Vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Download 3,04 Mb.
bet313/375
Sana04.02.2023
Hajmi3,04 Mb.
#907765
1   ...   309   310   311   312   313   314   315   316   ...   375
Bog'liq
Informatika va axborot texnologiyalari

Birinchi usul har bir bosqichning alohida uchastkalari bo‘yicha hisobni olib borishini ta’minlaydi. Hisobot davri uchun balans har xil uchastkalar (provodkalar va fayllari)da olinadigan ma’lumotlami birlashtirish yo‘li bilan shakllantiriladi.
Ikkinchi usul buxgalteriya hisobini barcha uchastkalar bo‘yicha olib borish bilan bir qatorda korxonadagi ishlaming joriy holati haqidagi tezkor axborotlami olishga imkon beradi. Hisob ma’lumotlarini ishlab chiqishning bunday usulida birinchi bosqich (birlamchi hisob) bo’lgan uzoqlashtirilgan AIJ, ikkinchi bosqich (boshqaruv hisobi) AIJ bilan elektron pochtaning modemlari orqali bog’langan. Ikkinchi va uchinchi (moliyaviy hisob) bosqichlar AUlari tarmoqda aloqa kanallari orqali o‘zaro hamkorlik qiladilar. Ko'pgina buxgalteriya yozuvlaridan tashkil topgan fay liar AlJlari o‘rtasida ma’lumotlami almashtirishning birligi bo‘lib xizmat qiladi. Bunday almashuv jarayonlarida natija beruvchi fayliar xo’jalik operatsiyalarini amalga oshirgani sari uzluksiz yangilanadilar. Shunday qilib, har bir bosqich dastlabki axborotlami ishlab chiqishini natija beruvchi ma’lumotlami olinishini va ulami yuqoriroqdagi bosqichga avtomatlashtirilgan usulida uzatilishini ko‘zda tutadi.
Birinchi bosqich (birlamchi hisob)da birlamchi hisobni olib boruvchi xodimlaming AIJ yordamida korxonaning ishlab chiqarish xo‘jalik bo’linma- lari (sex, ombor va bo‘limlar)da vujudga keladigan birlamchi axborotlami yig‘ish, ro’yxatga olish, jamlash va qisman ishlab chiqish bajariladi. Ushbu bosqichda moddiy boyliklaming hisobi, tabel hisobini olib borish va ombordagi tayyor mahsulotlaming hisobi bo’yicha AIJ faoliyat yuritadi.




548


18 - bob. Buxgalteriya hisobida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari


Har bir uchastkada olingan natija beruvchi ma’lumotlar modemli aloqa asosida ikkinchi bosqich boshqaruv hisobiga kelib tushadi, u qo‘l mehnat talab qiluvchi operatsiyalar, hamda hisob nomenklaturalarining katta hajmi bilan ta’riflanadi. Ushbu bosqichda birlamchi hujjatlaming ma’lumotlari va quyi bosqichdan elektron pochta orqali olingan axborotlar ro'yxatga olinadi va sintetik hamda tahliliy schotlar tizimida guruhlarga ajratiladi. Buning uchun xo‘jalik mablag‘larining qoldiqlari va ulaming manbalari haqidagi ma’lumot­lar, har xil hisob qaydnomalarida aks ettiriladi. Ikkinchi bosqichda (moddiy boylik, asosiy vosita va nomoddiy aktivlar, mehnat va ish haqi moliyaviy hisob- lash operatsiyalari, tayyor mahsulotlar va ulami sotilishi, ishlab chiqarishiga xarajatlaming hisobi bo‘yicha) HAIJ faoliyat yuritadi. U korxonaning barcha xo‘jalik operatsiyalarini qiymatiy bahoda, buxgalteriya yozuvlarining fayllari ko’rinishida aks ettiriluvchi natija beruvchi ma’lumotlami shakllantiradi.


1 - DARAJA
Birlamcbi hisob





18.3 - rasm. Yirik korxonadagi BHATda hisobning bosqichlari bo'yicha
HAIJiing o'zaro aloqalari va taqsimlanishining chizmasi.





§ 18.4. Kichik biznes korxonalarida buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish


549


Bu axborotlar ma’lumotlami ishlab chiqarishning yuqoriroq uchinchi bosqichi, moliyaviy hisobga uzatiladi, u yerda yig'ma hisob, moliyaviy tahlil va rejalashtirish hamda ichki auditning AIJ tashkil qilinadi.
Yig‘ma hisobning AIJ yordamida pastki bosqichlardan aloqa kanallari bo’yicha kelib tushuvchi tahliliy va sintetik hisob ma’lumotlari asosida Asosiy kitob, buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar haqidagi hisobot va sintetik tahliliy hisobning boshqa hisob qaydnomalari shakllanadi.
Moliyaviy tahlil va rejalashtirish AIJ qarorlar qabul qilish uchun tahliliy axborotlami shakllantirish, hamda rahbariyatga tezkor axborotlar berishga imkon beruvchi moliyaviy tahlil va rejalashtirishni ta’minlaydi. Bunday axborotlami tannarx, foyda ko’rsatkichlari, hisob-kitoblar va boshqa bux­galteriya yozuvlarining holati, debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari, turli xildagi iqtisodiy ko'rsatkichlar, tahlilning natijalari, bashoratlar, xodimlar haqidagi ma’lumotlar kiradi. Bu barcha axborotlami vaqtning istalgan paytida - so‘rov bo’yicha olish mumkin.
Ichki auditoming AIJ buxgalteriya andozalaridagi o‘zgarishlami kuzatishga, xo‘jalik vaziyatlari va qonunchilikni tahlil qilishga, hisob siyosati, xarajatlami tartibga solish va investitsion siyosatini ratsional qurish bo‘yicha takliflami ishlab chiqarish, soliqlami rejalashtirishni amalga oshirishga imkon beradi.
Umuman moliyaviy hisobning ma’lumotlaridan korxona iqtisodiyotini rejalashtirish va bashorat qilishda, moliyaviy menejmentda, korxonaning barcha axborotlarining iqtisodiy tahlilida foydalaniladi.
BHATni optimal faoliyat yuritishi natijada rahbariyatga qarorlar qabul qilish uchun zarur bo’lgan obyektiv va tezkor ma’lumotlar shakllanadi. Bu qaror moliyaviy muvozanatni saqlashga, bozor sharoitlarida barqaror foyda va yuqori rentabellikka erishish uchun ishlab chiqarish va tijorat faoliyatining eng samarali yo‘nalishlarini tanlashga imkon beradi.
§ 18.4. KICHIK BIZNES KORXONALARIDA BUXGALTERIYA
HISOBINI AVTOMATLASHTIRISH TIZIMLARI

Kichik korxonalarda BHAT yaratishda ShKdan keng foydalanish hisobchining ish joyida axborotlami ishlab chiqish, saqlash va uzatish bo’yicha barcha tadbirlami avtomatlashtirishga imkon beradi.
Bunday BHATni yaratishda bir necha yondashishlar mavjud. Bu oddiy va unchalik rivojlanmagan tuzilmaga ega kichik korxonalar boshqaruv tizimini alohida tizimcha sifatida olib borishni talab qilmaydi.

Download 3,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   309   310   311   312   313   314   315   316   ...   375




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish