Birinchi yondashishda faqat moliyaviy hisobni avtomatlashtiruvchi tizim yaratiladi. Bunday BHAT — mini-hisobxonalar sinfiga kiradi. Qoidaga ko‘ra bu tizimda buxgalteriya hisobi bitta odam — hisobchi tomonidan olib boriladi.
550
18 - bob. Buxgalteriya hisobida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari
Ikkinchi yondashishda moliyaviy hisobdan tashqari, qisman boshqaruv tizimi ham har tomonlama avtomatlashtiriladi. Bu holda buxgalteriya hisobini ikkita odam: hisobchi va uning yordamchisi yoki kirishni cheklash yo‘li bilan bitta ish joyida, yoki ikkita ish joylarida olib boriladi.
Moliyaviy va boshqaruv hisobini zamonaviy kompyuter texnologiyalari asosida avtomatlashtirish uchinchi yondashishda erishiladi. Bunday tizimda ishlab chiqilayotgan axborotlarning katta hajmlarida ko‘p foydalanuvchanlik usulidan foydalaniladi. Unda bir necha ShKlar mahalliy tarmoqqa birlashtiriladi. ShKning har biri esa hisobchining alohida ish joyi sifatida ko‘rib chiqiladi.
Yondashishni tanlash korxonaning turiga va uning kattaligiga bog‘liq.
Yirik korxonalardan farqliroq, kichik korxonalarda asosiy e’tibor moliyaviy hisobni olib borilishiga qaratiladi, u ko‘p mehnat talab qilishi va ahamiyat bo‘yicha asosiy o‘rinni egallaydi. U hisob axborotlarini umumlashtirish va sintez qilishga qaratilgan.
18.4-rasmda kichik va o‘rta korxonalarda buxgalteriya hisobini avtomatlashtirishning dasturiy majmuasini tarkibiy tuzilishi keltirilgan.
Hisobni alohida, masalan mehnat va ish haqining hisobi, tayyor mahsulotlar va ularni sotishning hisobi, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning hisobi, moddiy boyliklarning hisobi, yig‘ma hisob va boshqalar kabi bo‘limlar bo‘yicha olib borish alohida dasturiy modullami qo‘llash vositasida amalga oshiriladi. O‘zgartirishlar kiritish imkoniyati mumkinligi tamoyilidan foydalanish bilan yagona dasturiy majmua yaratiladi, u foydalanuvchi hisobiga mo‘ljallangan va qo‘lda qilinadigan barcha hisob ishlarini qamrab oladi. Hisobchining bu sharoitlardagi asosiy roli xo'jalik operatsiyalarini rasmiylashtirish to‘g‘riligidan, qarorlar qabul qilinishidan, hisobot hujjatlarini shakllantirish to‘g‘riligini tahlil va nazorat qilishdan iborat bo‘ladi. Hisobchining ishi unumliroq bo‘ladi, ShK uning faoliyatidagi asosiy qurolga aylanadi.
Kichik korxonalardagi moliyaviy va boshqaruv hisobini qamrab oluvchi buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish uchun dasturiy majmua ikkita moduldan tashkil topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |