Vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Download 3,04 Mb.
bet312/375
Sana04.02.2023
Hajmi3,04 Mb.
#907765
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   375
Bog'liq
Informatika va axborot texnologiyalari

Boshqaruv hisobining axborotlari mavjud holatni aks ettiruvchi ichki yo‘naltirishga ega. Undan ishlab chiqaruvchi, boshqarish xodimlari, direksiya tomonidan xo'jalik ichidagi boshqaruv uchun foydalaniladi va ko‘pincha tijorat siri hisoblanadi.




546


18 - bob. Buxgalteriya hisobida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari


Moliyaviy hisob axborotlarni umumlashtirish va sintez qilishga yo‘naltirilgan. U ba’zi bir davr uchun korxona foydasini tezkor aniqlashga, korxonaning aktivlari va passivlarini hisobot balansi shaklida umumlashtirishga, korxonaning mulkiy va moliyaviy holatini ta’riflashga imkon beradi.
Moliyaviy hisob axborotlaridan tashqi iste’molchi, sarmoyador, kreditor, boshqa tashkilot va korxonalar keng foydalanadilar. U yana boshqaruv xodimla- ri, moliyachi, korxona hissadori, boshqaruv a’zolariga ham moliyaviy qarorlami qabul qilish, korxona iqtisodiyotini rejalashtirish va bashoratlash, axborotning iqtisodiy tahlilini olish uchun ham zarurdir.
Moliyaviy hisob barcha uchun umumiy bo‘lgan qoidalar tomonidan tartibga solinadi, bu axborotlarni hamma uchun bir xil va tushunarli bo‘lishini kafolatlaydi. Moliyaviy hisobotning to‘g‘riligi mustaqil mutaxassis auditor tomonidan tasdiqlanadi.
Moliyaviy va boshqaruv hisobi — birlamchi ma’lumotlar va birlamchi hujjatlaming bittagina axborot to‘plamiga asoslangan, buxgalteriya hisobi- ning mustaqil, ammo o‘zaro bog‘langan tizimchalaridir. Har bir tizimcha uchun birlamchi ma’lumotlami alohida yig‘ish maqsadga muvofiq emas. Ular bir-birlari bilan o‘zaro yaqindan bog‘langanlar va axborotlarni o‘zaro almashtirmasalar ham bo‘ladi.
Birlamchi hisob axborotlarni yig‘ish, ro‘yxatga olish, jamlash, saqlash hamda uni bundan keyin ishlab chiqish uchun uzatishdan iborat bo‘ladi. Birlamchi hisobning axborotlari BHATdagi boshqaruv, moliyaviy hamda boshqaruv qarorlarini tayyorlash va ularni qabul qilishda birlamchi axborotlardan foydalanuvchi boshqa tizimchalar uchun teskari aloqani ta’minlaydi.
Shu munosabat bilan yirik korxonalarda BHATni yaratishda ularni birlamchi hisobga asoslangan tizimchalarga ajratish kerak.
Yirik korxonalarda BHAT yordamida hisob axborotlarini ishlab chiqish birlamchi, boshqaruv va moliyaviy hisobning uchta bosqichida olib boriladi (18.3 - rasm). Har bir bosqichda hisob axborotlarini yig‘ish, ro‘yxatga olish, ishlab chiqishning uslubiyatiga muvofiq iqtisodchi, hisobchi, moliyachi va tahlilchilaming o‘zaro bog‘langan AU (HAIJ) yaratiladi.
Ma’lumotlami ishlab chiqish uchun AIJni bevosita hisobning har xil bosqichlari bo‘yicha mutaxassislaming ish joylarida qo‘llanishi qog‘oz manbalaridan eng kam foydalanishni, axborotlarni ishonchliligi va to‘liqligini ta’minlaydi.
AU vazifaviy uchastkalar bo‘yicha tashkil qilingan, ulardan har biri yoki birlamchi hisob (materiallar, tayyor mahsulotlar, tabelli hisob) bilan yoki xojalik operatsiyalari, (moddiy boyliklar, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar, mehnat va ish haqi, moliyaviy-hisoblash operatsiyalari, tayyor mahsulotlar va ularni sotishning hisobi bo‘yicha) uzluksiz ro‘yxatga olish va ishlab chiqish amalga oshiriladigan buxgalteriya hisobining belgilangan obyektlari bilan, hamda yig‘ma hisob va hisobotlami tuzish, rejalashtirish va tahlil qilish, hamda ichki audit bilan bog‘langan. 1
Uchastkalami ajratishda shuni hisobga olish kerakki, har bir uchastka quyidagi talablarga javob berishi kerak:




§ 18.3. Yirik korxonalar buxgalteriya hisobini kompyuterda qayta ishlash


547


  • o‘zining xo‘jalik operatsiyalari va majmuasiga ega bo‘lishi;

  • o‘zining boshqa uchastkalar bilan tugashuvchi schotlarining ko‘plab rejalariga ega bo’lishi;

  • o‘zining, faqat unqa xos bo‘lgan, birlamchi hujjatlar va hisobot shakllariga ega bo’lishi.

Yana korxonada vujudga kelgan aniq sharoitlami va hisob siyosatining xususiyatlarini ham hisobga olish zarur.
Har bir AIJ va ulaming guruhlari uchun mustaqil dasturiy model ishlab chiqiladi. Shu tartibda tashkil qilingan BHATning tarkibiy qismi AUlarini qo‘shish yoki chiqarib tashlash imkoniyatiga xos bo‘lgan ochiq modulli tizimdan iborat bo‘ladi. Bu juda muhim, chunki BHATni ishlab chiqarishda vaqt o’tishi bilan qo‘shilgan modullar butun tizimni qayta qurilishini talab qilmasliklari kerak. Turli xildagi AIJning axborotlarini solishtirila olinishi me’yoriy-ma’lumotnomaviy axborotlaming yagona fondini yaratish hisobiga ta’minlanadi.
Tashkiliy va hisoblash texnikasining foydalanilayotgan vositalariga ko‘ra alohida AIJ va BHAT o‘rtasidagi axborot almashuvi ikki usulda amalga oshirilishi mumkin:

  1. Magnitli manbalar (disklar) yordamida.

  2. Tarmoq mavjudligida aloqa kanallari bo‘yicha, hamda modemli aloqa shlyuzlari orqali ma’lumotlami elektron almashtirish vositasi asosida.


Download 3,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   375




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish