Grafiktahrirlagichlar grafik hujjatlarni, chunonchi, diagrammalar, chizmalarlar, jadvallar, namoyishga mo‘ljallangan materiallar va boshqalami qayta ishlashga mo‘ljallangan. Bunda figura o‘lchovlari va shriftlarni o‘zgartirish, harflar va figuralami siljitish, shuningdek, har qanday tasvimi hosil qilish mumkin.
Nashriyot tizimlari matnli va grafik tahrirlagichlaming imkoniyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan bo’lib, bilimlami grafik materiallar bilan to‘ Idirib va materiallami bo’laklab shakllantirish bo‘yicha, so‘ngra chop etishda keng imkoniyatlarga ega. Bu tizimlar nashriyot ishlarida ishlatilishga mo‘ljallangan, shu sababli ulami nashriyot tizimlari deyiladi.
Elektron jadvallar. Elektron jadvallar deb jadvallami qayta ishlashga mo’ljallangan ADPga aytiladi. Ularda berilgan ma’lumotlar qator va ustunlaming kesishgan joyida joylashgan yacheykalarda saqlanadi. Bu yacheykalarda sonlar, simvolli belgilar va formulalar saqlanishi mumkin. Formulalar ba’zi yacheykalardagi saqlanayotgan ma’lumotlami boshqa ba’zi yacheykalardagi sonlar qiymatiga bog‘liq holda o‘zgarishini ko’rsatadi.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT). Mashina ichida o‘z axborot ta’minotini tuzish maqsadida maxsus ADPlar - ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari qo’llaniladi. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari o‘z ichiga ma’lumotlami kiritish, ularni korreksiyalash va berilganlar bilan turli manipulyatsiyalar qilishni, boshqacha aytganda, yangi ma’lumotlami qo’shish, yo’qotish, chiqarib olish, yangilash va hokazo ishlar bajariladi. MBBTni rivoji ular bilan birgalikda ishlovchi amaliy dasturlami mustaqilligini ta’minlaydi.
Ma’lumotlami tashkillashtirish usuliga ko‘ra quyidagi MBBTlar farqlanadi: tarmoqli, ierarxik, yoyilgan va relyatsion MBBTlar.
Integrallashtirilgan paketlar. Integrallashtirilgan paketlar deb umumiy ishlarga mo’ljallangan ADPgi dasturlami xususiyatlarini o’zida mujassamlashtirgan ADPga aytiladi.
178
5 - bob. Dasturiy ta’minot va uning rivojlanib borish tendensiyalari
Zamonaviy integrallashtirilgan ADPlar o‘z ichiga quyidagilarni integrallashgan bo‘ladi.
matn tahrirlagichi;
elektron jadval;
grafik tahrirlagich;
MBBT;
kommunikatsion modul.
Integrallashtirilgan paketlarga qo'shimcha modullar sifatida fayllarni eksport-import tizimi, kalkulyator, kalendar, dasturlash tizimlari kiritilishi mumkin.
Komponentlar orasidagi axborot aloqa axborotlarni shakllarini unifi- katsiyalash hisobiga amalga oshiriladi.
Turli komponentlami bir tizimga integrallash foydalanuvchiga so‘zsiz ko‘p yutuqlar keltiradi, lekin xotira sig‘imiga nisbatan katta talabchanlikni ham yuzaga keltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |