Purkovchi printerlar Tasvirlar maxsus siyoh mikrotomchilari yordamida hosil qilinadi. Siyoh tomchilari qog‘ozga chop qiluvchi kallakchadagi teshikchalar orqali o‘tadi. Chop qiluvchi kallakcha harakati gorizontal holatda bo‘ladi, chop qilib bo‘lgandan keyin, qog‘oz vertikal bo‘yicha suriladi. Matritsali printerlarga nisbatan purkovchi printerlar anchagina shovqinsiz ishlaydilar va sifatli chop qiladilar. Keyingi yillarda ularning mukammallashishida jiddiy rivojlanishga erishildi: tasvimi shakllantirishda bosuvchi kallakning juda mayda soplolari yordamida qog‘ozga siyoh tomchilarining yo‘naltirilgan portlatishga o‘xshash purkash — purkagichli bosishning «pufakchali» texnologiyasi deb ataluvchi usuli ishlatiladi.
166
4-bob. Texnik vositalar va ulaming rivojlanib borish istiqbollari
Purkagichli printerlaming asosiy afzalliklari:
yuqori bosish sifati, katta miqdordagi soploli printerlar uchun lazerli printer bosish sifati bilan taqqoslasa bo‘ladi;
xomaki bosish rejimida yuqori tezlikka erishish mumkin;
oddiy, albatta, yaxshi zichlikdagi qog‘ozni ishlatish (60 dan 135 g/m2 gacha), siyoh yoyilib ketmasligi uchun;
shovqinsiz ishlashi.
Purkagichli printerlaming asosiy kamchiliklari:
soplo ichida siyohning qurib qolish xavfi, bu ba’zida bosuvchi kallakm almashtirish zarurligiga olib keladi;
sarflanadigan materiallarning nisbatan yuqori narxdaligi, xususan, siyoh uchun ballonchaning, ayniqsa, agar u bosuvchi kallak bilan birlashtirilgan va birgalikda almashtirilsa.
Lazerli printerlar Lazerli printerlarda oq-qora rangda chop qilish yuqori sifat bilan chiqadi. Rangli lazerli printerlarda esa, tasvir juda yuqori sifatda chiqadi. Ularda chop qilish uchun kserografiya prinsipidan foydalaniladi: bunda tasvir qog'ozga maxsus barabandan o‘tkaziladi. Barabanga elektrik ravishda bo‘yoqning ma’lum bir bo'laklari (tonerlar) tortiladi. Chop qiluvchi barabanning oddiy kserokopiyali apparatdan farqi shundaki, chop qiluvchi baraban ShKgi komanda - buyruq bo'yicha lazer yordamida elektrlanadi. Lazerli printerlaming xususiyatlari: Lazerli printerlarning turlari - yakka tartibda foydalanish uchun va katta hajmda bo‘lmagan tasvirlarni chop qilish uchun mo‘ljallangan, unchalik qiinmat bo'lmagan va unumdoiligi ham yuquii bo‘lniagan lazerli printerlar: o'rtacha toifadagi lazerli printerlar.
Chop qilish sifati printeming hal qila olish imkoniyatlariga bog'liq (dyuymga 300 ta nuqta 2.54 sm, dan dyuymga 1800 ta nuqtagacha).
Chop qilish tezligi printerlaming turlariga bog‘liq.
Qog‘oz formati - ko‘pincha A4 formatiga kuchi etadi, balki A3 va katta formatga kuchi etishi ham mumkin. Faqatgina alohida varaqlarga chop qiladi. Pochta konvertlariga va tiniq plyonkalarga ham chop qilish mumkin.
Qog‘oz sifati - qog‘ozni unchalik farqlamaydi.
Ikki tomonlama chop qilish. Ikki tomonlama chop qilish uchun maxsus moslamalar ishlab chiqarilmoqda.
Tezkor xotiradagi ma’lumotlarni choplash uchun TXdan chiqadigan maxsus buyruqqa binoan amalga oshiriladi.
§ 4.6. Ma'lumotlami chiqarish qurilmalari
167
Lazerli printerlarda tasvirni shakllantirishning elektrografik usuli ishlatilib, bu usul shu nomdagi nusxa ko‘chiruvchi apparatlarda ishlatiladi. Lazer o‘ta ingichka yorug'lik nurini yaratish uchun xizmat qiladi, bu nur oldindan tayyorlab qo'yilgan yorug‘likka sezgir baraban sirtida ko‘rinmaydigan nuqtali elektron tasvir konturini chizadi — elektr zaryad lazer nuri bilan yoritilgan nuqtalardan baraban sirtiga oqib tushadi. Elektron tasvir tushgandan keyin razryadlangan uchastkalarga yopishib qolgan bo‘yoq (toner) kukuni bilan bosish bajariladi — tonerni barabandan qog‘ozga olib o‘tiladi va tasvirni qog‘ozda tonerni qizdirib, u erib ketguncha qotiriladi. Printemi tanlashda quyidagi omillarni hisobga olish kerak:
funksional imkoniyatlar to‘plami, ular bo‘yicha printemi konkret masalani yechish uchun qo‘llanishni baholash mumkin (bosilgan hujjatlar 0‘lchamlari, bajariladigan ishlar hajmi, ruslashtiriIganligi, kerakli shriftlaming borligi);
rangli tasvirni shakllantirish imkoniyati;
tasvir sifati;
ishlash ishonchliligi va qulayligi, servisi;
tashuvchi, sarflanadigan materiallar, qurilmaga xizmat ko‘rsatish, elektro energiyani iste’mol qilish narxlarini o‘z ichiga olgan ekspluatatsiya xarajatlari;
printer narxi.
O'Z-O'ZINI NAZORAT VA MUHOKAMA
QILISH UCHUN SAVOLLAR shKning boshqarish qurilmasi qanday tuzilgan?
Hozirgi davrda ShKda qo'llaniladigan qanday mikroprotsessorlaming turlarini bilasiz?
ShKning AMQsi qanday tuzilgan va uning asosiy vazifasi nimadan iborat?
ShK tarkibida ishlatiladigan necha xil xotira qurilmalarini bilasiz va ulami bir-biridan farqi nimada?
ShKda ishlatiladigan qanday printer turlarini bilasiz va ulaming bir- biridan farqi qanday?
Skaner qurilmasi qanday qurilma va uning turlari va texnik imkoniyatlari qanday?
Zamonaviy ShKda qanday monitorlar qo‘llaniladi, ularning istiqbollari qanday?
Eng oxirgi ShKda qanday multimedia vositalari ishlatiladi va ular qanday maqsadlarga mo'ljalangan?
168
4-bob. Texnik vositalar va ulaming rivojlanib borish istiqbollari
Portativ ShKlar deganda qanday ShKlarni tushunasiz. Ularning 0‘lchamlari qanday bo‘lishi mumkin?
Ixcham ShK. larda nechta klavishali klaviatura ishlatiladi?
Ixcham ShKda sichqoncha sifatida ishlatiladigan trekbol, trekpoynt va trekpadlaming bir-biridan farqi nimada?
Hozirgi davrda keng ishlatiladigan Notebooklarning qanday taraqqiyot yo‘nalishlarini bilasiz?
AQShda Notebooklarni ishlab chiqarishda asosan qaysi firmalar faoliyat ko‘rsatadi?
- BOB. DASTURIY TA’MINOT VA UNING RIVOJLANIB BORISH TENDENSIYALARI
§ 5.1. DASTURIY TA’MINOT HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR
§ 5.2. TAHRIRLAGICHLAR § 5.3. WINDOWS OPERATSION TIZIMI
Jahon sivilizatsiyasiga daxldor bo'lgan eng zamonaviy ilmlarni egallamay turib, mamlakat taraqqiyotini ta'minlash qiyin.