Tezkor boshqaruv darajasi ko‘p marta qaytariluvchi vazifalar va opera- tsiyalarini hal etishni hamda keladigan joriy axborotlar o’zgarishini tez qayd etishni ta’minlaydi. Mazkur darajada bajariladigan operatsiyalar hajmi ham, boshqaruv qarorlarini qabul qilish dinamikasi ham etarlicha yuqori. Uni ko‘pincha vaziyat o‘zgarishiga tez javob qaytarish zaruriyati tufayli tezkor boshqaruv darajasi deb ham yuritishadi.
O‘rta (taktik funksional) boshqaruv darajasi birinchi darajada tayyorlangan axborotlami oldindan tahlil etishni talab qiladigan masalalar echimini ta’minlaydi. Mazkur darajada boshqaruvning tahlil vazifalari keng ahamiyatga ega bo’ladi. Hal etiladigan masalalar hajmi kamayadi, biroq ularning murakkabligi oshadi. Ayni paytda kerakli yechimni har doim ham tezkor ishlab chiqish imkoni bo'lmaydi. Buning uchun yetmagan ma’lumotlarni yig’ish, tahlil etish va fikrlashga qo’shimcha vaqt talab etiladi. Boshqaruv xabar kelib tushgan vaqtdan to qaror qabul qilish va uni amalga oshirguncha, shuningdek qaromi amalga oshirish vaqtidan to unga bo‘lgan ta’simi qayd etguncha bo’lgan ayrim oraliq to’xtalishlar bilan bog’liq. Strategik darajatashkilotning uzoq muddatli strategik maqsadlariga erishishga yo‘naltirilgan boshqaruv qarorlarini tanlashni ta’minlaydi. Madomiki, qabul qilinadigan qarorlar natijalari oradan uzoq vaqt o’tgach ko‘rinar ekan, ushbu darajada strategik rejalashtirish kabi boshqaruv vazifalari muhim ahamiyatga ega. Boshqaruvning boshqa funksiyalari bu darajada yetarlicha to’liq ishlab chiqilmagan. Ko’pincha boshqaruvning strategik darajasi strategikyoki uzoq muddatli rejalashtirish deb yuritiladi. Ushbu darajada qabul qilingan qarorning haqqonniyligi uzoq vaqt o’tgachgina o‘z tasdig1 ini topishi mumkin. Qaror qabul qilish mas’uliyati juda katta. Bu matematik va maxsus apparatlardan foydalangan holdagi tahlil natijalari bilangina emas, shuningdek, menejerlarning kasbiy intuitsiyasi bilan ham belgilanadi. Boshqaruvning uchta darajasidagi faoliyat mazmuni 2.4-jadvalda keltirilgan. Boshqaruvning har bir darajasidagi ma’lum bir mehnat taqsimoti boshqaruv qismining alohida elementlariga rejalashtirish, tashkillash- tirish, hisobga olish va nazorat, bayon etish, tahlil va boshqaruv kabi alohida vazifalami biriktirishga olib keladi. Bu vazifalar turli hajmda va boshqaruvning turli darajasida amalga oshiriladi. Ularning ayrimlari hatto boshqaruvning biror bir darajasida ham amalga oshmasligi mumkin.
76
2 - bob. AKTning boshqaruv tizimida tutgan o'mi
2.4 - j adval
Boshqaruvdagi uch darajaning faoliyat mazmuni