiyasini quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin:
dasturiy ma’lumotlami ko'rib chiqish va tuzatish kiritish;
mahalliy kodlarni tuzatish;
mahalliy kodlarni mashinaga kiritish;
birlamchi hujjatlami to'ldirish uchun tuzilgan maTumotnomalardan foydalanish;
yig'ma jadvallami tuzish uchun kodlarni qo'llash. Bu bosqichlaming bajarilishi texnikasini ko'rib chiqamiz.
Dasturiy maTumotnomalarni ko'rib chiqish va tuzatish kiritish ma’lumotnomada kerakli nomenklaturalami topish, uni ko'rib chiqish va ushbu korxona (tashkilot, firma) faoliyatining o'ziga xosligini aks ettiruvchi
136
3 - bob. Milliy iqtisodiyotdagi axborot jarayonlari
yangi pozitsiyalarni qo'shishdan iborat bo'ladi. Masalan, buxgalteriya raqamlari rejasini ko‘rib chiqa turib, yangi raqamni kiritish mumkin.
Mahalliy kodlami tuzish qo‘lda bajariladi, ulami ishlab chiqish texnikasi yuqorida keltirilgan. Awal ta’kidlanganidek, bu ishda foydalanuvchi katta rol o'ynaydi.
Tasniflash va kodlashtirish bosqichlari izchillik bilan bajariladi, bunda kodlashtirishning har xil tizimlaridan foydalanish mumkin. Dasturlaming tahlili shuni ko‘rsatadiki, tartibli, ratsional va kombinatsiyalashtirilgan kodlashtirish tizimi eng ko‘p qo‘llaniladi. Raqamli kodlardan tashqari harfli va harfli-raqamli kodlar keng tarqalgan, ular nomenklatura pozitsiyasini shartli belgilanishidan iborat bo‘ladi va mnemokod deb ataladi. Dastur bilan, qoidaga ko‘ra, mnemokod belgilarining eng ko‘p soni belgilanadi. Mnemokod bilan birlamchi hujjatlaming nomlarini kodlashtirish misolini keltiramiz (3.8-jadval).
Mnemokodlar bilan, shuningdek tashkilotlar, ishlovchilaming familiyalari ham kodlashtirilishi mumkin.
jadval.
Birlamchi hujjatlarning kodlashtirish modeli
Hujjatning to‘liq nomi
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |