Axborot tizimi. Tegishli tashkilotlar (obyektlar)da faoliyat ko‘rsatuvchi va turlicha tuziluvchi axborotlar majmui uning axborot tizimini tashkil etadi.
Axborot tizimlarining asosiy vazifasi - barcha resurslami samarali boshqarish uchun tashkilotlarga kerakli boTgan axborotlami ishlab chiqish, tashkilotni boshqarish uchun axborot va texnikaviy muhitni yaratishdan iborat.
Boshqaruv tizimini ko‘rib chiqish davomida boshqaruvning quyidagi uchta darajasini ajratib ko‘rsatish mumkin: strategik, taktik va tezkor (15.3-rasm). Ushbu har bir darajalaming o‘z vazifalari boTib ulami hal etishda axborotlarga boTgan ehtiyoj, ya’ni axborot tizimiga nisbatan talab yuzaga keladi. Bu talablar axborot tizimidagi tegishli axborotlarga
§ 15.2. AAT va AATexning tarkibiy, vazifaviy tashkil qilinishi
465
qaratilgan. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari talablami qayta ishlash va mavjud axborotlardan foydalanib javoblami shakllantirish imkonini beradi. Shunday qilib, boshqaruvning har bir darajasida kerakli qaromi qabul qilish uchun asos bo'luvchi axborot paydo bo‘ladi.
Boshqaruv darajasi ahamiyatligiga ko‘ra qancha yuqori bo‘lsa, mutaxassislar va menejerlaming axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida bajaradigan ish hajmi shuncha kam bo‘ladi. Biroq, bu holda, axborot tizimlarining murakkabligi va intellektual imkoniyatlari hamda menejeming qaror qabul qilish chog‘idagi roli ortadi. Boshqaruvning har qanday darajasi miqdor va turli darajadagi axborotlarga muhtoj bo‘ladi.
Piramida asosini shunday axborot tizimi tashkil etadiki, uning yordamida ijrochi-xodimlar ma’lumotlarni qayta ishlash bilan, quyi bo‘g‘indagi menejerlar esa - tezkor boshqaruv bilan shug‘ullanishadi. Piramida yuqorisida - strategik boshqaruv darajasida axborot tizimlari o‘z rolini o‘zgartiradi va belgilangan vazifa yomon bajarilgan sharoitda qaror qabul qilish bo‘yicha yuqori bo‘g‘in faoliyatini qo‘llab-quvvatlovchi strategik darajaga aylanadi.
Axborot va qarorlar mazmuniga muvofiq tashkilotda ma’lum bir darajaning axborot tizimi paydo bo‘ladi(15.4 - rasm).
15.4 - rasm. Axborot tizimlari turlari va boshqaruv darajalarining o'zaro aloqalari.
466
15 - bob. Iqtisodiy axborot tizimlari va texnologiyalarini ishlab chiqish asoslari
Axborot tizimlaridagi ishlar quyidagi maqsadda olib boriladi:
axborotlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash;
axborotlar to‘plashni amalga oshirish;
tashqi yoki ichki manbalardan axborotlar kelishini amalga oshirish;
axborotlarni qayta ishlash, uning toTiqligi va ahamiyatini baholash hamda uni qulay ko‘rinishda taqdim etish;
iste’molchilarga taqdim etish yoki boshqa tizimga uzatish uchun axborotlarni chiqarish;
yo'nalishlarni baholash, bashoratlarni ishlab chiqish, muqobil qarorlar va harakatlarni baholash, strategiyalarni ishlab chiqish uchun axborotlardan foydalanishni tashkil etish;
mazkur tashkilot xodimi qayta ishlagan axborotlar bo‘yicha teskari aloqani tashkil etish va keladigan axborotlarni tuzatishni amalga oshirish.
Bu barcha harakatlar tashkilotning axborot tizimi doirasida u yoki bu axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida amalga oshiriladi.
Har qanday tashkilot uchun axborotlar ehtiyojini aniqlashdan tortib to axborotlardan foydalanishgacha bo‘lgan tizim ishining ketma-ketligini belgilash eng muhim masala sanaladi. Bu o'rinda gap, tashkilotda hal etiladigan masalalami turlarga ajratish, axborotlarni olish, qayta ishlash va foydalanish davriyligini belgilash, keladigan va chiqadigan hujjatlami standartlash, axborotlarni qayta ishlash tartibini standartlash to‘g‘risida ketayapti.
Axborot tizimlariga nisbatan so‘rovlami, shuningdek, ularga javobning shakllanish tartibini eskirgan va eskirmagan turlarga bo'lish mumkin. Eskirgan vazifalarni va axborotlarni qayta ishlash tartibini ajratib olish ulami shakllantirish, keyinchalik avtomatlashtirish imkonini beradi. Asosiy masala, tashkilotda foydalaniladigan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari buning uchun infratuzilmani ta’minlay olish yoki olmasligida.
Hozirgi kunda axborot tizimlari haqida kompyuter texnikasi yordamida amalga oshirilgan tizim degan fikr yuzaga kelgan. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kabi axborot tizimlari ham texnik vositalardan foydalanib va ularsiz ham faoliyat ko‘rsatishi mumkin. Bu iqtisodiy jihatdan maqsadga muvoffiq masala.
Tashkilot axborot tizimlarida axborot hajmining o‘sishi, uni yanada murakkab usullarda qayta ishlashni tezlashtirish ehtiyoji axborot tizimining ishini avtomatlashtirish, ya’ni axborotlarni qayta ishlashni avtomatlashtirish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Avtomatlashtirilmagan axborot tizimlarida axborot va qarorlar qabul qilish bilan bog'liq barcha harakatlar inson tomonidan amalga oshiriladi. Axborotlarni qayta ishlash jarayonini avtomatlashtirish algoritmlar doirasida hal qiluvchi qoidalami qayta ishlashning yuzaga kelishiga olib keladi. Bu
§ 15.2. AAT va AATexning tarkibiy, vazifaviy tashkil qilinishi
467
ham o‘z navbatida «sof axborot tizimiwning boshqaruv axborot tizimlariga, ya’ni boshqaruv jarayonida qo‘llaniladigan ma’lumotlami yig’ish, saqlash, to‘plash, qidirish, qayta ishlash va uzatish tizimiga aylanishiga olib keladi. Axborot tizimlarida boshqarish va shuningdek insonning qaror qabul qilish bo‘yicha ishi qisman amalga oshirilgan.
Ishlab chiqarish va xo’jalik korxonalari, firmalar, korporatsiyalar, banklar, hududiy boshqaruv idoralari o'zida murakkab tizimlami namoyon etadi. Ular ishlab chiqarish va boshqaruv vazifalarini amalga oshiruvchi ko‘p sonli elementlardan iborat. Bunday iqtisodiy elementlar ko‘p bosqichli tuzilishga hamda juda keng tashqi va ichki axborot aloqalariga ega. Turli- tuman moddiy, ishlab chiqarish resurslari va ko‘p kishilik jamoalar o‘zaro hamkorlik qiladigan murakkab tizimlaming me’yorida faoliyat yuritishini ta’minlash uchun ham alohida elementlaming, ham umuman tizimlaming boshqaruvi amalga oshiriladi.
Boshqaruv eng muhim vazifa sifatida har bir tizim oldida turgan maqsadlarga erishishga, ularni bajarilishi uchun sharoitlar yaratilishiga mo'ljallangan. Bu, belgilangan tuzilmaning barqarorligini, uning samarali faoliyat yuritishini ta’minlash, faoliyatning belgilangan tartibiga rioya qilish, tizimda u yoki bu sinfiy xususiyatlaming saqlab qolinishi yoki shakllanishi, ishning berilgan dasturlarini bajarilishi bo‘lishi mumkin.
Boshqaruv maqsad sari yo’naltirilgan harakatlaming majmui sifatida iqtisodiy obyektning faoliyat yuritishi maqsadida aniq vaziyatlarda qabul qilingan qarorlar tamoyillariga muvofiq ravishda amalga oshiriladi. Ammo aslida ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar, qoidaga ko‘ra bir emas, balki bir necha maqsadlar bilan belgilanadi, ular bu maqsadlaming muhimligi bo‘yicha tartibga solinadi va berilgan ustuvorlikka muvofiq holda hisobga olinadi.
Boshqaruv ta’sirlari boshqaruv tizimida jamlangan va faoliyat yurituvchi hamda tashqi muhitdan to‘g‘ridan to‘g‘ri va teskari aloqa kanallari bo’yicha kelib tushuvchi axborotlar asosida shakllanadi. Shunday qilib, boshqaruv har bir tizimning eng muhim vazifasi — axborotlami olish, berilgan algoritmlar va dasturlar yordamida ulami ishlab chiqish bo’yicha tadbirlami bajarish, olingan ma’lumotlar asosida tizimning bundan keyingi holatini belgilovchi boshqaruv qarorlarini shakllantirishdir.
Axborotlar moddiy manbalarda qayd qilinishi va uzatilishi bois axborotlami qabul qilish, yig’ish, yozish, uzatish, o’zgartirish, ishlab chiqish, saqlash, qidirish va berish bo'yicha kishilar va texnik vositalaming harakati zarur. Bu harakatlar axborot jarayonlari me’yoriga o‘tishini ta’minlaydi va boshqaruv texnologiyasiga kiradi. Ular ma’lumotlami qayta ishlashning texnologik jarayonlari tomonidan elektron hisoblash mashinalari va boshqa texnik vositalardan foydalanilgan holda amalga oshiriladi.
Obyekt faoliyati ustidan kuzatishni olib borishda axborotlami olish, ma’lumotlami yig‘ish, ularni ro’yxatga olish, aloqa kanallari bo’yicha uzatish uchun texnik vositalarni qo’llash axborot jarayonlarini yanada chuqurroq o’rganishni taqozo etadi. Informatika avtomatlashtirilgan
468
15 - bob. Iqtisodiy axborot tizimlari va texnologiyalarini ishlab chiqish asoslari
tizimlarning faoliyat yuritishi sharoitlarida axborotlarning o‘zgarishi qonunlarini belgilaydi, uni algoritmlashtirish, inson va ShK muloqotining til vositalarini shakllantirish usullarini ishlab chiqadi.
Murakkab iqtisodiy tizimlarda samarali boshqaruv ta’sirini ishlab chiqish uchun boshqaruvning tegishli algoritmlarini yaratish bilan bir qatorda, turli-tuman axborotlarning katta hajmlarini qayta ishlab chiqish ham talab qilinadi. Iqtisodiyotda boshqaruv AATini ishlab chiqish zaruriyati xuddi shundan kelib chiqqan.
Umumiy ko‘rinishdagi avtomatlashtirilgan texnik, tashkiliy va iqtisodiy xarakterdagi harakatlar va tadbirlar majmuasini o'zida namoyon etadi, shuningdek, ishlab chiqarish, boshqaruv jarayonining u yoki bu vazifalarini amalga oshirishda kishi ishtirokining darajasini loyihalashtirishga yoki bevosita ishtirokini to‘liqligicha yo‘q qilishga imkon beradi. Shunday qilib, AATning mutaxassisga axborot xizmat ko‘rsatishi va inson faoliyatining turli sohalarida boshqaruv jarayonlarini muvofiqlashtirish uchun zarur natijaviy axborotlarni olishning avtomatlashtirilgan texnologiyasi bilan «inson-mashina» tizimi sifatida ko‘rib chiqiladi.
AAT yordamida hisoblashning ko‘p variantliligi ta’minlanadi, oqilona boshqaruv qarorlari, shu jumladan real vaqt rejimida qabul qilinadi, kompleks hisob va iqtisodiy tahlil tashkil qilinadi, boshqaruvda olinadigan va foydalaniladigan axborotlarning ishonchliligi va tezkorligiga erishiladi.
Bunga barcha joylarda idora ishlarini avtomatlashtirish. boshqaruvni o‘zining avtomatlashtirilgan tizimlarini tashkil qilish ko'maklashadi. Boshqaruvda kompyuter texnikasidan foydalanish iqtisodiy obyekt tashkiliy elementlarining ajralmas qismi bo‘ladi.
AATning texnologik va vazifaviy nuqtai nazaridan ko‘rib chiqilishini bir necha tashkil qiluvchi elementlarga bo‘lish mumkin (15.5-rasm). Texnologik nuqtai nazardan ko‘rib chiqilganda AATda boshqaruv apparati hamda texnik-iqtisodiy axborotlar, ularning texnologik ishlab chiqish usullari va vositalari o‘zaro farqlanadi. Qolgan elementlar texnologik o‘zaro bog‘iangan, iqtisodiy-matematik usullar va boshqaruvning texnik vositalaridan yagona tizimli foydalanish sharoitida maTumotlarning avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari (AATex)ni tashkil qiladi.
Axborotli model doirasida amalga oshiriladigan, yangi texnologiyalar sharoitida maTumotlami ishlab chiqish jarayonlari shakllanadigan «inson- mashina» tizimi boTgan, AATex o‘zi orqali boshqaruv obyekti (BO) va boshqaruv apparati (BA) o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri va teskari axborotli aloqalami tutashtiradi hamda tashqi axborot aloqalari oqimlarini tizimga kiritadi va undan chiqaradi.
AATexning vazifasi uning tuzilishini belgilab beradi, u quyidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi: maTumotlami yig‘ish va ro'yxatga olish; axborot massivlarini tayyorlash; ma’lumotlami ishlab chiqish, jamlash va saqlash; natijali axborotlarni shakllantirish; maTumotlami vujudga kelish
§ 15.2. AAT va AATexning tarkibiy, vazifaviy tashkil qilinishi
469
mabalaridan ishlab chiqish joylariga, natijalami esa boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun iste’molchilarga uzatish.
Tashqi axborot oqimlari
Moddiy. cncrgctik va boshqa resurslar-
ning oqimi
- rasm. AAT va AATexning tuzilishi.
Qoidaga ko‘ra, iqtisodiy axborotlar o’zgartirishning barcha tadbirlariga duchor bo'ladi, ammo bir qator hollarda ba’zi bir tadbirlar yo‘q bo‘lishi mumkin. Ulami bajarilishining izchilligi ham turlicha kechadi, bunda ba’zi bir tadbirlar qaytariladi. O‘zgartirish tadbirlarining tarkibi va ular bajarilishining xususiyatlari ko‘proq axborotlaming avtomatlashtirilgan ishlab chiqarilishi olib boruvchi iqtisodiy obyektga bog‘liq. Axborotlar o‘zgartirilishining asosiy tadbirlari bajarilishi xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |