Vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Download 3,04 Mb.
bet48/375
Sana04.02.2023
Hajmi3,04 Mb.
#907765
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   375
Bog'liq
Informatika va axborot texnologiyalari

Boshqaruv — bu insonning turli obyektlarga va atrof-muhitda kechayotgan jarayonlarga ongli ravishda ta’sir etishidir, u jarayonlarga belgilangan yo’nalish berish va istalgan natijalami olish maqsadida amalga oshiriladi.




78


2 - bob. AKTning boshqaruv tizimida tutgan o'mi


Boshqaruv boshqaruvchi ta’siri yo‘naltirilgan obyekt turiga, boshqaruv- chilar ta’sir ko‘rsatayotgan kishilar doirasiga ko‘ra, jamiyat, davlat, iqtisodiyot, ijtimoiy jarayonlar, korxonalar, ishlab chiqarish jamoalari, uy xo‘jaliklarini boshqarish va boshqaruvning ko‘pgina boshqa shunga o‘xshash turlariga ajratadi.
Boshqarishning alohida, eng muhim nuqtai nazarlariga kirib borish uchun «boshqaruv» tushunchasining yuqorida keltirilgan umumiy ta’rifini kengroq ko‘rib chiqaylik.
Birinchidan, boshqaruv — bu anglab yetilgan jarayon, ya’ni boshqaruvchi shaxs o‘zi foydalanadigan boshqaruvchi ta’sirining turlarini oldindan o‘ylab olgan, mo'ljallagan va tushunib yetgan. Demak, kishilar tomonidan amalga oshiriladigan boshqaruv tuyg‘u yoki nazorat qilinmaydigan xayolotlar emas, balki, aql-idrok mevasidir.
Ikkinchidan, boshqaruv har qanday ta’sir etish emas, balki obyektga kuchsiz energetik, ko’pgina axborotlar orqali ta’sir qilishdir. Misol uchun, agar inson obyektga jismoniy ta’sir qilsa, buyumni bir joydan boshqa joyga olib qo‘ysa, bunday ta’simi obyekt yoki buyumni boshqarish deb hisoblash mumkin emas. Agarda kishi buyruq bersa yoki qo‘lining engil harakati bilan mashina rulini bursa, buning natijasida qudratli obyektlar harakatga kelsa, kishilar faoliyat jarayonigajalb qilinsa, unda bu boshqaruvdir. Boshqaruv ushbu nuqtai nazarga ko‘ra shunday ta’riflanadiki, ta’sirning jismoniy quvvati bo’yicha kuchsiz sarflanadigan energiyasi, g’oyatda samaraliroq, qulayroqdir, u energetik sezilarli natijalarga olib keladi. Boshqaruv kuchli samara yaratuvchi kuchsiz ta’sirdir.
Boshqaruvning g‘oyatda muhim xususiyati — bu maqsadlarga erishishning mavjudligidir. Boshqaruv, aslida, shuning uchun ham vujudga keladiki, kishilar belgilangan maqsadlariga erishish, o‘z niyatlarini amalga oshirish, ayrim ehtiyojlarini qondirish, kerakli natijalami olishni istaydilar. Maqsadlami shakllantirish boshqaruvdan oldin keladi. Rim faylasufi Seneka ta’kidlaganidek, «agar kishi sohilga suzayotganini bilmasa, uning (kemasi) uchun muvofiq shamol yo‘q» ya’ni, har bir odam avval maqsadini belgilab olishi zarur. Inson maqsadlari, istaklari, intilishlaridan kelib chiqqan holda, oldida turgan maqsadli vazifalami bajarish uchun boshqa kishilaming harakatlari, jarayonlaming borishini tashkil qiladi, yo‘naltiradi. Bu, shuning uchun ham boshqaruvdir, ba’zida maqsadli boshqaruv deb ham ataladi.
Iqtisodiyot, ishlab chiqarishni boshqarish zaruriyati birgalikda faoliyat ko'rsatuvchi xodimlar mehnatini tashkil qilish, muvofiqlashtirish zaruriyatidan kelib chiqadi. Boshqaruv sohasidagi mashhur mutaxassis Piter F. Druker adolatli ravishda ta’kidlaganidek, «boshqaruv — bu uyushmagan to'dani samarali maqsadga yo‘naltiradigan va ishlab chiqaruvchi guruhga aylantiradigan alohida faoliyat turidir». Nisbatan yirikroq ko'lamda amalga oshiriladigan har qanday bevosita ijtimoiy va hamkorlikdagi mehnat ko’proq




§ 2.5. Boshqaruv — kibernetik va iqtisodiy kategoriya sifatida


79


yoki kamroq darajada boshqaruvga muhtoj bo'ladi, u yakka tartibdagi ishlar o'rtasida uyg'unlik o‘matadi va ishlab chiqarish organizmining mustaqil organlari harakatidan farqli ravishda, uning harakatidan vujudga keluvchi umumiy vazifalami bajaradi.
Butun dunyoda eng qadim davrlardan boshlab sodir bo‘layotgan mehnat taqsimoti jarayonlami boshqaruvning mustaqil faoliyat turi sifatida ajralib chiqishiga, boshqaruv ishini mehnat bandligining o‘ziga xos, keng tarqalgan, keng soha sifatida ajralishiga olib keldi. Boshqaruvda band bo‘ígan xodimlar ulushi ko'payishining yaqqol aks ettirilgan tendensiyalari namoyon bo'lmoqda, chunki boshqaruvning unumdorligi moddiy ishlab chiqarishdagi mehnat unumdorligiga nisbatan ancha past sur’atlar bilan o'smoqda, boshqaruv vazifalarining doirasi esa uzluksiz kengaymoqda. Boshqaruv nafaqat yirik sohalardan biri bo‘lib qolishi, balki iqtisodiyot va ijtimoiy hayotning eng muhim sohasiga aylanmoqda.
Quyida keltirilgan chizmadan ham ko‘rinib turibdiki, boshqaruv sohasi ishlab chiqarish na iste’mol kabi asosiy iqtisodiy jarayonlar bilan bir qatorda zamonaviy iqtisodiyotning negizini tashkil qiladi (2.12 - rasm).
Ishlab chiqarish ishlab chiqarishning o'zini va istemolni qo‘llab- quvvatlash uchun zarur moddiy buyum mahsulotlar, tovarlar, xizmatlami yaratadi. O‘z navbatida, ishlab chiqaruvchi va yakuniy noishlab chiqaruvchi ijtimoiy iste’mol ishlab chiqarish faoliyatini yuritishga shart-sharoitlar yaratadi va uni mehnat resurslari bilan ta’minlaydi. Boshqaruv esa ishlab chiqarish va iste’mol jarayonlarini yo'naltira va kuzata turib, ulami yagona iqtisodiy tizimning qismlari sifatida muvofiqlashtiradi.





Ishlab chiqarish Iste’mol qilish
2.12 - rasm. Milliy iqtisodiyotni boshqarishning chizmasi.



Download 3,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   375




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish