Uslubga yo‘naltirilgan ADP. Bunday ADPning farqli joyi shundaki, ulaming algoritmik asosi masala yechimini qandaydir ma’lum bir iqtisodiy matematik usuliga asoslangandir. Bunday ADPga quyidagi usullami kiritish mumkin:
matematik dasturlash (chiziqli, dinamik, Statistik va h.k.);
tarmoqli rejalashtirish va boshqarish;
ommaviy xizmat ko‘rsatish nazariyasi;
matematik statistika.
Muammoga yo‘naltirilgan ADP. Bu eng keng tarqalgan ADPdir. Hozirgi davrda hech qanday soha qolmaganki, bu soha uchun kamida bitta ADP yaratilmagan bo‘lsin. Umumiy holda muammoga yo‘naltirilgan ADPlar deb milliy iqtisodiyot, fan va texnikaning biror bir sohasidagi mavjud muammoni yechishga qaratilgan ADPga aytiladi.
Bunday ADPlami juda ko‘p turlari ichidan sanoatda va nosanoat sohasida boshqarish funksiyasini avtomatlashtirishga qaratilgan ADPlami ko‘rib chiqamiz.
Sanoat sohasidagi muammolarga yo‘naltirilgan ADP. 1975-95 yillar mamlakatimizda milliy iqtisodiyotning turli tarmoq va sohalari uchun avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish davri bo'ldi. Endilikda hozirgi kunning eng dolzarb masalasi -integrallashgan axborot tizimlarni yaratish masalasidir. Uning asosiy maqsadini qisqacha qilib «mijoz-server» deb atash mumkin. Uning asosiy ma’nosi klient-foydalanuvchi uchun u istagan har qanday servis xizmatlarini bajo keltirishdir. Shu naqtai nazardan qaralganda, zamonaviy G‘arb bozorida iqtisodiy ishlab chiqarish faoliyatini avtomatlashtiradigan juda ko‘p ADPlar mavjud. Ulami shartli ravishda 4 ta guruhga ajratish mumkin:
Katta yoki o‘rtacha korxonaning hamma faoliyatini avtomatlashtirishga mo‘ljallangan umumiy vazifalarga qaratilgan integrallashgan ADPlar kompleksi.
§ 5.2. Tahrirlagichlar
179
Ma’lum turdagi ishlab chiqarishni boshqaruvchi komplekt ilovalar.
Ixtisoslashgan dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishni moslashuvchan qiluvchi, uni bozor talablariga moslashuvini tezlashtiruvchi, kerakli materiallar bilan ishlab chiqarish quvvatini dinamik rejalashtirishni amalga oshirish va o‘zgaruvchan ishlab chiqarish grafigini tuzish, sexlar ishini nazorat qilish.
Mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlovchi hamma jarayonlar buyum detallarini loyihalashdan boshlab, toki foydalanuvchi tayyor mahsulotni olguncha bo‘lgan davrlami zanjirini boshqaruvchi ADPlar.
Ko‘pchilik muammoga yo‘naltirilgan ADPlar kompleksini narxi juda qimmat. Lekin, shunga qaramay, ko‘pgina G‘arb finnalari o‘z ish jarayonlarini avtomatlashtirish maqsadida muammoga yo‘naltirilgan kompleks ADPdan unumli foydalanish yo‘lidan bormoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |