Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
“Tadbirkorlik va boshqaruv” fakulteti
7-BH-21 guruh talabasi
Yo’ldoshev Behruzning
Iqtisodiyot nazariyasi fanidan “Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy o’lchamlari” mavzusida tayyorlagan
REFERATI
2022-yil
Mavzu: Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy o’lchamlari
Reja:
Milliy iqtisodiyot
Makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning mohiyati
Makroiqtisodiyotda foydalaniladigan miqdor ko’rsatkichlari
Xulosa.
Barchamizga ma'lumki, o‘tmishda O‘zbekiston iqtisodi yo’li sobiq ittifoq iqtisodiy yo’lining tarkibiy qismi hisoblanib, uni mustaqil milliy iqtisodiyot deb bo‘lmas edi. Bizga bir yoqlama rivojlangan paxta yakka hokimligiga, xomashyo ishlab chiqarishga va boy mineral xomashyo resurslaridan nazoratsiz, ayovsiz foydalanish asosiga qurilgan, yonilg‘i, g‘alla va boshqa ko‘pgina ishlab chiqarish vositalari, iste’mol tovarlarining ta’minlanishi bo‘yicha markazga qaram bo‘lgan iqtisodiyot meros bo‘lib qolgan edi. Birinchi Prezidentimiz I. A. Karimov ta’kidlaganlaridek, «O‘zbekiston bir yoqlama iqtisodiy yo’lga markazga butunlay qaram, izdan chiqqan iqtisodiy yo’lga ega bo‘lgan» mamlakat edi.
Lekin, eng yomoni O‘zbekiston iqtisodiy yo’li, asosan, xomashyo tayyorlashga yo‘naltirilgani, bir yoqlama rivojlanish hisobidan mo‘rt va nochor holga tushib qolgan bo‘lib, iqtisodiy yo’lga, ekologiya va aholi genofondiga halokatli ta’sir o‘tkazadigan paxta yakkahokimligi yurtimizdagi vaziyatni jar yoqasiga olib kelib qo‘ygan edi. Buning oqibatida ulkan tabiiy, mineral-xomashyo, mehnat va inson salohi- yatiga ega bo‘lishiga qaramay, respublikamiz sobiq SSSRda aholi turmush darajasi, ijtimoiy va gumanitar sohalar rivoji bo‘yicha oxirgi o‘rinlardan birida turar edi. Yangi energetika, mashinasozlik va boshqa sanoat tarmoqlarining vujudga kelishi, ko‘plab yirik inshootlar, korxonalar, zavod va fabrikalar qurilganligi, yonilg‘i va g‘alla mustaqilligiga erishilganligi iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar, modemizatsiyalash, yangilash, diversifikatsiyalash, izchil o‘sish sur’atlari milliy mustaqil iqtisodiyotni mustahkamlash sari harakat natijalaridir. Mamlakatimizda mustaqil amal qiladigan bozor iqtisodiy yo’lining qator infratuzilmalari: savdo, bozor, birja, moliya, bank, kredit, soliq, sug‘urta, bojxona tizimlari va boshqa qator funksional iqtisodiyot tarmoqlari barpo etildi. Shunday qilib, O‘zbekistonda erkin, zamonaviy bozor munosabatlariga asoslangan yangi, mustaqil rivojlanayotgan, o‘z xalqi, millati manfaatlariga xizmat qiladigan milliy iqtisodiyot shakllantirildi.
Milliy iqtisodiyot ko‘plab o‘zaro bog‘liq iqtisodiy unsurlardan iborat bo‘lgan murakkab iqtisodiy tizimni namoyon etadi. Mazkur unsurlar o‘rtasidagi amalda tarkib topgan munosabatlaming butun majmui iqtisodiyotning tarkibiy tuzilmasini tavsiflab beradi.
Milliy iqtisodiyot - barcha tarmoqlar va sohalarni, mikro va makro darajadagi iqtisodiyotlarni, funksional iqtisodiyotni, ko‘plab infratuzilmalarni o‘z ichiga olgan yaxlit iqtisodiyotdir. Milliy xo‘jalikning tarkib topgan tuzilishi ijtimoiy mehnat taqsimoti rivojining natijasi hisoblanadi.
Milliy iqtisodiyot ixte'yorida faoliyat qilish va barqaror o‘sishi uchun barcha tarmoq va ishlab chiqarish sohalarining o’zaro bog‘ liqligi va muvozanatli rivojlanishi talab qilinadi. Milliy iqtisodiyot tarkibiy tuzilmasining shakllanishida quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi: mavjud bozor kon'yunkturasi, bozorlar sig‘imi va monopollashuv darajasi, mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtiroki, ishlab chiqaravchi kuchlaming rivojlanganlik darajasi, fan-texnika taraqqiyotining miqyoslari, tavsifi va rivojlanish sur’atlari, ishlab chiqarish resurslarining sifati, hududlarning. yer maydonlari va infratuzilma obyektlari bilan ta’minlanganligi, ekologiya holati.
Milliy iqtisodiyotni barqaror va samarali rivojlantirish o‘ta mu- rakkab jarayon bo‘lib, u uzoq muddatli, har tomonlama o‘ylab olib boriluvchi iqtisodiy siyosatga asoslanadi. Chunki, iqtisodiy rivojlanishda turli beqarorlik holatlari, inqirozlar ro‘y berib turadi. Jumladan, 2008-yilda AQSHda boshlangan va hamon davom etib turgan jahon- moliyaviy iqtisodiy inqirozi ham milliy iqtisodiyotimizga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi.
Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish hajmi va ularning o‘sishi bir qator ko‘rsatkichlar tizimi orqali, mikro va makroiqtisodiy darajada aniqlanib, tahlil qilinadi. Makroiqtisodiyot - bu mamlakat miqyosida iqtisodiyotning o‘zaro aloqada va ta’sirda harakat qiladigan sohalari, tarmoqlari, hududiy tuzilmalarini bir butun qilib birlashtirgan milliy xo‘jalik tizimidir. Makroiqtisodiyot o‘z ichiga iqtisodiyotning moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish sohalarini, bank, moliya, sug‘urta, soliq, bojxona tizimlarini o‘z ichiga oladi.
Jamiyat a’zolarining ehtiyojlari muntazam ravishda tarkibiy ji- hatdan o‘zgarib, yangilanib, miqdoran ko‘payib va sifat jihatidan ta- komillashib borar ekan, bu ehtiyojlami qondirishga qaratilgan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlari ham to‘xtovsiz yangilanib, va takroran amalga oshib turadi. Jamiyat miqyosidagi ishlab chiqarish jarayonlarining muntazam ravishda yangilanib va takrorlanib turishi ijtimoiy takror ishlah chiqarish deyiladi.
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish ikki ko‘rinishda amalga oshirilishi mumkin: oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish.
Oddiy takror ishlab chiqarish deb ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarining hajm va sifat jihatdan o‘zgarmagan holda takrorlanishiga aytiladi. Odatda bunday ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish ko‘proq o‘z ichki ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan natural xo‘jalik va oddiy tovar xo‘jaligi davri uchun xos bo‘lgan.
Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish deb ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish miqyoslarining muntazam ravishda oshib borgan holdagi takrorlanishiga aytiladi. Bu turdagi takror ishlab chiqarish hozirgi davrdagi barcha rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotiga xosdir. Ijtimoiy takror ishlab chiqarish natijasida mamlakat miqyosida milliy mahsulot yaratiladi. Milliy mahsulot - mamlakat iqtisodiyo’lida Yaratilgan mahsulot va xizmatlar umumiy hajmidir. U barcha moddiy va nomoddiy ne’matlar ishlab chiqarish hamda xizmatlarni o‘z ichiga olib, hozirgi bizning mamlakatimiz qo‘llayotgan milliy hisoblar tizimida yalpi ichki mahsulot (YalM) deb yuritiladi. Milliy mahsulot ko‘rsatkichi oldingi davrlarda, masalan oldingi sobiq Sovet ittifoqi iqtisodiyo’lida jami ijtimoiy mahsulot (JIM) deb, boshqa ko‘pgina mamlakatlarda esa yalpi milliy mahsulot (YaMM) deb yuritilar edi. Yalpi milliy mahsulot - bu o‘z mam- lakati yoki xorijda joylashgan milliy korxonalar tomonidan Yaratilgan mahsulot va xizmatlar umumiy hajmining jami qiymatidir. Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, milliy iqtisodiyot rivojlanish darajasini aniqroq ifodalash va taqqoslash uchun yalpi ichki mahsulot (YalM) ko‘rsatkichi qulayroqdir. Shuning uchun hozirgi davrda ko‘pgina mamlakatlarda bu ko‘rsatkichdan foydalaniladi. Yalpi ichki mahsulot - ma’lum vaqt davomida, masalan, bir yilda Yaratilgan va bevosita iste’molchilarga borib yetadigan barcha tayyor mahsulot va ko‘rsatilgan xizmatlarning bozor narxidagi qiymatidir.
Yalpi ichki mahsulot umumlashtiruvchi iqtisodiy ko‘rsatkich bo‘lib, u faqat mazkur mamlakat ishlab chiqarish omillaridan foydalangan holda mamlakat ichida yaratilgan tovar va xizmatlar jami qiymatining bozor narxlaridagi ifodasini namoyon etadi. U barcha ishlab chiqaruvchilar tomonidan qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi sifatida namoyon bo‘ladi. Yalpi ichki mahsulot xuddi yalpi milliy mahsulot kabi hisoblanadi, biroq YalM ko‘rsatkichiga mazkur mamlakatning chet ellardagi ishlab chiqarish omillaridan foydalanib olib borilgan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish hajmlari kiritilmaydi, lekin shu mamlakat ichidagi xorijiy mamlakat korxonalari mahsuloti kiritiladi. Shuning uchun YaMM bilan YalM miqdor jihatdan qisman farq qiladi.
YaMM va YalM o‘rtasidagi farq u qadar ahamiyatli emas. Bu farq rivojlangan mamlakatlarda YalMning ±1 foizni tashkil etadi. BMT statistika xizmati asosiy ko‘rsatkich sifatida YalMdan foy- dalanishni tavsiya etadi. Yaqin vaqtlarga qadar AQSH va Yaponi- yada YaMM ko‘rsatkichi qo‘llanilar edi, endilikda bu mamlakatlar ham YalM ko‘rsatkichini qoplay boshladilar.
Hozirgi paytda O‘zbekistonda yalpi ichki piahsulot ko‘rsatkichi hisobga olinmoqda. Shuning uchun biz bundan keyingi o‘rinlarda yalpi ichki mahsulot to‘g‘risida so‘z yuritamiz.
Milliy ishlab chiqarishning yalpi hajmini to‘g‘ri hisoblab chiqish uchun mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot va xizmat- lar bir marta hisobga olinishi zamr. YalM hajmini topishda so’lilgan va qayta so’lilgan mahsulotlami ko‘p marta hisobga olishlami bar- taraf qilish uchun, iqtisodiyotning barcha korxona va tarmoqlaridagi qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi olinadi.
Qo‘shilgan qiymat - bu korxonalar yalpi mahsulo’li bozor qiy- matidan (amortizatsiya ajratmasidan tashqari) joriy moddiy xarajatlar chiqarib tashlangandan qolgan qismidir.
YalM yil davomida ishlab chiqarilgan barcha pirovard tovarlar va xizmatlaming bozor narxidagi summasi boiganligi uchun tovaming o‘zi yoki uning nafliligi ko‘paymagan holda narxlar oshishi evaziga uning hajmi oshib ketishi mumkin. Narx ishlab chiqarish umumiy hajmining har xil elementlarini yagona umumiy asosga keltirishning eng keng tarqalgan ko‘psatkichi sifatida foydalaniladi. Shuning uchun yalpi ichki mahsulo’lga baho berishda nominal va real milliy mahsulot hisobga olinadi. Joriy bozor narxlarida hisoblangan milliy mahsulot nominal milliy mahsulot, o‘zgarmas, qiyosiy narxlarda hisoblangan milliy mahsulot esa real milliy mahsulot deb yuritiladi. Har xil yillarda ishlab chiqarilgan YalM qiymatini faqat narx o‘zgarmagan taqdirda o‘zaro taqqoslash mumkin bo‘ladi. Bun- dan tashqari narx darajasi bizga iqtisodiyotda inflyatsiya (narx dara- jasining o‘sishi) yoki deflyatsiya (narx darajasining pasayishi) o‘rin tutganligini va uning miqyosi qandayligini bilish imkonini beradi.
Shunday qilib, hozirgi hisoblar tizimida SMM miqdori bilan MD miqdori bir-biridan farq qilib qolgan. Aslida mamlakat miqyosida ulaming miqdori farq qilmasligi lozim. Chunki milliy daromad sof milliy mahsulotning so’lilgandan keyingi puldagi ko‘rinishidir. Shu- ning uchun ba’zi adabiyotlarda milliy daromadni sof mahsulotning o‘zgargan shakli deb ham yuritiladi. Bu holat milliy hisoblar tizimini yanada takomillashtirishni taqozo etadi.
Amaliyotda ishlab chiqarilgan va foydalanilgan milliy daromad farqlanadi. Ishlab chiqarilgan milliy daromad - bu yangidan Yaratilgan mahsulotning butun hajmi. Foydalanilgan milliy daromad - bu ishlab chiqarilgan milliy daromaddan har xil yo‘qo’lish!ar (tabiiy ofatlar, mahsulotlarni zaxirada saqlash- dagi yo‘qo’lishlar va h.k.) va tashqi savdo qoldig‘i chiqarib tashlangan miqdorga teng. Milliy daromadni barcha tupdagi daromadlarni (amortizatsiya ajratmasi va biznesga egri soliqlar- dan tashqari) qo‘shib chiqish yo‘li bilan ham aniqlash mumkin. Milliy daromadning bir qismi, jumladan ijtimoiy sug‘urtaga ajrat- malar, kopxona foydasidan to‘lanuvchi soliqlar va kopxonaning taqsimlanmaydigan foydasi amalda uy xo‘jaliklari ixtiyoriga kelib tushmaydi. Ikkinchi tomondan esa, uy xo‘jaliklari oladigan daro- madning bir qismi, masalan, ijtimoiy to‘lovlar - ular mehnatining natijasi hisoblanmaydi.
Soliqlar to‘langandan keyingi daromad shaxsiy daromaddan shu daromad hisobidan to‘lanadigan soliqlar miqdorini chiqarib tashlash yo‘li bilan hisoblanadi. Soliqlar to‘langandan keyingi daromad uy xo‘jaliklari eng oxirida ega bo‘ladigan daromad hisoblanib, alohida shaxs va oilalar o‘z tasarrufida bu daromadlaming bir qismini iste'mol uchun sarflaydilar va boshqa qismini jamg‘armaga yo‘naltiradilar.
Yalpi ichki mahsulot (YalM)ni hisoblashda milliy hisoblar tizimi- dan foydalaniladi. Miiiiy hisoblar tizimi (MHT) - bu barcha asosiy iqtisodiy jarayonlarni, takror ishlab chiqarish sharoitlari, jara- yonlari va natijalarini tavsiflovchi o‘zaro bog‘liq makroiqtisodiy . ko‘rsatkichlar, tasniflar va guruhlar tizimi.
MHT BMT tomonidan e’lon qilingan «Milliy hisoblar va yor- damchi jadvallar tizimi» nomli hujjat asosida xalqaro statistikada standart tizim sifatida 1953-yildan boshlab qo‘llanila boshladi. Shu davrdan (1953-yildan) buyon to bugungi kungacha MHT to‘rt marta o‘zgartirilib, takomillashtirildi. Lekin u hali ham takomillashtirishga muhtoj. Hozirgi davrda dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarida, shu jumladan O‘zbekistonda mazkur tizimning takomillashtirilgan shakli qoTlanilmoqda.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin, ya’ni 1993-yildan boshlab MHTdan foydalana boshladi. Q. Mambetjanovning fikricha, hozirgi kungacha milliy hisoblar tizimining rivojlanishini yettita bosqichga ajratib o‘rganish maqsadga muvofiq.
Birinchi marta 1934-yilda Saymon Kuznets tomonidan bu tushuncha ilk bor taklif etilgan edi. YAIM mavjud va belgilangan davlatlar ishlab chiqarishning izchilligini yillik hisobot sifatida dunyo iqtisodchilari qismlarga bo’lishadi(angl. Nominal and real GDP). YAIM ushbu yildagi narhlarning o’sishini joriy narxlarga(nisbat berilmasdan) asoslanib dunyo bozorlarida belgilaydi . YAIM (inqirozni to’g’ri baholashligi bilan) narxlardagi o’sish hususiyatini oldingisi yoki har qanday boshqasini yillik zahira taqsimotiga muhrlaydi.
Butun milliy iqtisodiyotning holatini tavsiflovchi muhim makroiqtisodiy ko’rsatkichlar – yalpi milliy mahsulot (YaMM), yalpi ichki mahsulot (YAIM), sof milliy mahsulot (SMM), milliy daromad (MD), ishchi kuchi bandligi, ishsizlik, inflyatsiya va bYalpi ichki mahsulot (YAIM) — mamlakat iqtisodiy faoliyatining muayyan davr (oy, chorak, yil) davomidagi umumiy natijalarini tavsiflaydigan ko’rsatkich. Mamlakat hududida joylashgan barcha korxonalar tomonidan jami ishlab chiqarish omillari bilan ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarning bozor qiymatlaridagi ifodasi bo’lib, uning miqdori milliy hisoblar tizimi asosida hisoblab chiqiladi. Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishini makrodarajada tavsiflash va tahlil etishda foydalaniladi.
Butun milliy iqtisodiyotning holatini tavsiflovchi muhim makroiqtisodiy ko’rsatkichlar – yalpi milliy mahsulot (YaMM), yalpi ichki mahsulot (YAIM), sof milliy mahsulot (SMM), milliy daromad (MD), ishchi kuchi bandligi, ishsizlik, inflyatsiya va bYalpi ichki mahsulot (YAIM) — mamlakat iqtisodiy faoliyatining muayyan davr (oy, chorak, yil) davomidagi umumiy natijalarini tavsiflaydigan ko’rsatkich. Mamlakat hududida joylashgan barcha korxonalar tomonidan jami ishlab chiqarish omillari bilan ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarning bozor qiymatlaridagi ifodasi bo’lib, uning miqdori milliy hisoblar tizimi asosida hisoblab chiqiladi. Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishini makrodarajada tavsiflash va tahlil etishda foydalaniladi.
Yalpi milliy mahsulot (YaMM) – bu o’z mamlakati yoki xorijda joylashuvidan qat‘iy nazar, milliy korxonalar tomonidan yaratilgan mahsulot va xizmatlar umumiy hajmining jami qiymatidir.
Yalpi milliy mahsulot (YaMM) – bu o’z mamlakati yoki xorijda joylashuvidan qat‘iy nazar, milliy korxonalar tomonidan yaratilgan mahsulot va xizmatlar umumiy hajmining jami qiymatidir.
Mamlakat ichkarisida yaratilgan iqtisodiyt bu yalpi ichki mahsulotni tashkil etadi. Yalpi ichki mahsulot (YAIM) – bu ma‘lum vaqt mobaynida (davomida), masalan, bir yilda yaratilgan va bevosita iste‘molchilarga borib yetadigan barcha tayyor mahsulot va ko’rsatilgan xizmatlarning bozor narxidagi qiymatidir.
Joriy yildagi nominal YAIMni real YAIMga aylantirishning ancha oddiy va to’g’ridan-to’g’ri usuli nominal YAIMni narx indeksi (NI)ga bo’lishdir, ya’ni:
Do'stlaringiz bilan baham: |