«Olimp» amaliy dasturlar paketi. «Olimp» paketi ma’lumotlarni Statistik usullar asosida qayta ishlashni avtomatlashtirishga mo’ljallangan. «Olimp» standart konfiguratsiyali ShKda va WINDOWS operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlaydi. Paketdan ham yangi, ham statistika sohasidagi ekspertlar foydalanishi mumkin. Hozirgi paytda «Olimp» Statistik tahlil va ma’lumotlar asosida bashoratlash uchun mo‘ljallangan eng yaxshi ADPlardan biridir.
ADP tarkibiga asosiy dasturlardan tashqari quyidagilar kiradi:
MNCALC elektron jadvali;
AIT (amaliy ijtimoiy tadqiqotlar) amaliy Statistik tadqiqotlar so’rovlarini tayyorlash va kiritish dasturi.
«Olimp» ADP ma’lumotlaming Statistik tahlil qilinishi va bashoratlanishi bo‘yicha tadqiqotlaming dastlabki ma’lumotlarini kiritish, ulami tekshirish va ko‘zdan o‘tkazishdan boshlab to amaliy statistika zamonaviy usullarining keng majmuasi asosida hisoblash va natijalami tahlil qilishni o‘tkazish bilan tugovchi to‘liq davriyligini tashkil qilishga imkon beradi. Vazifaviy nuqtai nazardan ADPga quyidagilar kiradi: ma’lumotlar muharriri, ma’lumotlarni grafik ko’rinishida aks ettirish vositalari va
§ 17.3. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida iqtisodiy tahlil
527
o’zgartirish utilitalari hamda Statistik tahlil usullarini amalga oshirish dasturlari. Ma’lumotlar muharriri dastlabki ma’lumotlami kiritish, ko‘rib chiqish va tahrir qilishni (shu jumladan operator tomonidan amalga oshiriladigan kuzatishlami) ta’minlaydi. Ma’lumotlami grafik usulida aks ettirishvositalari ekranga turli grafiklami chiqarish hamda ulami bundan keyin foydalanish uchun magnit diskda saqlashga imkon beradi. Ma’lumotlami o’zgartirish utilitalari ma’lumotlarning arifmetik o’zgarishlarini, navlarga ajratishning har xil turlarini (shu jumladan bir necha o‘zgarishlar banki), ma’lumotlami agregatsiyalash (bitta alomat bo’yicha tanlab olishni) bajaradi. «Olimp» ADP dasturlari bilan Statistik tahlilning quyidagi usullari amalga oshiriladi: korrelyatsion, regression, disperssion, diskriminantli, omilli va komponentli qatorlar bog’liqligi jadvallarining tahlili va boshqa usullar. Dinamik ma’lumotlami tahlil qilish va bashoratlash uchun quyidagilardan foydalaniladi:
dinamik regressiyaning modellari;
chiziqli regressiya asosida bashoratlash modellari;
garmonik, spektrli tahlil va chastotali filtrlash modellari.
Yuqorida sanab o’tilgan modellaming har biri foydalanuvchi tomonidan ushbu modelni ta’riflovchi parametrlar majmuasi yordamida boshqariladi. Dasturga bunday yondoshish kiritilgan imkoniyatlami asta-sekin o’zlashti- rishga va u bilan ishlashni yengillashtirishga imkon beradi.