Hujjat, hujjat aylanishi. Axborot tizimi doirasida har qanday tashkilot hujjat va hujjat aylanishi ishiga duch keladi. Hujjat - bu ma’lum bir qoidaga ko‘ra rasmiylashtirilgan, belgilangan tartibda tasdiqlangan qog'oz, ovoz yoki elektron shakldagi axborot xabaridir. Hujjat aylanishi - hujjatlami yaratish, izohlash, uzatish, qabul qilish va arxivlashtirish, shuningdek ulaming ijrosini nazorat qilish hamda ulami ruxsatsiz foydalanishdan himoyalash tizimidir.
Axborot jihatlari. Axborotni uchta asosiy jihatdan ko'rib chiqish mumkin, ya’ni, pragmatik, Semantik va sintaksis tomonidan. Axborotni aynan shu jihatdan ko'rib chiqish avtomatlashtirilgan axborot tizimini loyihalashtirishda muhim ahamiyatga ega.
Pragmatik jihat axborotlaming amaliy jihatdan foydaliligi, iste’molchi uchun qanchalik qimmatli ekanligi va qaror qabul qi 1 ishdagi ahamiyati nuqtai nazaridan ko'rib chiqadi. Axborotni pragmatik o'rganish boshqaruvning turli darajalarida qarorlar qabul qilish uchun zarur bo'lgan ko'rsatkichlar tarkibini aniqlash, ko'rsatkichlar va hujjatlaming unifikatsiyalashtirilgan tizimini ishlab chiqish imkonini beradi.
Semantik jihat axborotlami o'rganishda axborotning mohiyatini ochish va uning elementlarining mazmunan ahamiyati o'rtasidagi munosabatlami ko'rsatish imkonini beradi.
Ushbu jihat axborot qismlari o'rtasidagi bog'liqliklami ko'rib chiqadi. Mazkur darajada axborot majmuining tashkil bo'lish qonuniyatlari (rekvizitlardan ko'rsatkichlar, ko'rsatkichlardan hujjatlar shakllantirish) tadqiq etiladi. Axborotning miqdoriy bahosi ushbu darajada axborotning shakllanish jarayonini bayon etish, hujjatlar harakatlanishining oqilona yo'nalishini hamda ulami qayta ishlashning texnologik variantini tanlash imkonini beradi.
94
3 - bob. Milliy iqtisodiyotdagi axborot jarayonlari
Axborotlarni turli jihatlarda o'rganish ularning tartibi va tarkibini, paydo bo‘lish qonuniyatini, hajm, vaqt va sifat jihatidan tavsifini (to’liqligi, ishonchligi, eskirmaganligi, aniqligi), aniqlash, shuningdek axborot olish, qayta ishlash, himoya qilish imkonini beradi.
§ 3.2. AXBOROT - IQTISODIY RESURS SIFATIDA.
AXBOROTNING TASNIFLANISHI VA XUSUSIYATLARI
Hozirgi davmi informatika va axborot-kommunikatsiya texnologiya- larisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bugungi kunda hayotimizning hamma sohalarini qamrab oigan. Ushbu sohaning asosiy resursi — axborotdir.
Axborot atrof-muhit obyektlari va hodisalari, ularning o‘lchamlari, xosiyatlari va holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardir. Keng ma’noda axborot insonlar o‘rtasida ma’lumotlar ayirboshlash, odamlar va qurilmalar o‘rtasida signallar ayriboshlashni ifoda etadigan umummilliy tushunchadir.
Informatika va axborot texnologiyalari fani axborotga hodisalari yoki obyektlar to‘g‘risidagi tasavvurlarimizni o‘zgartiruvchi, o'zaro konseptual bog‘liq ma’lumotlar, ko‘rsatkichlar, negizlar va tushunchalar sifatida qaraydi. Fanda axborot bilan bir qatorda ma’lumotlar tushunchasi ham keng qo’llaniladi.
Ma’lumotlarga u yoki bu sabablarga ko‘ra foydalanilmaydigan, balki faqat saqlanadigan belgilar yoki yozib olingan kuzatuvlar sifatida qarash mumkin. Agar bu ma’lumotlardan biror narsa to‘g‘risidagi mavhumlikni kamaytirish uchun foydalanish imkoniyati tug’ilsa, ma’lumotlar axborotga aylanadi. Shuning uchun ham axborotlarni foydalaniladigan ma’lumotlar, deb atasa ham bo’ladi.
Masalan, qog'ozga telefon raqamlarini ma’lum tartibda yozib, birovga ko‘rsatsangiz, u buni biror axborot bermaydigan ma’lumot sifatida qabul qiladi. Biroq ana shu har bir telefon raqami to‘g‘risiga muayyan korxona yoki tashkilot nomi, uning faoliyat turi yozib qo‘yilsa, awalgi ma’lumot axborotga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |