Avtomatik axborotlar tizimida — boshqarish va ma’lumotlami qayta ishlashning barcha funksiyalari texnik vositalarda, inson ishtirokisiz amalga oshiriladi (masalan, texnologik jarayonlami avtomatik boshqarish).
Qo‘llanish sohasiga qarab, axborot-tizi mlarini quyidagi sinflarga ajratish mumkin:
ilmiy tadqiqotlar;
loyihalashtirishni avtomatlashtirish;
tashkiliy boshqarish;
texnologik jarayonlami boshqarish.
Axborot tizimi quyidagi xususiyatlariga ko‘ra belgilanadi: har qanday axborot tizimi tahlil qilinishi, tizim tuzi- lishining umumiy tamoyillari asosida qurilishi va boshqari- lishi mumkin;
axborot tizimi dinamik va rivojlanuvchandir;
v) axborot tizimini tuzishda tizimli yondashuvdan foydalanish zarur; g) axborot tizimining chiqarish mahsuloti asosida qarorlar qabul qilinadi; d) axborot tizimida axborotni qayta ishlashning «inson-kompyuter» tizimi sifatida qabul qilish lozim. Hozirgi paytda axborot tizimi haqida kompyuterli texnika yordamida amalga oshiriladigan tizim degan fikr yuzaga kelgan. Lekin umumiy holda axborot tizimini nokompyuter variantda ham tushunish mumkin. Axborot tizimi ishini yaxshi bilish uchun u hal etayotgan muammolar, shuningdek u kiritgan tashkiliy jarayonlar mohiyatini tushunish lozim. Masalan, qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash uchun ishlab chiqilgan axborot tizimi kompyuter imkoniyatlarini aniqlashda quyidagilami hisobga olish zarur:
hal qilinayotgan boshqaruv vazifalarining tuzilmalarga bo‘lingani;
qaror qabul qilishi lozim bo‘lgan firma boshqaruvi ierarxiyasi (mansab pillapoyalari) darajasi;
hal etilayotgan vazifaning biznesning u yoki bu funksional sohasiga oidligi;
foydalaniladigan axborot texnologiyasi turi. Kompyuter axborot tizimining texnologik ishi nokompyuter soha mutaxassislariga ham tushunarli va o‘z kasb faoliyatida foydalanilishi mumkin.
464
15 - bob. Iqtisodiy axborot tizimlari va texnologiyalarini ishlab chiqish asoslari
Axborot tizimlarini tatbiq etish quyidagilarga imkon yaratadi: matematik uslublar va intellektual tizimlarni tatbiq etish hisobiga boshqaruv topshiriqlarining ancha oqilona variantlarini olish;
avtomatlashtirish hisobiga xodimlami ikir-chikir ishlardan ozod qilish;
v) axborot ishonchliligini ta’minlash; g) ma’lumotlami qog‘ozdan magnit disk yoki lentalarga ko‘chirish, bu hol axborotni kompyuterda qayta ishlashni ancha oqilona tashkil etish va qog‘oz hujjatlar hajmini kamaytirishga olib keladi, firmada axborot oqimi tuzilishi va hujjat aylanishi tizimini takomillashtirish;
mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarish xarajatini kamaytirish;
j) yangi bozorlami qidirib topish; z) turli arzonlashtirish usuli va xizmatlari evaziga xaridor va mahsulot yetkazib beruvchilami firmaga bog‘lab qo‘yish. IAT ko‘p sonli funksional xususiyatlariga ko‘ra, ko‘plab turli-tuman tasnifiy belgilarga bo‘linadi. Jumladan, qo‘llanish darajasi va ma’muriy bo‘linishiga muvofiq, IAT ni korxona, turnan, viloyat va mamlakat jihatlariga ajratish mumkin. Qo‘llanish sohasiga ko‘ra quyidagilarga ajraladi:
bank axborot tizimlari;
fond bozori axborot tizimlari;
sug‘urta axborot tizimlari;
soliq axborot tizimlari;
sanoat korxonalari va tashkilotlaming axborot tizimlari (ahamiyati va tarqalganligi bo‘yicha ularda buxgalterlik axborot tizimlari alohida o‘rin tutadi);
statistika axborot tizimlari va boshqalar
§ 15.2. AVTOMATLASHTIRILGAN AXBOROT TIZIMLARI
VA TEXNOLOGIYALARINING TARKIBIY HAMDA VAZIFAVIY JIHATDAN TASHKIL QILINISHI